Olim Arifov: Murabbiylarimizdagi eng katta kamchilik – til bilmaslik
26 fev 2014 13:29
Yangiliklar
Olim Arifov: Murabbiylarimizdagi eng katta kamchilik – til bilmaslik
Hamyurtlarimiz orasida FIFA va OFK bayrog'i ostidagi turli musobaqalarda hakamlik yoki assistenlik qilayotganlar etarli.
Ammo komissar hamda nazoratchilar borasida bunday fikr bildirolmaymiz. Nazoratchilardan birgina Farhod Abdullaevni tilga olsak, komissarlar 2 nafargina - O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev va federaciya texnik bo'limi boshlig'i Olim Arifov. Alisher Mo'minov esa bu yildan o'z xohishiga ko'ra, komissarlik qilmaydigan bo'ldi. Etiborlisi, 26 yoshli Arifov OFKning eng yosh komissari hisoblanadi. Biz yaqinda yosh mutaxassisimiz bilan uchrashib, o'z yo'nalishida o'tgan mavsum yakunlari tahlili hamda 2014 yilgi rejalari xususida suhbatlashdik.
- 2013 yil shaxsan men uchun juda qiziqarli o'tdi, - deya so'z boshladi O.Arifov. - Yil kutilmagan safar bilan boshlandi. Meni Nepaldagi musobaqaga taklif etishdi. OFK CHaqiruv kubogi saralash o'yinlarida komissarlik qildim. U erda jami 3ta o'yin o'tkazildi. Umuman olganda, saralash bahslari men va hakamlar brigadasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi. SHundan so'ng Ummonga bordim. Salalah shahrida Al-Dofar hamda Yamanning Al-SHabab jamoalari o'rtasida OFK kubogi doirasida o'tkazilgan saralash uchrashuvida komissar vazifasini bajardim. 2013 yilning birinchi yarim yilligi men uchun Livanda yakunlandi. U erda mahalliy Al-Ansor va Yamanning Ahli-Taiz klublari o'rtasidagi o'yinda komissar bo'ldim. Afsuski, o'tgan yilning ikkinchi yarmi o'zbekistonlik barcha futbol ishqibozlari qatori men uchun ham salbiy taassurotlar bilan xotirada qoldi. O'zbekiston milliy jamoasining JCH-2014ga to'g'ridan-to'g'ri chiqolmagani va pley-off bosqichida Iordaniyaga penaltilar seriyasida yutqazib qo'yganini ko'pchilik singari haligacha hazm qilolmayapman. Qizig'i shundaki, Iordaniyaga boy berilgan o'sha o'yindan so'ng meni aynan shu mamlakatda o'tgan 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash o'yinlariga komissar sifatida tayinlashdi. Bu men uchun 2013 yil hisobidan so'nggi musobaqa bo'ldi. Dekabr oyida Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK komissarlari uchun seminar tashkil etildi va uning yakunida 3ta yo'nalish bo'yicha imtihon topshirdik.
- Siz faoliyat olib borayotgan O'FFdagi bo'lim uchun yil qanday o'tdi?
- Juda og'ir. Tajribali mutaxassis, ustozimiz Ravshan aka Usmonxo'jaevning vafot etishi nafaqat bo'limimiz, balki o'zbek futboli uchun ham og'ir judolik bo'ldi. Bu katta yo'qotish. Endi bo'limimiz tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlarga to'xtalsam, bu erda ham salmoqli natijalarga erishdik. Birinchi navbatda, Vazirlar Mahkamasining 214-sonli qarori ijrosini taminlash bo'yicha belgilangan reja asosida ishlashni boshladik. Bu qarorda barcha sport turlari, xususan, futbolda ham murabbiylik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga alohida urg'u qaratilgan. Qaror ijrosini taminlash maqsadida yosh murabbiylarni imtihondan o'tkazdik. Ularning natijalari asnosida ko'proq nimalarga etibor qaratishimiz zarurligini bilib oldik. Bundan tashqari, O'zbekiston futboli tarixida 3-bor Toshkentda murabbiylikning oliy maqomi hisoblangan PRO guvohnomasi uchun o'quv-kurslari tashkil etildi. Unda Dilshod Nuraliev, Tohir Kapadze, SHuhrat Maqsudov, Murod Ismoilov, Andrey SHipilov, Baxtiyor Ashurmatov, Aleksandr Xomyakov kabi murabbiylar tahsil olishdi. SHuningdek, xorijdan ham ikki nafar murabbiy - Dilvant Sinx (Singapur) hamda Zavish Miloslavlevich (Serbiya) PRO o'quv-kurslarida o'qishdi. Ushbu kurslarda saboq olgan barcha murabbiylarimiz bugungi kunda mamlakatimiz klublarida faoliyat olib borishyapti. SHu bilan bir qatorda parallel ravishda amaliyotni ham o'tashyapti. Ikki xorijlik mutaxassis ham o'z mamlakatlari klublarida amaliyotni o'tab qaytishadi va shundan so'ng murabbiylar o'quv-kursining to'rtinchi bosqichini boshlashadi.
- Ha, bizda murabbiylarni o'qitish ishlari yaxshi yo'lga qo'yilgan. Siz aytgandek, poytaxtimizda har yili PRO guvohnomasi uchun o'quv-kurslari tashkil etilyapti. Lekin PRO guvohnomasiga ega ko'plab murabbiylar bugungi kunda ishsiz yuribdilar...
- Afsuski, shunday. Lekin siz aytgandek, ko'pchilik ishsiz emas. Taxminan 30 foiz murabbiy ishsiz yuribdi, desak to'g'ri bo'ladi. Oliy ligada 14ta klub bor. PRO guvohnomasiga ega murabbiylarimiz soni esa 55 nafarni tashkil etadi. Ularning barchalariga ish etmaydi: tabiiy va normal holat. Bunday muammo faqat bizda emas, butun dunyoda bor. Murabbiylar soni hamisha klublardan ko'p bo'ladi. PRO licenziyasiga ega mutaxassislarimiz esa yaxshi joyda, kamida oliy liga klublarida ishlashni istashyapti. Oliy guvohnomam bo'la turib, 1-ligada ishlaymanmi? qabilida o'ylaydigan murabbiylarimiz ham yo'q emas. Axir bu uyat hisoblanmaydi-ku! Mana, Aleksandr Mochinov va Tohir Kapadze1-liga klublarida ishlashyapti. Xullas, PROsi bor murabbiylarga har doim taklif tushgan, lekin oliy liga klublari hammaga etmaydi.
- Sizningcha, bizdagi PRO kurslari UEFA tomonidan o'tkaziladigan o'quv jarayoniga mos keladimi? O'qitish saviyasi jihatidan Evropadan qanchalik ortda qolyapmiz?
- O'quv jarayonini olsak, katta tafovut yo'q, nazarimda. Agar saviya juda past bo'lganida, Serbiya, Quvayt, Singapur kabi xorijiy davlatlardan murabbiylar kelib o'qishmasdi. Poytaxtimizda PRO uchun tahsil olayotgan murabbiylarga xorijlik ko'zga ko'ringan instruktorlar saboq berishyapti. Ular orasida Erik Rotmyuller (Germaniya) va Gari Fillips (Angliya) bor. Erik Germaniya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida 10 yil ishlagan. Boy tajribaga ega mutaxassis. 1996 yili Evropa chempioni ham bo'lgan. Jamoasi bilan birga 2002 yilgi jahon chempionati finaliga qadar etib borgan. Gari esa Angliya o'smir va yoshlar terma jamoalarida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy rolini bajargan. Ikkala mutaxassis ham FIFA instruktori hisoblanadi. Qolaversa, FIFAning yagona o'quv -dasturi bo'lib, Evropada ham, Osiyoda ham unga bir xilda amal qilinadi. SHundan kelib chiqib, o'quv - kurslarining saviyasi deyarli bir xil deyish mumkin. Darvoqe, Borussiyaning hozirgi bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham vaqtida Erik Rotmyuller qo'l ostida PRO guvohnomasi uchun o'qigan va imtihon topshirgan. SHunga qarab xulosa chiqarsak, Toshkentda PRO uchun o'tkazilayotgan o'quv-kurslari saviya bo'yicha chakki emas.
- Lekin etiroz bildirishga izn beradigan jihati shundaki, Evropa, xususan, Moskvada o'tkaziladigan o'quv-kurslarida tahsil oladigan murabbiylar amaliyot jarayonini qitaning ko'zga ko'ringan klublarida o'tashadi. Bizning murabbiylar esa klublari mashg'ulotidan uzilib qolmaslik uchun jarayonni o'z jamoalarida qilib qo'ya qoladilar. Boz ustiga, bazi murabbiylar asosiy ishlari qolib, klubdagi tashkiliy masalalar bilan shug'ullanishga majbur bo'lmoqdalar. Bunday holatdan keyin o'sish haqida gapirish mumkinmi?
- Avvalambor, hujjatda klublarda amaliyot o'tash kerakligi belgilab qo'yilgan. Agar murabbiylar istashsa, xorij klublarida bemalol amaliyotni o'tab qaytishlari mumkin. Qaysi davlatga borishning farqi yo'q. Ammo bizda 2ta katta muammo bor. Biri - ingliz tilini bilmaslik, ikkinchisi - aynan siz ko'targan mavzu, yani bajarib turgan ishini tashlab ketolmaslikdir. Bu galgi kurslarda tahsil olayotgan barcha murabbiylar ayni payt o'z klublarini yangi mavsumga tayyorlashyapti. Tabiiyki, ular klublarini tashlab, xorijga ketolmaydilar. Masalan, serbiyalik mutaxassis Crvena Zvezda klubida amaliyot o'tash variantini tanladi. Singapur vakili esa shu kunlarda Tailandning CHonburi jamoasida amaliyot jarayonini o'tayapti. SHundan ham ayrim xulosalarni chiqarib olishingiz mumkin. Xorijda amaliyot o'tkazish katta summada xarajatni talab etadi. Hamma klublar ham buni to'lab bermaydi. Hattoki, o'z murabbiylarining o'qishiga ham pul to'lamayotgan klublar bor. Lekin eng katta muammo, baribir, ingliz tilini bilmaslik.
- Xorijda, aytaylik, MDHning ko'zga ko'ringan rusiyzabon klublarida amaliyot o'tashni majburiy qilib qo'yishning iloji yo'qmi?
- Tushuning, bu imkonsiz ish. Zero, hammasi mablag'ga bog'liq. PROga o'qishning o'ziga ham oz summa ketmaydi. Masalan, Italiyadagi Koverchiano bazasida bir oy yashashning o'zi 3000 evro turadi. Yo'lkira va boshqa xarajatlarni bunga qo'shmayapman. MDH davlatlarining ko'zga ko'ringan klublari, masalan, SHaxtyor, Spartak, Lokomotiv, CSKA yoki Zenitda amaliyot o'tash mumkindir. Lekin buni PROga o'qitayotganlar emas, murabbiylarning o'zlari xohlashlari kerak.
- Murabbiyning o'zi bunga intilishi va albatta, klub rahbarlari sharoit yaratib berishlari lozim. Natija talab qilinadiku, nima uchun shunga monand sharoit yaratib berilmaydi?
- Albatta. qars ikki qo'ldan chiqadi, degandek, murabbiy bu masalani klub rahbari bilan ijobiy hal qilsa bo'ladi. Avvalo, har bir klub ushbu jarayonning muhim ekanligini tushunib etishi kerak. Lekin jamoa rahbarlari murabbiylarni tayyorgarlik jarayonida futbolchilar bilan birga bo'lishlarini istashyapti. Har kim o'zicha haq. Futbol kundan kunga taraqqiy etib boryapti. Murabbiylik metodikasida yangiliklar juda ko'p. Bir joyda qotib qolmaslik uchun esa o'rganish va izlanish kerak.
- Murabbiylikning quyi bo'g'imlari - A, V va S toifasiga o'qitish kurslari bo'yicha ishlar qanday ketmoqda?
- Yomon emas. O'zbekiston Madaniyat va Sport ishlari vazirligi tomonidan barcha sport turlari bo'yicha ishlayotgan murabbiylar attestaciyadan o'tkazildi. SHu jumladan, futbolda ham siz aytgan toifalardagi murabbiylar maxsus imtihonlarni topshirishdi. S sertifikati bo'yicha imtihon barcha viloyatlarda o'tkazilmoqda. V va A guvohnomasi uchun o'quv-kurslari har yili Toshkentda tashkil etiladi va ularda ham attestaciya jarayoni ketmoqda.
- PRO, A, V va S toifalari bo'yicha tahsil olish murabbiy uchun qanchaga tushishini aytolmaysizmi?
- O'zbekiston Madaniyat va Sport ishlari vazirligi qoshidagi Respublika murabbiy va hakamlarni tayyorlash maktabi tomonidan har yili kurslarda tahsil olish bo'yicha summalar belgilanadi. Bu masala vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. O'FF bu jarayonga aralashmaydi. SHu bois savolga aniq javob berolmayman.
- Yaqin oylardagi rejalar qanday?
- 2014 yil hisobidan ishlarimiz juda ko'p. Komissarlikda ham bir nechta musobaqa va o'yinlar kutib turibdi. Qirg'izistonning O'sh shahrida OFK kubogi saralash uchrashuvi bor. Bu o'yin tarixiy maqomga ega. Ilk marotaba ushbu mamlakatda OFK kubogi doirasidagi o'yin o'tkaziladi. Unda Qirg'iziston chempioni Oloy Bahraynning Al-Riffa klubini qabul qiladi. SHundan so'ng Iordaniyaga safar bo'ladi. Mahalliy Zet Ras klubi Ummonning Al-Suvayq jamoasi bilan hisob-kitob qiladi. Bu o'yinda komissarlik qilish ham mening chekimga tushgan. Keyin o'zim ham orziqib kutayotgan o'yinga boraman. Hali bu haqda hech qaerda malumot berilmagan. Yani ilk bor OCHL o'yinida komissar sifatida ishlayman. OFK meni Janubiy Koreyaning Poxang Stilers hamda Xitoyning Pekin Guoan klublari o'rtasidagi o'yinga komissar etib tayinlagan. Bu uchrashuv men uchun OCHLdagi debyut bo'ladi. SHuningdek, OFK bilan og'zaki kelishuvimiz bor. Unga ko'ra, may oyida Vetnamda futzal terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ham komissarlik qilaman. Aytgancha, o'tgan yilgi Osiyo chempionati men uchun katta maktab bo'lgandi.
BIZNING MA'LUMOT
OLIM ARIFOV - 1987 yilning 25 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 85-o'rta maktabda tahsil olgan. 2005 yili O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetiga qabul qilingan. 2009 yili xalqaro jurnalistika fakultetini muvaffaqiyatli yakunladi. 2007 yilning mart oyidan O'FFda mehnat qilib kelyapti. Ayni payt O'FF texnik bo'limi boshlig'i lavozimida ishlaydi. Yoqtirgan futbolchilari - Krishtianu Ronaldu, Fransesk Fabregas. Muxlislik qiladigan jamoasi - Inter (Italiya)

Fikrlar