Oliy liga-2014. Badal puli 10 millionga oshgan
13 mar 2014 17:08
Yangiliklar

Oliy liga-2014. Badal puli 10 millionga oshgan
15 mart kuni navbatdagi oliy liga bahslari start oladi.
Malumki, chempionatda qatnashuvchi jamoa PFL hisob-raqamiga bir yillik badal pulini to'lashi shart. O'tgan yil to'lov miqdori 80 million so'm edi, bu yil 10 millionga oshdi, yani 90 million so'm bo'ldi. Bu 2014 yilgi futbol mavsumi uchun chiqarlgan reglamentda belgilab qo'yilgan.
Birinchi ligada ishtirok etuvchi jamoalar o'tgan mavsum dastlab 16 million so'm, keyin ikkinchi bosqichga chiqqanlar qo'shimchasiga 4 million so'mdan to'lab berishgandi. PFL bu yil boshqacha yo'l tutdi. Yani, birinchi ligani birinchi bosqich-ikkinchi bosqich deb ajratib o'tirmadi va badal pulini birato'la 20 million so'm qilib belgiladi.
X.Xoliqov.

Fikrlar