So’nggi yangiliklar

13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  15 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2

OLIY LIGA. 6-tur. "Olmaliq"da 4:0, "Neftchi"da 4:1 va boshqa o'yinlar Yangiliklar

OLIY LIGA. 6-tur. "Olmaliq"da 4:0, "Neftchi"da 4:1 va boshqa o'yinlar

Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan dastlabki 5ta o'yin bo'lib o'tdi.
Farg'onadagi uchrashuvning 3-daqiqasida Mansur Saidov Ro'zim Ahmedovni birga bir vaziyatga chiqardi, hujumchi bu vaziyatdan foydalana olmadi. 10-daqiqada SHukur Po'latov hisobni ochdi - 1:0.

17-daqiqada yana Saidov Ahmedovni birga bir vaziyatga chiqardi. Bu safar Ro'zimboyning zarbasini Spiridonov qaytardi. 

24-daqiqada Mansur Saidovning pasidan so'ng Baxtiyor Yoqubov gol urdi - 2:0.

38-daqiqada Yoqubovning pasidan so'ng Ro'zimboy Ahmedov hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

85-daqiqada Ro'zimboy Ahmedov dublga erishdi - 4:0.

So'nggi daqiqada mehmonlar vakili Sanjar Rashidov yagona javob to'pini kiritdi - 4:1. O'yin shu hisob bilan tugadi.

Neftchi (Farg'ona) – So'g'diyona (Jizzax) 4:1
25 aprel 2015. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 17:00
Hakamlar
: I.Tantashev, B.Qodirov, A.Qo'ldoshev, D.Muxtorov.
Nazoratchi: A.Arutyunov.

Gollar: SHukur Po'latov 10, - 1:0. Baxtiyor Yoqubov 24, - 2:0 (Mansur Saidov). Ro'zimboy Ahmedov 38, - 3:0 (Baxtiyor Yoqubov). Ro'zimboy Ahmedov 85, - 4:0 (Otabek Haydarov). Sanjar Rashidov 90, - 4:1.

"Neftchi": 30.Evgeniy CHeremisin, 3.SHukurali Po'latov, 6.Baxtiyor Yoqubov, 7.Mansur Saidov (9.SHerzod Hakimov, 72), 20.Dilyorbek Ermatov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Ro'zimboy Ahmedov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Sardor Rahmonov, 38.Abbos Maxstaliev, 44.Umid Qodirov (11.Otabek Haydarov, 46).
Zaxira: 1.Sergey Smorodin, 4.Aybek Nurboev, 8.Akmal Xolmatov, 18.Javohir Rasulov, 28.Abdulloh Olimov.

"So'g'diyona": 31.Mixail Spiridonov, 4.Elyor Oripov, 5.Akbar Sattaev (24.Asil Begimqulov, 53), 6.Sobir Hamidov, 7.Sanjar Rashidov, 9.Anvar Rajabov (8.Suhrob Qobilov, 61), 13.Elyor Jahonov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 20.Vusol Magerramov, 22.Saydullo Rahmatov, 23.Bobur Qosimov (10.Jasur Hakimov, 40)
Zaxira: 1.Mixail Naumov, 21.Akmal Abdurahmonov, 28.Sanjar Rihsiboev, 40.Muqim Toshmatov.

Ogohlantirishlar: SHerzod Hakimov 87.

----------

Muborakdagi o'yinning 2-daqiqasida Jiyamurodovning qanotdan oshirib bergan pasiga Murtozaev etib kela olmadi. 5-daqiqa Izzat G'anievning juda kuchli zarbasini Nosirov qaytarishga erishdi. 11-daqiqada hisob ochildi. Zafar To'raevning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Ivanov hisobni ochdi - 1:0.

28-daqiqada Zohir Qo'ziboev hisobni oshirdi. Ivanov darvozabonni xatosidan foydalanib Qo'ziboevga pas oshirdi. Zohir adashmadi - 2:0.

65-daqiqada Zafar To'raevni pasini Qo'ziboev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 3:0.

Uchrashuv mana shu hisob bilan tugadi.

Mashal (Muborak) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) 3:0
MATNLI TRANSLYACIYA
25 aprel 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar:
V.Ceytlin, M.Saidqosimov, T.Gaynulin, E.Tursunov
Nazoratchi: B.Galeev.
Gollar: Vladislav Ivanov 11, - 1:0. Zohir Qo'ziboev 28, - 2:0 (Vladislav Ivanov). Zohir Qo'ziboev 65, - 3:0 (Zafar To'raev).
"Mashal": 30. Botir Nosirov, 5.G'iyos Komilov, 7. Jahongir Jiyamurodov (16. Xolmurov Xolmurodov, 87), 9. Humoyun Murtazoev (25. Ixtiyor Toshpo'latov, 55), 10. Jamshid Hasanov, 13. SHahzod SHaymanov, 20. SHerzod Fayziev, 26. Zohir Qo'ziboev (s), 27. Vladislav Ivanov, 55. Mikita Bukatkin, 90. Zafar To'raev (77. Doston Abdurahmonov, 66).
Zaxira: 1.Sanjar Quvvatov, 4.Iqbol Boboxonov, 8. Abbos Omonov, SHoxruh Dostonov.

"Qo'qon-1912": 1. Ruslan Matniyozov, 3. Hasanboy Ergashev (s), 7. Izzat G'aniev (8.Nodir Qo'ziboev, 65), 10. Quvondiq Ro'ziev, 11. Doniyor Usmonov, 18. Sardor Eminov, 19. Vladimir Argun, 20.Xurshidbek Muxtorov, 22. Orif Mamajonov, 4. Qahramon Mahamadjonov ( 24.Ilya Ilin, 46), 29. Igor Golban (23. Furqat Hasanboev, 85).
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 5.Jalil Kimsanov, 9.Nosir Otaqo'ziev, 15.Maruf Zokirjonov,

Ogohlantirishlar: Qahramon Mahamadjonov 38, Jahongir Jiyamurodov 41, Zafar To'raev 45, Igor Golban 73, Vladimir Argun 90.

---------

Uchrashuv boshlandi. 10-daqiqada SHixov belgilangan jarima zarbasini ijro etdi. To'p to'g'ri Melnichuk qo'llariga kelib tushdi. 21-daqiqada Dilshod Jabborovning olis masofadan yo'llagan zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi.

26-daqiqada Smolyachenko o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan to'xtadi. Kovalenko ikkilanmay 11 metrli jarima nuqtasini ko'rsatdi. Erkinovning tepgan to'pini avvaliga Melnichuk qaytardi. Lekin darvozabondan qaytgan to'pni SHahbozning o'zi darvozaga  joyladi.

34-daqiqada Melenchuk samarqandliklarning tepgan jarima to'pini qo'lidan chiqarib yubordi. Darvozabondan qaytgan to'pni Ahmedov maydon tashqarisiga chiqardi.

37-daqiqada SHahboz Erkinov raqib jarima maydoni ichida o'zidan qulayroq vaziyatda turgan Ahmedovga to'p oshirdi, Azimning zarbasi noaniq ketdi.

39-daqiqada Robbim Hasanov chamasi 25 metr masofadan o'z omadini sinab ko'rdi. Futbolchining kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

41-daqiqada jarima to'pi o'yinga kiritilgach Maksimilian Fomin boshi bilan Melenchuk darvozasini ishg'ol qildi.

62-daqiqada SHixov belgilangan jarima zarbasini to'g'ri Melnichuk darvozasi sari yo'lladi. Mehmonlar darvozaboni xavfni qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

74-daqiqada Baqoev Valijonov bilan devor uslubida o'ynab darvozani ishg'ol qildi - 2:1.

86-daqiqada SHixov "qaychi" uslubida to'pi darvoza tomon yo'lladi. Ammo, zarbaga biroz aniqlik etishmadi. Gol urilganda ham inobatga olinmasdi. Sababi u o'yindan tashqari holatda edi.

O'yin tugadi, "Navbahor" g'alaba qozondi.

Navbahor (Namangan) – Dinamo (Samarqand) 2:1
25 aprel 2015. Namangan. “Markaziy” stadioni. 17:30
Hakamlar:
V.Kovalenko, N.Ro'zimov, D.Saylalov, A.SHukurullaev.
Nazoratchi: G'.Karimov.
Gollar:  SHaxboz Erkinov 28, - 1:0. Maksimilian Fomin 41, - 1:1. Ulug'bek Baqoev 74, - 2:1 (Otabek Valijonov).
Amalga oshirilmagan penalti: SHaxboz Erkinov 28
"Navbahor": 1. Aleksandr Melenchuk, 2. Alisher Samatov, 6. Sunnatillo Mamadaliev (20.Ulug'bek Baqoev, 58), 7. Sanat SHixov, 8. Azim Ahmedov, 9. Ilhom Boydedaev, 22. SHahboz Erkinov (11.Otabek Valijonov, 65), 27. Robbim Hasanov, 29.Dilshod Jabborov, 89. Bobir Akbarov, 91. Sergey Georgiev (10.Alisher Mahmudov, 83).
Zaxira: 46.Xurshid Xo'jaev, 4.Timur Kagirov, 25.Mo'ydin Mamazulumov, 50.Yuriy Rijko.

"Dinamo": 27. Andrey Melnichuk, 4. Bunyod Isroilov, 6. Maksimilian Fomin, 7. Otabek Zokirov, 9. Pavel Smolyachenko, 10. Aziz Ibragimov, 11. Aleksandr Boliyan (17.Jasur Azimov, 57), 16. Akmal Xolmurodov, 19. Islom SHaripov (29.Maruf Murodov, 66), 33. Nikolay CHipev (8.Konstantin Mandrichenko, 83), 55. Avaz Agaliev.
Zaxira: 25.Muhiddin Xudoyorov, 22.Murod To'ychiboev, 26.Komil SHarofutdinov, 95.Firdavs Abdusalimov.

Ogohlantirishlar: Dilshod Jabborov 12, Sunnatilla Mamadaliev 40, Maksimilian Fomin 47, Jasur Azimov 75

---------

18-daqiqada Nemanya Yovanovichning zarbasi to'singa tegib qaytdi, qaytgan to'pni Salomov yuqoriga tepib yubordi.

21-daqiqada Yovanovichning 15 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Inomov darvozaga yo'lladi, noaniq.

30-daqiqada Xaushi jarima to'pini amalga oshirdi, to'pni G'aniev qiyinchilik bilan qaytardi.

32-daqiqada Pavlenkoning pasidan so'ng SHavkat Salomov hisobni ochdi - 0:1.

70-daqiqada Pavlenkoning to'p uzatishidan keyin Arslanmurod Omonov gol urdi - 0:2.

77-daqiqada Salamat Qutiboev gol urdi, bu safar ham Pavlenko pas berdi.

So'nggi daqiqada Yovanovichning to'p uzatishini Salomov darvozaga yo'lladi - 0:4.

O'yin mana shu hisob bilan tugadi.

Buxoro (Buxoro) – Olmaliq (Olmaliq) 0:4
25 aprel 2015. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 18:00
Hakamlar:
X.Ro'ziev, R.Fozilov, M.Madjidov, I.Ibragimov.
Nazoratchi: D.Roman.
Gollar: SHavkat Salomov 32, - 0:1 (Nikita Pavlenko). Arslonmurod Omonov 70, - 0:2 (Nikita Pavlenko). Salamat Qutiboev 77, - 0:3 (Nikita Pavlenko). SHavkat Salomov 90, - 0:4 (Nemanya Yovanovich)
"Buxoro": Farruh Turdaliev, Bogdan Xaushi, Saidkomil Akbarov, Hasan Asqarov, Vadim Kravchesku (Alibobo Rahmatullaev, 73), Suxrob Nematov, Dilyaver Abibullaev (Zayniddin Tojiev, 69), Vitaliy Plamadela, Otabek Narzullaev, Jamshid Hasanov, Otabek Isroilov (Jamoliddin Ubaydullaev, 59).
Zaxira: Aleksandr Korneychuk,  Vyacheslav Ponamarev, Axror Umarjonov, Evgeniy Kochnev.

"Olmaliq": Timur G'aniev, Evgeniy Gogol, Sahob Jo'raev, Adrian Kashkaval, Islom Inomov (Abduqahhor Hojiakbarov, 80), Zohir Pirimov (Arslanmurod Omonov, 65), Nikita Pavlenko, G'ulom O'runov, Jahongir Abdumo'minov (Salamat Qutiboev, 58), SHavkat Salomov, Nemanya Yovanovich.
Zaxira: Umid Xonimqulov, Azamat Isroilov, Kamoliddin Murzoev, Islom Isoqjonov.

Ogohlantirishlar: Jahongir Abdumo'minov 17, Otabek Narzullaev 28, Azamat Isroilov 30, Otabek Isroilov 44, Islom Inomov 60, Izzat G'aniev 62, Bogdan Xaushi 84

----------

O'yindan oldin Navoiy viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti Murod Xudoyorov, "Qizilqum" PFK Ijrochi direktori Hamidjon Aktamov Bahriddin Vahobovga mart oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini va qimmatbaho sovg'alarni topshirdi.

Uchrashuv boshlandi. Uchrashuv mezbonlarning katta ustunligi ostida davom etmoqda. 32-daqiqada Azizbek Usmonovning pasidan so'ng, Vyacheslav SHevchenko 18 metrlar uzoqlikdan darvozani nishonga oldi. Juda kuchli va chiroyli zarba biroz noaniq ketdi.

38-daqiqada mehmonlar qarshi hujumga o'tishdi. Farrux SHotursunovning boshlab bergan kombinaciyasini tezkor hujumchi Abdumalik Abdullaev gol bilan yakunlashiga bir bahya qoldi.

Navoiyda kuchli shamol esmoqda. Bu esa jamoalarning chiroyli futbol namoyish etishiga salbiy tasir etayotganlini takidlash kerak.

44-daqiqada Azizbek Usmonovning jarima maydonchasi ichkarisiga havolatib uzatgan to'pini Bahriddin Vahobov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Bu vaziyatda mehmonlar posboni mahorat ko'rsatdi.

46-daqiqada "Qizilqum" yarim himoyachisi Andrey Derkach 20 metrlar uzoqlikdan "Andijon" jamoasi darvozasining yuqori to'qqizligini ishg'ol qildi - 1:0.

56-daqiqada Bahriddin Vahobov Vyacheslav SHevchenko bilan devor uslubida o'ynadi. Ammo deyarli darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va ammo to'pni uzoqlashtirib yubordi. To'p maydonni tark etdi.

76-daqiqada Alisher Sanoevning olis masofadan yshhllagan kuchli zarbasi himoyachilardan biriga tegib, shundoqqina darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

Uchrashuv mana shu hisob bilan tugadi.

Qizilqum (Navoiy) – Andijon (Andijon) 1:0
25 aprel 2015. Navoiy. “Yoshlar” stadioni. 18:00
Hakamlar:
SH.Qosimov, A.Usmonov, S.SHoyusupov, SH.Qayumov.
Nazoratchi: R.Aytekov.
Gol: Andrey Derkach 46, - 1:0
"Qizilqum": 1.Erkin Jabborov, 6.Farruh Haydarov (23.SHerali Jo'raev, 46), 8.Akmal Rustamov, 9.Vyacheslav SHevchenko, 10.Baxriddin Vahobov, 11.Alisher Sanoev, 21.Mirjalol Qurbonov, 24.Asqar Muhiddinov, 33.Andrey Derkach, 50.Georgi Kvesieshvili, 92.Aziz Usmonov.
Zaxira: 12.Dilshod Hamroev, 14.Fayzulla Qambarov, 20.G'ayrat Jumaev, 26.Alisher Xoliqov, 80.Bobir Mamirov, 94.Bobur Iskandarov.

"Andijon": 12.Gennadiy Moshnyaga, 3.Davron Tursunov, 6.Ibrohim Otaxonov, 10.Predrag Vuyovich, 11.Abdumalik Abdullaev, 17.Temur Vasilev, 20.Sayriddin G'affarov (7.Asqar Jadigerov, 65), 21.Javlon Guseynov, 28.Rasul Rahmonov (8.SHukur Jumaboev, 60), 55.Asror Rahmonov, 70.Farruh SHotursunov (9.Lochin Soliev, 75).
Zaxira: 1.Eldor Isaboev, 14.Abdulatif Abduqodirov, 19.Doniyor Usmonov. 

Ogohlantirishlar: Asror Rahmonov 10, Temur Vasilev 68,

YANGILASH
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика