So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Oliy liga oldidan. "Haqqoniylik bayonnomasi" haqida eshitganmisiz? Yangiliklar

Oliy liga oldidan. "Haqqoniylik bayonnomasi" haqida eshitganmisiz?

O'tgan yil oliy ligada kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq gap-so'zlar juda ko'paydi. Natijada O'FF qoshida "Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish" qo'mitasi tashkil etildi. Va mazkur qo'mita rahbari etib Ahrol Inoyatov tayinlandi.
Garchi Ahrol Inoyatov "Futbol sharhi"da chiqish qilib, bizda kelishilgan o'yinlar yo'q, bor bo'lsa isbotlab beringlar degan bo'lsa-da, bunday o'yinlar borligiga hech kim ko'z yuma olmaydi. Agar yo'q bo'lganida, unga qarshi kurashish qo'mitasi tuzilmagan bo'lardi. "Bir balosi bo'lmasa, shudgorda quyruq na qilur" deganlaridek, o'zbek futboliga bir gap bo'lganki, shunday qo'mita tashkil qilindi.

Bu yildan etiboran oliy liganing har bir klubi vakillari "Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish" qo'mitasi tomonidan berilgan maxsus bayonnomani to'ldirib chiqishadi. Bir varaq qog'ozdan iborat "Haqqoniylik bayonnomasi" uch tilda (o'zbek, rus va ingliz) klublarga tarqatildi. Uni futbolchi va murabbiylar to'ldirib berishadi. SHuningdek, hakamlar va nazoratchilar ham imzo qo'ygan holda topshirishadi.

Haqqoniylik bayonnomasiga imzo chekkan futbolchi/murabbiy/hakam/yordamchi hakam/nazoratchi va futbolga aloqador masul shaxs quyidagi shartlarga rozi ekanligini tasdiqlaydi:

- Futbolga aloqador hech qanday totalizatorga, jumladan pul tikish, pul tikishga aloqador bo'lish yoki boshqa shaxslarning pul tikishiga yordam berish holatlariga aralashmaslik;

- O'yin natijasiga noqonuniy tasir o'tkazish holatlari (pora berish yoki pora berishga harakat qilish va pora so'rash) bilan aloqador hech qanday harakatni etibordan chetda qoldirmaslik;

- Xizmat axboroti xavfsizligini va konfidencialligini taminlash;

- Sport qonun-qoidalariga yoki ushbu bayonnomaga imzo chekkan shaxs uchun aloqador barcha qonunchilik hujjatlariga qarshi boradigan yoki qarshi borishi mumkin bo'lgan xatti-harakatlar haqida darhol xabar berish;

- FIFA ustavi, OFK ustavi, O'FF reglamenti, O'FF ekspertlar Kengashi va ularda ko'rsatilgan barcha hukmlar va bayonnomada ko'rsatilgan barcha bandlarga rozi ekanini quyida imzosi bilan tasdiqlash.

Ism-familiya:
Imzo:
Sana:
Muhr:

Axborotlarni qabul qiluvchi masul shaxs: Inoyatov Ahrol Inoyatovich
 
Eslatma:
1. O'yin natijasiga tasir o'tkazish bilan aloqador malumotlar yoki shu maqsaddagi har qanday xatti-harakat haqida xabar beruvchining shaxsiyati bilan bog'liq malumotlar sir saqlanishi kafolatlangan;

2. Mazkur bayonnomaga imzo chekmagan va bu borada darhol xabar berish majburiyatini tasdiqlamagan futbolchilar, murabbiylar, klub rahbariyati, hakamlar, nazoratchilar, O'zPFL vakillari O'zbekistonda futbol bo'yicha rasmiy tadbirlarga kiritilmaydilar.

 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика