So’nggi yangiliklar

20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  11 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  8 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2

Oliy liga. 26-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 26-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda navbatdagi chempionat ham yakuniga etdi.
Reglamentda ko'rsatilgani kabi oxirgi tur bahslari hamma erda bir xil vaqtda boshlandi. Turning markaziy bahsi Toshkentda o'tkazilib, unda “Paxtakor” safarda “Bunyodkor” ustidan 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Oliy ligada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan “Lokomotiv” Buxoroda bir ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, uchinchi o'rin egasi “Nasaf” o'z maydonida “Olmaliq” bilan durang qayd etdi. Quyida 26-tur ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz. Mazkur terma jamoa 4-5-1 sxemasi bo'yicha ko'rinish oldi.



DARVOZABON
Aleksandr Melenchuk (“So'g'diyona”)

Elita bilan xayrlashgan “So'g'diyona” o'z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bellashuvda mezbonlar darvozaboni Aleksandr Melenchuk o'zini ko'rsata oldi. SHu bois bu posbonni ramziy jamoamizga kiritdik.  

HIMOYACHILAR
Tohir SHamsitdinov (“Navbahor”)
Jahongir Mehmonov (“Neftchi”)
Oybek Nurboev (“Buxoro”)
Avaz Agaliev (“Dinamo”)



“Navbahor”ning o'z maydonida “Dinamo”ga qarshi bahsida himoyachi Tohir SHamsitdinov o'zidan iliq taassurot qoldirdi. SHuningdek, “Neftchi” himoyachisi Jahongir Mehmonov ham yaxshi harakat qildi. Oliy ligada bir amallab jon saqlab qolgan “Buxoro” vakili Oybek Nurboev esa “Loko” darvozasiga to'p kiritgan bo'lsa, “Dinamo”ning qanot himoyachisi Avaz Agaliev ham so'nggi turda o'zini ko'rsata oldi.

YARIM HIMOYACHILAR
Sardor Rashidov (“Bunyodkor”)
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
Farrux Sayfiev (“Nasaf”)
Jamshid Hasanov (“Mashal”)
SHaker Zuagi (“Olmaliq”)



26-turda etibor ko'proq Toshkent derbisiga qaratilgani bois uchrashuvni diqqat bilan tomosha qildik. Maydon egalari tarkibida Sardor Rashidov, mehmonlar safida Jamshid Iskanderov o'zlarini namoyon eta olishdi. Rashidov ikkita chiroyli gol urgan bo'lsa, Iskanderov bitta gol urishdan tashqari o'yin davomida raqibni sarosimaga solib tura oldi.



Oxirgi paytlarda tez-tez tilga olinayotgan “Nasaf” yarim himoyachisi Farrux Sayfiev ham oxirgi turda to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu turda shuningdek “Mashal” vakili Jamshid Hasanov ham o'zini ko'rsata oldi. “Olmaliq”ning tunislik legioneri SHaker Zuagi esa “Nasaf” darvozasiga chiroyli to'p kiritdi.

HUJUMCHI
Igor Sergeev (“Paxtakor”)

Birinchi davrada o'zini unchalik ko'rsata olmagan Igor Sergeevning o'yini ikkinchi davrada rosa “ochildi”. Hujumchi oxirgi turda “Bunyodkor” darvozasiga ikki bor gol urib jamoasining g'alabasini taminladi. Natijada “Paxtakor” chempionatni mag'lubiyatsiz o'tkazgan klub bo'ldi.



BOSH MURABBIY: Samvel Babayan (“Paxtakor”)
Bu safar tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida “Paxtakor” bosh menejeri Samvel Babayanni tanladik. Negaki Babayan boshchiligida jamoa “Bunyodkor”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotib, keyinchalik vaziyatni o'z tomoniga og'dira oldi va yakunda 3:2 hisobida zafar quchdi. Umuman olganda, Babayan bosh murabbiyligida “Paxtakor” mavsumni yuqori notada o'tkazdi. Jamoa nafaqat chempionlikni qo'lga kiritdi, balki oliy ligada biror marta mag'lub bo'lmadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика