Oliy liga. 7-tur ramziy terma jamoasi
05 may 2014 14:00
Yangiliklar
Oliy liga. 7-tur ramziy terma jamoasi
Oliy ligamizda 7-tur bahslari yakuniga etdi. SHunday ekan, odatga ko'ra tur ramziy termasini taqdim etamiz.
Bu tur safarda to'p surgan jamoalardan birgina “Nasaf” g'alaba qozondi. SHuningdek, “Lokomotiv” ham uch ochkoni qo'lga kiritishga yaqin edi, biroq o'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida o'tkazib yuborilgan gol bahsning durang bilan yakun topishini taminladi.
7-tur ramziy terma jamoasi “Olmaliq”, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Metallurg”, “Nasaf”, “Qizilqum” klublarida to'p surayotgan futbolchilardan tuzildi. Bu safar “Navbahor”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Mashal”, “Andijon”, “Neftchi” va “So'g'diyona” klublaridan ramziy termaga hech kim kiritilmadi. 7-tur termasi 4-4-2 sxemasi bo'yicha ko'rinish oldi.
DARVOZABON: Umid Xonimqulov (“Olmaliq”)
Ushbu tur Muborakka safar qilgan “Olmaliq” “Mashal” bilan kechgan bahsda durang o'ynadi, yani uchrashuvda hisob ochilmadi. Mazkur bellashuvda “Olmaliq” posboni Umid Xonimqulov o'z darvozasini ajoyib tarzda qo'riqladi. U bir necha bor xavfli vaziyatlarni bartaraf etdi.
HIMOYACHILAR: Akmal SHorahmedov (“Bunyodkor”), Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”), Egor Krimec (“Paxtakor”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”).
“Navbahor”ga qarshi o'yinda “Bunyodkor”ning o'ng qanot himoyachisi Akmal SHorahmedov birmuncha ajralib turdi. Qolaversa, Vohid SHodiev hisobni ochgan paytda to'pni unga aynan Akmal etkazib berdi.
“Paxtakor” himoyachisi Aleksandr Merzlyakov esa “Lokomotiv”ga qarshi o'zini ko'rsatdi. SHuningdek, chap oyoqda to'pga burama zarba bergan holda hisobni tenglashtirdi. Sasha “Paxtakor”ga kelganidan beri o'yinida o'sish borligi ko'rinib turibdi.
“Paxtakor” markaziy himoyachisi Egor Krimec har bir o'yinning qutqaruvchisiga aylanmoqda. U ketma-ket uch o'yinda gol urish bilan birga himoyada ham bir tekis o'ynadi.
1993 yilda tug'ilgan Bobur Yo'ldoshev ham Toshkent derbisida sheriklariga nisbatan birmuncha ajralib turdi. Bobur himoya markazida “Paxtakor” hujumchilariga deyarli imkon bermadi.
YARIM HIMOYACHILAR: Jasur Hasanov (“Lokomotiv”), Sunnatilla Mamadaliev (“Metallurg”), Artur Gevorkyan (“Nasaf”), SHerali Jo'raev (“Qizilqum”).
“Lokomotiv”dagi katta Jasur Hasanov “Paxtakor”ga qarshi o'yinda faol harakat qildi. Qolaversa, jarima to'pini ajoyib tarzda amalga oshirdi. To'p hech kimga tegmasdan to'g'ri darvoza to'riga borib tushdi.
Sunnatilla Mamadaliev ham bu turda o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Umuman olganda, Mamadaliev deyarli har doim “Metallurg” tarkibida eng yaxshilardan biri bo'lib kelyapti.
Jizzaxda “So'g'diyona” bilan kechgan uchrashuvda esa Artur Gevorkyanning ikkita goli “Nasaf”ga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi. “Qizilqum”ning tinib-tinchimas yarim himoyachisi SHerali Jo'raev ham bu turda o'zini ko'rsatdi.
HUJUMCHILAR: SHahzod Nurmatov (“Metallurg”) I.Nagaev (“Lokomotiv”)
Ana endi hujumchilarga to'xtalamiz. SHahzod Nurmatov “Neftchi”ga qarshi bahsda gol urish bilan birga Mamadalievning goliga assissentlik qildi. Ivan Nagaev esa “Paxtakor” darvozasini ishg'ol etdi, shuningdek, butun o'yin davomida raqib himoyachilarini sarosimada ushlab turdi.
BOSH MURABBIY: Igor SHkvirin (“Olmaliq”)
7-tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy etib Igor SHkvirinni tanladik. CHunki “Olmaliq” o'z tarixida birinchi bor Muborakdan ochko bilan qaytdi.

Fikrlar