So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

Oliy liga. "Neftchi" va "Andijon"da g'alaba, "So'g'diyona"da ilk ochko Yangiliklar

Oliy liga. "Neftchi" va "Andijon"da g'alaba, "So'g'diyona"da ilk ochko

Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan 3ta o'yin bo'lib o'tdi.
Andijonda o'yinda dastlabki xavfli vaziyat mezbonlar tomonidan tashkil etildi. Rustam Azamovning yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 12-daqiqada Ibrohim Otaxonovning qanotdan jarima maydoniga uzatgan to'piga hech kim eta olmadi. 23-daqiqada Vuyovichning oshirgan to'piga Abdumalik Abdullaev eta olmadi.

40-daqiqada Abdumalik Abdullaev imkoniyatdan foydalandi. Hujumchi birga-bir chiqdi darvozani ishg'ol qildi - 1:0.

Uchrashuvning birinchi taym qo'shimcha daqiqasida "Buxoro" darvozasiga penalti qo'yildi. Ibrohim Otaxonov nuqtadan adashmadi - 2:0. 56-daqiqada "Buxoro" futbolchisi jarima to'pini amalga oshirdi. Dilyaver Abibullaevni zarbasini himoyachilar bartaraf etishdi.

79-daqiqada hisob qisqardi. Maydon egalari xatosidan so'ng Otabek Narzullaev gol urdi - 2:1. Uchrashuv mana shu hisob bilan yakunlandi.

16:00 - Andijon (Andijon) – Buxoro (Buxoro) 2:1
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: V. Valickiy.
UzPFL vakili: R. CHernikov.
Gollar: Abdumalik Abdullaev 40, Ibrohim Otaxonov 45+1 penalti, - 2:0 (Rustam Azamov). Otabek Narzullaev 79, - 2:1.
“Andijon”: 12. Gennadiy Moshnyaga, 3.Davron Tursunov, 6.Ibrohim Otaxonov, 10.Predrag Vuyovich, 11.Abdumalik Abdullaev, 17.Timur Vasilev, 18.Rustam Azamov (14.Abdulatif Abduqodirov, 89), 21.Javlon Guseynov, 23.Sanjar Asqaraliev (20.Sayriddin G'afforov, 83), 28.Rasuljon Rahmonov (s), 70.Farrux SHotursunov (8.SHukur Jumaboev, 67).
Zaxira: 34.Lochinbek Dolimov, 9.Lochin Soliev, 19.Doniyor Usmonov, 33.Umrillo Ramazonov.

“Buxoro”: 21.Farrux Turdialiev, 3.Saidkomil Akbarov, 4.Xasan Asqarov (19.Jamoliddin Ubaydullaev, 46), 5.Vadim Kravchesku, 7.Suhrob Nematov (11.Otabek Isroilov, 63), 8.Vitaliy Plamadele, 10.Zayniddin Tojiev, 17.Otabek Narzullaev, 18.Dilyaver Abibullaev, 23.Bogdan Xaushi, 30.Ahror Umarjonov.
Zaxira: 12.Aleksandr Korneychuk, 6.Evgeniy Kochnev, 14.Vyacheslav Ponomaryov, 16.Jamshid Hasanov, 20.Islom Xoliqov.

Ogohlantirishlar: Hasan Asqarov 23, Rasul Rahmonov 28, Ibrohim Otaxonov 33, Davron Tursunov 80, Otabek Isroilov 81, Bogdan Xaushi 84.

----------

Yangierdagi uchrashuvning 8-daqiqasida Elyor Jahonov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Anvar Rajabov qulay vaziyatdan darvozani ishg'ol qila olmadi. 12-daqiqada Bobir Qosimov raqib jarima maydoni ichiga yorib kirib noaniq zarba berdi. Hozircha ustunlik mezbonlar tomonida. 26-daqiqada Javlon Mirabdullaev jarohat olib maydonni tark etdi, uning o'rniga Alisher Ziyovuddinov tushdi.

68-daqiqada Elyor Jahonov o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, uning uzatgan to'piga Jasur Hakimov zarba berdi, noaniq.

79-daqiqada SHahzod Nurmatov gol urdi, ammo hakamlar u o'yindan tashqari holatda ekanini qayd etishdi va gol inobatga olinmadi.

85-daqiqada Jasur Hakimovning boshi bilan darvozaga yo'llaga zarbasi xavfli bo'ldi. Darvozabon o'z o'rnida!

O'yinda 0:0 hisobi qayd etildi.


16:45 - So'g'diyona (Jizzax) – Metallurg (Bekobod) 0:0
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
UzPFL vakili: B. Haydarov.

"So'g'diyona": Mixail Spiridonov, Ilhom Komilov, Elyor Oripov (Saydulla Rahmatov, 75), Akbar Sattaev, Sobir Hamidov, Sanjar Rashidov, Suxrob Qobilov (Jasur Hakimov, 63), Anvar Rajabov (Akmal Abdurahmonov, 82), Elyor Jahonov, Vusol Magerramov, Bobir Qosimov.
Zaxira: Mixail Naumov, Sardor Qahhorov, Asil Begimqulov, Sanjar Rixsiboev.

"Metallurg": Suxrob Sultonov, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, SHaxzodbek Nurmatov, Davron Karimqulov, Mirg'iyoz Sulaymonov, Murodjon Toshmatov, Mirto'ra Akbarov (SHoxnazar Norbekov, 62), Saidjon Abdujabborov, Javlon Mirabdullaev (Alisher Ziyovuddinov, 26).
Zaxira: Zafar Safoev, Ayubxon No'monov, Aleksandr Kovalev, Ruslan Vagapov, Zohid Abdullaev.

Ogohlantirishlar:
Sanjar Rashidov 83


----------

Farg'onadagi o'yin 15 daqiqa oldin boshlandi. 3-daqiqada Murtazoevning pasidan so'ng Zafar To'raev darvozaga zarba berdi, CHeremisin to'pni qaytardi. 9-daqiqada Ro'zimboy Ahmedovning jarima maydonchasi chizig'ida bergan kuchli zarbasi to'sin yonidan o'tib ketdi. 25-daqiqada Jamshid Xasanov Qo'ziboevni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Himoyachi o'z vaqtida ortga qaytdi. Mansur Saidov ortda qolgan chorak qismda juda ham faol. Uning zarbasidan so'ng to'pni Quvvatov qaytardi.

30-daqiqada Ro'zimboy Ahmedovning zarbasini Hamroev qiyinchilik bilan maydondan chiqarib yubordi. Burchak to'p ancha noaniq. 32-daqiqada Baxtiyor Yoqubov juda qulay imkoniyatda zarba bera olmadi. Xavfli vaziyat juda ham! Birinchi bo'lim yakunlandi.

47-daqiqada Siroj Hamroev ikkinchi bor ogohlantirilib maydonni tark etdi.

61-daqiqada Abbos Maxstaliev 5 metr masofadan darvozaga aniq zarba bera olmadi. 65-daqiqada Akmal Xolmatovning pasidan so'ng Yoqubov darvozaga yo'llay olmadi.

78-daqiqada Akmal Xolmatovning jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi.

85-daqiqada Mansur Saidovning oshirib bergan to'pini Otabek Haydarov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. O'yin mana shu hisob bilan tugadi.

16:45 - Neftchi (Farg'ona) – Mashal (Muborak) 1:0
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
UzPFL vakili: V. Letkin.
Gol: Otabek Haydarov 85, - 1:0 (Mansur Saidov).
"Neftchi":
30.Evgeniy CHeremisin, 3.SHukurali Po'latov, 6.Baxtiyorjon Yoqubov (11.Otabek Haydarov, 77), 7.Mansurbek Saidov (c), 18.Javohir Rasulov (8.Akmal Holmatov, 61), 20.Dilyorbek Irmatov, 22.Ro'zimboy Ahmedov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Sardor Rahmonov, 38.Abbosbek Maxsitaliev, 44.Umidjon Qodirov.
Zaxira:
1.Sergey Smorodin, 4.Oybek Nurboev, 5.Dostonbek Tursunov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 28.Abdullo Olimov.

"Mashal":
1.Sanjar Quvvatov, 5.G'iyosjon Komilov, 7.Jahongir Jiyamurodov, 9.Humoyun Murtozaev (25.Ixtiyor Toshpo'latov, 88), 10.Jamshid Xasanov (70.SHohruh Dostonov, 54), 13.SHahzod SHaymanov, 20.SHerzod Fayziev, 22.Sirojiddin Hamroev, 26.Zohir Qo'ziboev (c), 55.Mikita Bukatkin, 90.Zafar To'raev (77.Doston Abdurahmonov, 70).
Zaxira:
30.Botir Nosirov, 4.Iqboljon Boboxonov, 16.Xolmurod Xolmurodov, 27.Vladislav Ivanov.

Ogohlantirishlar:
Ro'zimboy Ahmedov 18, Siroj Hamroev 37, Umid Qodirov 90

CHetlatish:
Siroj Hamroev 47


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика