So’nggi yangiliklar

22:49Виталий Денисов фаолиятини Россияда давом эттиради  1 22:30"Сени ва оилангни ўлдирамиз, каламуш". Ижтимоий тармоқда мураббийга таҳдид қилишди  1 21:34Футзал. Олий лиганинг 5-тур баҳсларига старт берилди  0 21:01"Қўқон-1912" икки 20 ёшли футболчини ўз сафига қўшиб олди  1 20:44Неймар ва "Ал Ҳилол" шартномани бекор қилишни хоҳлаяпти, аммо бразилиялик 65 млн. доллардан воз кечмоқчи эмас  5 19:59Карло Анчелотти мавсум охирида кетади  13 19:33Эшитдик-да! Суперлиганинг 16-жамоаси аниқ бўлди   43 19:19"Сурхон" ўртоқлик ўйинида "Железничар" билан муроса кўчасини танлади  0 18:59Эрон чемпионати. "Истиқлол" ўз майдонида аутсайдер "Шамс Азар Қазвин"га имкониятни бой берди, Машарипов жароҳат олди  7 18:27"Қўқон-1912" навбатдаги йиғин учун Тожикистонга етиб борди  2 18:05"Наполи" "Ювентус" сардорини ўз сафига қўшиб олади  0 17:28Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Хоразм" нурсиз дурангга имзо чекди  2 16:53"Астон Вилла" ҳимоячиси "Фенербахче"га йўл олади  1 16:25Маъносиз йиғин  31 16:00Дортмунднинг "Боруссия" вингери инглиз грандлари нигоҳида  1

Oliy liga. 8-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 8-tur ramziy terma jamoasi

Kecha o'tkazilgan “Nasaf” - “Bunyodkor” bahsidan so'ng oliy liganing 8-turiga ham yakun yasaldi.
Bugun esa “Paxtakor” - “Navbahor” o'yini bilan oliy liganing 9-turiga start beriladi. Biz saytimiz odatiga ko'ra o'tgan turning ramziy terma jamoasini etiboringizga havola qilamiz.

8-tur ramziy termasiga o'yinchilar “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Mashal”, “Navbahor”, “Buxoro” “Paxtakor” va “Metallurg”dan kiritildi. SHuni aytish lozim, “Nasaf”ning uch, “Lokomotiv” va “Navbahor”dan esa ikki nafardan o'yinchi tur termasiga loyiq deb topildi. Qolgan klublardan bittadan o'yinchini kiritdik.

O'tgan tur ramziy terma jamoasiga “Bunyodkor”, “Olmaliq”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Neftchi”, “Andijon” va “So'g'diyona” klublaridan hech kim loyiq ko'rilmadi.  



DARVOZABON
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)

Toshkentda “Qizilqum” bilan kechgan bahsda Ignatiy Nesterov yaxshi harakat qildi. U birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, keyingi daqiqalarda ancha hushyor turdi. Qolaversa, ikki vaziyatda jamoasini goldan saqlab qoldi.

HIMOYACHILAR
Mirzohid G'ofurov (“Mashal”)
SHukurali Po'latov (“Navbahor”)
Georgiy Kvesieshvili (“Buxoro”)
SHuhrat Muhammmadiev (“Nasaf”)


Safarda “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda “Mashal” vakili Mirzohid G'ofurov sheriklariga nisbatan birmuncha ajralib turdi. U chap qanotdan raqib darvozasi tomon bir necha bor xavf soldi. “Mashal”ning etti yildan so'ng Samarqandda g'alaba qozonishiga Mirzohid o'zining munosib hissasini qo'shdi.

“Navbahor” - “Andijon” bellashuvida maydon egalari yirik hisobda g'alaba qozonishdi. Bu o'yinda “Navbahor” markaziy himoyachisi SHukurali Po'latov mehmonlar hujumchisiga deyarli imkon bermadi.

“Buxoro” esa o'p maydonida “Paxtakor” bilan durang qayd etdi. O'yinda hisob ochilmadi. Bu uchrashuvda mezbonlardan Georgiy Kvesieshvili ajralib turdi.

Va nihoyat, turning markaziy bahsida “Nasaf”ning o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev juda yaxshi harakat qildi. U bejizga milliy terma jamoaga chaqirilmaganini o'z o'yini bilan isbotlay oldi.



YARIM HIMOYACHILAR
SHerzod Karimov (“Paxtakor”)
Sadriddin Abdullaev (“Lokomotiv”)
Erkin Boydullaev (“Nasaf”)
Ilhom Yunusov (“Nasaf”)


Garchi “Paxtakor” g'alaba qozona olmagan bo'lsa-da, “sherlar” tarkibida SHerzod Karimov yaxshi o'yin ko'rsatdi. U bir necha bor o'zining aldamchi harakatlari bilan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va jamoadoshlarini qulay vaziyatga chiqardi.

“Lokomotiv”ning “Qizilqum”ga qarshi bahsi boshida unchalik o'xshamayotgandi, biroq Sadriddin Abdullaev zaxiradan tushgach, jamoa o'yini birdaniga o'zgardi. Aynan Sadriddin maydonga tushganidan so'ng “Loko” uchta to'p kiritdi, bundan tashqari gollardan biri Abdullaev hisobiga yozildi.

“Nasaf” o'z maydonida amaldagi chempion “Bunyodkor”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Qarshiliklar safida deryali barcha o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Ammo yarim himoyachilardan Erkin Boydullaev bilan Ilhom Yunusov juda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Qolaversa, Ilhomning 10-daqiqada kiritgan goli “Nasaf” o'yinining yanada kuchli ko'rinish olishiga sabab bo'ldi.

HUJUMCHILAR
Sardor Rasulov (“Metallurg”)
SHahboz Erkinov (“Navbahor”)


Bekobodda “So'g'diyona” bilan kechgan uchrashuvda Sardor Rasulov ikkita gol urishning uddasidan chiqdi. Umuman olganda, kosonlik hujumchi deyarli har turda yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda.

“Navbahor” hujumchisi SHahboz Erkinov “So'g'diyona”dan so'ng “Andijon” darvozasiga ham to'p kiritdi. SHuningdek, u o'yin davomida sheriklariga qaraganda ancha faol harakat qildi.



BOSH MURABBIY
Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf”)


Albatta, “Bunyodkor”dek kuchli jamoani mag'lub etish hammaga ham nasib etavermaydi. Ammo kecha “Nasaf” bu ishning uddasidan chiqdi va o'z darvozasi daxlsizligini saqlagan holda raqibni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Natijada qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev 9-turning ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy deb topildi. Umuman olganda, Ro'ziqul Sadullaevichning “Nasaf” uchun astoydil mehnat qilayotgani ko'rinib turibdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика