So’nggi yangiliklar

15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  1 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  25 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  7 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10

Oliy liga. 8-tur. "Co'g'diyona"da sensacion g'alaba va boshqa natijalar Yangiliklar

Oliy liga. 8-tur. "Co'g'diyona"da sensacion g'alaba va boshqa natijalar

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan beshta o'yin bugun bo'lib o'tdi.
Zomindagi o'yinning 3-daqiqasida Jasur Hakimov chamasi 17 metrlardan, o'tkir burchakdan zarba yo'lladi. Zuxurov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi. 11-daqiqada Artyom Filiposyan bir-ikki vaziyatda "Bunyodkor" darvozasi oldida yuzaga keltirilgan xavfli vaziyatlarni bartaraf etdi. 16-daqiqada Toshmatovning chap qanotda jarima maydoniga pastlatib oshirib bergan to'piga hech kim etolmadi. 18-daqiqada Ibroximov-SHorahmedov kombinaciyasidan so'ng Akmal darvoza tomon zarba yo'lladi. Lekin noaniq.

22-daqiqada jarima maydoni yaqinida Rajabov tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasiga aniqlik etishmadi. 28-daqiqada "So'g'diyona" sardorining xatosidan so'ng Mirzohid G'ofurov o'tkir burchak ostidan darvozaga zarba yo'lladi. Salgina noaniq.

47-daqiqada SHomurodov jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. To'pni G'ofurov darvoza tomon to'g'rilab, gol urdi. Qanot hakami "ofsayd" qayd etdi.

53-daqiqada hisob ochildi. Obid Jo'raboev xatolikka yo'l qo'ydi. Uning darvozamiz yaqinida tepgan kuchli zarbasi Jasur Hakimovga tegib darvoza to'ridan joy oldi - 1:0.

60-daqiqada Hamdamovning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Spiridonov qaytarishga erishdi.

65-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Jasur Hakimov boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, hisobni 2:0ga oshirdi.

69-daqiqada Muzaffar Muzaffarovning 30 metrlar uzoqlardan amalga oshirgan navbatdagi jarima zarbasini Zuhurov qaytardi.

81-daqiqada Rashidov Burchakdan to'p uzatdi. Filiposyan to'pni boshi bilan Zuagi tomon etkazib berdi. SHaker esa darvozani ishg'ol qildi - 2:1.

Uchrashuv mana shu hisob bilan tugadi.

So'g'diyona (Jizzax) – Bunyodkor (Toshkent) 2:1
10 may 2015. Zomin. “Zomin” stadioni. 5100 tomoshabin. 16:30
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Maradjabov (Andijon), Z. Abduraxmonov (Andijon), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
Gollar: Jasur Hakimov 53, - 1:0. Jasur Hakimov 65, - 2:0. SHaker Zuagi 81, - 2:1 (Artyor Filiposyan)
"So'g'diyona": 31.Mixail Spiridonov, 3.Ilhom Komilov (S), 4.Elyor Orifov, 5.Akbar Sattaev, 8.Suhrob Qobilov (7.Sanjar Rashidov, 90), 9.Anvar Rajabov (6.Sobir Hamidov, 63), 10.Jasur Hakimov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 21.Akmal Abdurahmonov, 24.Asiljon Begimqulov, 40.Muqim Toshmatov (13.Elyor Jahonov, 81).
Zaxira: 12.SHirinboy Abdullaev, 20.Vusal Magerramov, 23.Bobir Qosimov, 28.Sanjar Rihsiboev.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrullo Karimov (S), 8.Javlon Ibrohimov, 9.Sato Minori, 11.Mirzohid G'ofurov (17.Dostonbek Hamdamov, 54), 15.Obid Jo'raboev, 16.Artyom Filiposyan, 21.Sardor Rashidov, 27.Sardor Sobirho'jaev (7.SHaker Zuagi, 54), 40.Timur Ayupov (39.Eldor SHomurodov, 46).
Zaxira: 1.Pavel Bugalo, 6.Anvar G'ofurov, 20.Bekrich Samir, 48.Akramjon Komilov.

Ogohlantirishlar: Xayrulla Karimov 68, Javlon Ibrohimov 68, Mixail Spiridonov 83.


Bekoboddagi o'yinning 3-daqiqasida Dilmurod Karimovning darvozaga yo'llagan zarbasini Lobanov qaytardi. 9-daqiqada Igor Sergeevning boshi bilan yo'llagan zarbasini posbon qaytardi. 18-daqiqada Nurmatovning chap qanotdan jarima maydoni markaziga oshirgan to'pini Dilmurod Karimov 7-8 metrlardan darvozaga tepa olmadi. 24-daqiqada Kozakning jarima zarbasidan tepgan to'pini Safoev qiyinchilik bilan qaytardi.

44-daqiqada ikkala jamoada qulay imkoniyat yuzaga keldi. Toshmatovning pasidan so'ng Nurmatov yo'llagan zarbani Lobanov qiyinchilik bilan ushladi. Qarshi hujumda Hoshimovning oshirgan to'pini Pardaev boshi bilan darvozaga yo'naltirdi va to'p to'singa tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

49-daqiqada SHerzod Karimovning pasidan so'ng Bahodir Pardaev gol urdi - 0:1.

66-daqiqada Karimovning o'tkir burchakdan bergan kuchli zarbasidan keyin Safoev to'pni qaytardi.

75-daqiqada chap qanotdan oldinga o'tgan Bahodir Pardaev gol urdi - 0:2.

79-daqiqada Andreev yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. To'pni Safoev qaytardi. 89-daqiqada Andreev yana bir marta birga-bir holatda Safoevni dog'da qoldira olmadi.

90+2-daqiqada Murod Toshmatov belgilangan jarima to'pini aniq amalga oshirib hisobn qisqartirdi - 1:2.

Metallurg (Bekobod) – Paxtakor (Toshkent) 1:2
10 may 2015. Bekobod. “Metallurg” stadioni. 17:00
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: Bahodir Pardaev 49, - 0:1 (SHerzod Karimov). Bahodir Pardaev 75, - 0:2 (Kaxi Maxaradze). Murod Toshmatov 90+2, - 1:2.
"Metallurg": Zafar Safoev, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov (Mirto'ra Akbarov, 68), Doniyor Odilov, SHaxzod Nurmatov, Aleksandr Kovalev, Davron Karimqulov, Alisher Ziyovuddinov (Zohid Abdullaev, 80), Ruslan Vagapov, Mirg'iyos Sulaymonov, Murod Toshmatov.
Zaxira: Suxrob Sultonov, Ayubxon No'monov, SHoxnazar Norbekov, Nozimjon Esonov, Saidjon Abdujabborov.

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Egor Krimec, Adnan Oraxovac, Akbar Ismatullaev, Kaxi Maxaradze, SHerzod Karimov (Stanislav Andreev, 67), Igor Sergeev (Anvar Soliev, 84), Bahodir Pardaev, Davron Hoshimov, Aleksandr Merzlyakov, Vladimir Kozak.
Zaxira: Nikita Ribkin, Murod Xolmuhammedov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov, Javohir Sidiqov


Viktor Karpenko Igor Taranga to'pni o'n qanotdan etkazib berdi. Ammo Taran Mirzakamol Kamolov bilan birga o'ynab boshlangan hujumni ohirigacha etkazib qo'yolmadi.

11-daqiqada Zohir Pirimovning pasidan so'ng SHavkat Salomov gol urdi - 0:1.

14-daqiqada Viktor Karpenko jarima to'pidan gol urib hisobni tenglashtirdi - 1:1. 43-daqiqada yana o'sha Karpenko o'z hisobiga gol yozib qo'ydi - 2:1.

Birinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada Adrian Kashkaval hisobni tenglashtirdi - 2:2.

53-daqiqada Evgeniy Gogol qizil kartochka olib maydonni tark etdi. U Zafar Polvonovga zarba bergan ekan.

84-daqiqada Suhrob Berdiev gol urib mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa Doniyor Ismoilov to'p kiritib "Olmaliq"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi - 3:3.

SHo'rtan (G'uzor) – Olmaliq (Olmaliq) 3:3
10 may 2015. G'uzor. “G'uzor” stadioni. 5201 tomoshabin.
17:30
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
Gollar: SHavkat Salomov 11, - 0:1 (Zohir Pirimov). Viktor Karpenko 14, - 1:1. Viktor Karpenko 43, - 2:1. Adrian Kashkaval 45+1, - 2:2 (Evgeniy Gogol). Suhrob Berdiev 84, - 3:2. Doniyor Ismoilov 90+1, - 3:3.
"SHo'rtan": 30.Timur Jo'raev, 4.Jamol Otaqulov (29.SHerzod SHaripov, 79), 7.Viktor Karpenko, 9.Igor Taran (19.Suhrob Berdiev, 67), 10.Viktor Klishin (8.Samandar SHodmonov, 79), 11.Zafar Polvonov, 14.Umar Eshmurodov, 17.Mirzakamol Kamolov, 18.Eldor Boymatov, 20.Darko Stanoevich, 21.G'ulomHaydar Gulyamov.
Zaxira: 1.Eldor Tojiboev, 5.Asror Aliqulov, 6.Jamshid Hoshimov, 22.Laziz Ubaydullaev.

"Olmaliq": 1.Temur G'aniev, 5.Evgeniy Gogol, 8.Sahob Jo'raev, 10.SHavkat Salomov, 11.Zohir Pirimov (27.Nikita Pavlenko, 61), 19.Islom Inomov, 21.Salamat Qutiboev (4.Abduqahhor Hojiakbarov, 56), 55.Adrian Kashkaval, 70.Arslonmurod Omonov (14.Doniyor Ismoilov, 87), 77.Jahongir Abdumo'minov, 84.Nemanya Yovanovich.
Zaxira: 16.Umid Xonimqulov, 3.Azamat Isroilov, 7.G'ulom O'runov, 9.Islombek Isoqjonov,

Ogohlantirishlar: Salmat Qutiboev 17, Sahob Jo'raev 55, Darko Stanoevich 77, G'ulomHaydar Gulyamov 87,

CHetlatish: Evgeniy Gogol 53


14-daqiqada Gevorkyan-SHomurodov-Gadoev kombinaciyasidan keyin SHohruhning 20 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq chiqdi. 18-daqiqada Farrux Sayfiev ham olis masofadan o'z omadini sinab ko'rish maqsadida zarba yo'lladi. To'p ancha noaniq ketdi.

28-daqiqada Artur Gevorkyan burchakdan to'pni oshirdi Hamza Karimov to'pni qulayroq vaziyatga uzatdi. Maqsud Karimov boshi bilan darvozani ishg'ol etdi - 0:1.

Ikkinchi bo'lim boshida "Navbahor" tarkibida birdaniga ikkita o'zgarish: Melenchuk o'rniga Xodjaev, Mahmudov o'rniga Baqoev maydonga tushirildi.

56-daqiqada bosh hakam Hasan Ro'ziev mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatovni maydondan chetlatdi.

78-daqiqada SHahboz Erkinov jarima maydoni ichiga kirar kirmas erlatib uzoq burchakka zarba yo'lladi. Noaniq.

90+1-daqiqada Ulug'bek Baqoevning pasidan so'ng Mo'ydin Mamazulumov gol urdi - 1:1. Uchrashuv mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.

Navbahor (Namangan) – Nasaf (Qarshi) 1:1
10 may 2015. Namangan. “Markaziy” stadioni. 18:00
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gol: Maqsud Karimov 28, - 0:1 (Hamza Karimov). Mo'ydin Mamazulumov 90+1, - 1:1 (Ulug'bek Baqoev).
"Navbahor": 1.Aleksandr Melenchuk (46.Xurshid Xodjaev, 46), 2.Alisher Samatov, 7.Sanat SHixov (25.Mo'ydin Mamazulumov, 68), 8.Azimjon Ahmedov, 9.Ilhom Boydedaev, 10.Alisher Mahmudov (20.Ulug'bek Baqoev, 46), 11.Otabek Valijonov, 22.SHaxboz Erkinov, 29.Dilshod Jabborov, 50.Yuriy Rijko, 91.Sergey Georgiev.
Zaxira: 4.Timur Kagirov, 6.Sunnatulla Mamadaliev, 27.Rabbim Hasanov, 77.Muhammad Rasulov.

"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom SHomurodov, 15.Roy Rok, 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Boydullaev, 22.SHohruh Gadoev (18.Bahrom Abdurahimov, 54), 23.SHerzod Azamov, 32.Hamza Karimov, 33.Odil Hamrobekov (5.Botir Qoraev, 74), 34.Farrux Sayfiev.
Zaxira: 30.O'tkir Yusupov, 7.Akram Baxriddinov, 16.Alisher Yusupov, 27.Ilhom Yunusov, 38.Doniyor Narzullaev.

Ogohlantirishlar: SHohruh Gadoev 23, Otabek Valijonov 61, Ulug'bek Baqoev 81, Eldor Suyunov 82, Mo'ydin Mamazulumov 90+1.


Toshkentdagi bahsning 2-daqiqasida mezbonlar ilk hujumni tashkil etishdi. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Bikmaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq.

4-daqiqada yana o'sha Bikmaev boshi bilan zarba berdi, noaniq. 9-daqiqada Abdulatif Abduqodirov maydon markazidan raqib jarima maydoniga yaqinlashib tepgan to'pini Ikromov ushlab oldi.

14-daqiqada "Andijon"ni xavfli zarbasi. Sanjar Asqaraliev tepgan to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi. Keyingi daqiqada Koryanning jarima maydoni yonidan yo'llagan zarbasini Moshnyaga qaytardi.

16-daqiqada burchak to'pidan keyin Yanichich boshi bilan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. 18-daqiqada SHoahmedovning zarbasidan so'ng Moshnyaga to'pni qaytardi.

30-daqiqada Oleg Zoteev darvozabon bilan birga bir chiqib tepgan to'pini Moshnyaga qaytardi. Ammo bu vaziyatda Zoteev ofsaydda qolgandi.

38-daqiqada hisob ochildi. Marat Bikmaevning pasidan so'ng Sanjar SHoahmedov gol urdi - 1:0. Birinchi bo'lim tugadi.

48-daqiqada "Andijon" hujumga o'tdi. Temur Vasilevning 17 metrlardan tepgan to'pi noaniq ketdi.

61-daqiqada Abdumalik Abdullaev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasini Mamur Ikromov qaytardi.

67-daqiqada yana Abdumalik Abdullaev raqib jarima maydoni ichiga yorib kirdi, biroq to'pni sheriklariga uzatish o'rniga noaniq zarba berdi.

69-daqiqada Kapadzening zarbasi noaniq ketdi, keyingi daqiqada Abduxoliqovning zarbasini Moshnyaga qaytardi, qaytgan to'pni Zoteev noaniq tarzda yo'lladi.

72-daqiqada Salim Mustafoev jarima maydoni ichidan to'pni darvozaga yo'lladi - 2:0.

Lokomotiv (Toshkent) – Andijon (Andijon) 2:0
10 may 2015. Toshkent. “TTYMI” stadioni. 19:00
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), O. Abduvasilov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: Sanjar SHoahmedov 38, - 1:0 (Marat Bikmaev). Salim Mustafoev 72, - 2:0.
"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 4.Bobur Yuldashev (3.SHavkat Mullajonov, 90), 7.Ruslan Koryan (28.Ikrom Aliboev, 57), 10.Marat Bikmaev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 65), 13.Lutfullo To'raev, 16.Jasur Hasanov (kichik), 17.Salim Mustafoev, 18.Temur Kapadze, 22.Sanjar SHoaxmedov, 31.Nemanya Yanichich, 33.Oleg Zoteev
Zaxira: 1.Ignatiy Nesterov, 21.Karen Abramov, 24.Ibrohim Rahimov, 99.Damir Koyashevich.

"Andijon": 12.Gennadiy Moshnyaga, 6.Ibrohim Otaxonov, 9.Lochin Soliev (20.Sayridin G'afforov, 68), 10.Predrag Vuyovich, 11.Abdumalik Abdullaev, 14. Abdulatif Abduqodirov (22.Iqbol Akramov, 46), 17.Temur Vasilev, 21.Javlon Guseynov, 23.Sanjar Asqaraliev, 33.Umrillo Ramazonov, 55.Asror Raxmonov (7.Asqar Jadigerov, 77)
Zaxira: 1.Eldor Isaboev, 8.SHukur Jumaboev, 19.Doniyor Usmonov, 70.Farrux SHotursunov

Ogohlantirishlar: Salim Mustafoev 78


# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Neftchi 8 6 2 0 13 - 4 9 20
2 Nasaf 8 6 1 1 15 - 6 9 19
3 Olmaliq 8 5 2 1 18 - 10 8 17
4 Lokomotiv 8 5 2 1 12 - 4 8 17
5 Paxtakor 7 5 1 1 12 - 6 6 16
6 Mashal 8 4 1 3 13 - 7 6 13
7 Bunyodkor 7 4 0 3 9 - 8 1 12
8 Qizilqum 8 3 1 4 11 - 13 -2 10
9 SHo'rtan 7 2 3 2 10 - 8 2 9
10 Navbahor 8 2 2 4 7 - 10 -3 8
11 Qo'qon-1912 7 2 1 4 5 - 12 -7 7
12 So'g'diyona 8 2 1 5 7 - 17 -10 7
13 Metallurg 8 1 3 4 5 - 8 -3 6
14 Dinamo 8 1 2 5 6 - 11 -5 5
15 Andijon 8 1 2 5 5 - 12 -7 5
16 Buxoro 8 0 2 6 6 - 18 -12 2

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика