Oliy ligada jamoalar soni oshmaydi
30 noy 2013 19:32
Yangiliklar

Oliy ligada jamoalar soni oshmaydi
Har yil futbol mavsumi tugashi bilan kelasi yil oliy ligada nechta jamoa qatnashishi haqidagi gap-so'zlar rosa qiziydi.
Bu yil ham kuz fasli boshlanishi bilan hali mavsum yakuniga etmay turib, 2014 yilgi chempionatda 16ta jamoa bo'lar ekan degan xabarlar tarqaldi.
Yani, bir yillik tanaffusdan so'ng yana elitaga qaytgan “Mashal” bilan “Andijon”dan tashqari oliy ligada oxirgi ikkita o'rinni olgan jamoa bilan birinchilikda 3-4-o'rinlarni egallagan klublar o'rtasida o'tish bahslari bo'ladi degan gaplar ham chiqqandi.
Ammo bu gaplar mish-mishligicha qolib ketdi. CHunki PFL bosh direktori Farhod Magometovning saytimizga malum qilishicha, kelasi yil ham oliy ligada 14ta jamoa ishtirok etadi. “Jamoalar soni o'zgarmaydi. Oliy ligada 14ta jamoa bo'ladi. Bu haqda reglamentda ham yozib qo'yilgan” – dedi Farhod Abdualievich.

Fikrlar