Oliy liga-2015. 15815 tomoshabin, Ermatov, Pirimov hamda Vahobov haqida
15 mar 2015 11:06
Yangiliklar

Oliy liga-2015. 15815 tomoshabin, Ermatov, Pirimov hamda Vahobov haqida
2015 yilgi oliy liganing 1-tur o'yinlari o'z yakuniga etdi.
Bir qator kutilmagan natijalar kuzatilgan ushbu turdagi 8ta o'yinda darvozalarga jami 18ta gol urildi. Har bir o'yinda o'rtacha 2,25tadan gol urildi.
Maydon egalari 3 bor g'alaba qozonishdi, 3 marta durang qayd etildi va safarda o'ynagan 2 jamoa muvaffaqiyat qozondi.
8ta uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionlarga jami 54459 tomoshabin keldi (o'rtacha 6807 tomoshabin). "Navbahor" - "Mashal" o'rtasidagi uchrashuviga eng tomoshabin keldi - 15815. Eng kam tomoshabin kelgan uchrashuv "Paxtakor" va "Olmaliq" o'rtasida kechdi. Ushbu bahsga 1200 tomoshabin keldi xolos.
Hakamlarimiz 31 marta sariq kartochkani ishga solishdi. Hech bir futbolchi qizil kartochka olgani yo'q. Dastlabki turda umuman penalti belgilanmadi.
Hakamlar orasida eng yuqori bahoni "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi bosh hakami Ravshan Ermatov oldi - 9,6. Eng past bahoni "Paxtakor" - "Olmaliq" uchrashuvi qanot hakami Bobur Qodirov oldi - 4,0.
2015 yilgi mavsumda...
eng birinchi gol - Zohir Pirimov ("Olmaliq")
eng birinchi ogohlantirish - Akbar Ismatullaev ("Paxtakor")
eng birinchi dubl - Artur Gevorkyan ("Nasaf")
eng birinchi xet-trik - Baxriddin Vahobov ("Qizilqum")
eng birinchi yirik g'alaba - "Qizilqum"
Narzulla Saydullaev

Fikrlar