Oliy liga-2014 yakunlari. Futbolchilari umuman qizil olmagan "Olmaliq" haqida

Narzulla Saydullayev
4 dek 2014, 14:00
Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Nasaf", "Buxoro", "Bunyodkor", "Qizilqum", "Mashal" va "Dinamo" klublari haqida ma'lumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 6-o'rinni olgan "Olmaliq" klubiga yetib keldi.
 
Igor Shkvirin boshchiligidagi jamoa o'tgan mavsum 5-o'rinni band etgandi, bu esa jamoa bitta o'rin pastga tushdi. Jamoa safida 27 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan olti nafari legionerlar. Darko Stanoevich, Sanjar Shoahmedov va Zohir Pirimov 24tadan o'yinda ishtirok etib jamoada eng ko'p o'ynagan futbolchilarga aylanishdi. 4tadan gol urgan Shaker Zuagi, Diyor Turopov hamda Sherzod Hakimov jamoa to'purari bo'lishdi.



Tunislik yarim himoyachi Shaker Zuagi 5 marta sariq kartochka olib jamoada eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi bo'ldi. "Olmaliq" futbolchilari umuman qizil kartochka olmagan yagona jamoaga aylandi. Klub xuddi 2012 yilda bo'lgani kabi 2014 yilda ham "Feyr Pley" sovriniga ega chiqadi.  

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

FutbolchiAmp.T.sana.O'yinDaqGolSKQK
Stanoevich DarkoHim4/12/1987242115000
Shoahmedov SanjarYahm9/23/1990241907340
Pirimov ZohirYahm3/6/1990241608220
Jo'raboev ObidHim2/17/1986221906340
Zuagi ShakerYahm1/10/1985221765450
Abdurahmonov DostonYahm5/5/1990211579020
Yahmvonov ZafarHuj2/19/1985211315310
Isroilov AzamatHim10/29/1991211188200
Abibullaev DilyaverYahm3/4/1987211058310
Turopov DiyorYahm7/9/1994191254410
Hojiakbarov AbduqahhorHim7/18/1989151257020
Mullajonov Shavkat*Him1/18/1986131170030
Xonimqulov UmidDar8/17/1982131170000
Isoqjonov IslombekHuj4/29/199312566200
Pavlenko Nikita**Yahm2/25/199412497010
Alempievich Aleksandr*Yahm7/25/198811864320
Hakimov Sherzod*Yahm3/13/198711466440
Gogol Evgeniy**Him1/20/198610837020
Jiyamurodov Jahongir**Yahm11/4/198710790000
Ortiqov Akmal**Dar1/30/19877630000
Jo'raev SarvarjonHim12/23/19867585000
Shomurodov Maqsatmurot*Dar5/6/19846540010
Akramov Iqbol*Yahm10/10/19835238000
Hakimov Temur**Huj8/23/1994498000
Franjich Petar**Him4/7/19923166000
Kagirov TimurHim5/24/19853144000
Mirzaev SharifHuj3/6/1992127000

* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan
** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan



"Olmaliq" bu yil jami 33ta gol urdi va 38ta gol o'tkazib yubordi. 5ta o'yinda jamoa o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. 7ta uchrashuvda olmaliqliklarning o'zlari to'p kirita olishmadi. "Olmaliq" bu mavsum safardagi o'yinlarda g'alaba qozona olmagan uchta jamoadan biriga aylandi. "Metallurg" va "Andijon" ham safarda uch ochkoga ega chiqa olishmadi.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar26
Gollar33
Uydagi gollar21 (63.64%)
Mehmondagi gollar12 (36.36%)
O'tkazilgan gollar38
Uyda o'tkazilgan gollar15 (39.47%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar23 (60.53%)
O'rtacha gol1.27
O'rtacha o'tkazilgan gol 1.46
Uydagi ochkolar26/39 (66.67 %)
Mehmondagi ochkolar5/39 (12.82 %)
Eng yirik g'alaba4:2 - "So'g'diyona"
Eng yirik mag'lubiyat0:3 - "Lokomotiv", "Paxtakor"
"Quruq" o'yinlar5 (19.23%)
Gol ura olmagan o'yinlar7 (26.92%)
Irodagi g'alaba2
Yirik g'alabalar0
Yirik mag'lubiyatlar2
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)0/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha)35 (1.35)
Chetlatishlar (o'rtacha) 0 (0)
Maydonga tushganlar (legioner)27 (6)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)127664 / 4910



Olmaliqliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 26ni tashkil etdi. Darvozabon Umid Xonimqulov maydonga tushgan eng keksa futbolchi bo'ldi. Diyor Turopov maydonga tushgan, gol urgan hamda sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi.

Ko'rsatkich

YoshFutbolchi

Eng yosh gol urgan

19,249Turopov Diyor

Eng keksa gol urgan

29,300Zuagi Shaker

Eng yosh maydonga tushgan

19,249Turopov Diyor

Eng keksa maydonga tushgan

32,82Xonimqulov Umid

Eng yosh sariq kartochka olgan

19,257Turopov Diyor

Eng keksa sariq kartochka olgan

29,340Shomurodov Maqsatmurot


Saytimiz xodimlari tomonidan Shaker Zuagini "Olmaliq”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Islombek Isoqjovni esa yil kashfiyoti deb topdik.

Ertaga "Metallurg" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia