So’nggi yangiliklar

10:00“Барселона“ қизиқаётган футболчи “Реал“га ўтиб кетиши мумкин  2 09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  3 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  7 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  9 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  2 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  4 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2

Oliy liga. 20-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 20-tur ramziy terma jamoasi

“Lokomotiv” – “Paxtakor” bahsini hisobga olmaganda, oliy ligamizning 20-turidan o'rin olgan boshqa bahslar o'tkazib bo'lindi.
Xabaringiz bor, “Paxtakor”ning etti nafar futbolchisi ayni paytda Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgani bois bu klub ishtirokidagi “Dinamo” va “Lokomotiv” bilan o'yinlari hozircha nomalum muddatga qoldirilgan. SHu bois biz bo'lib o'tgan oltita o'yindan kelib chiqib navbatdagi tur ramziy terma jamoasini tuzdik.

DARVOZABON
Pyotr Denchev (“Navbahor”)



Ushbu turda “Navbahor” o'z maydonida amaldagi chempion “Bunyodkor”ni qabul qilib, 0:0 hisobida durangga erishdi. Ushbu bellashuvda maydon egalarining legioner posboni Pyotr Denchev yaxshi harakat qildi. U “bunyodkorchilar”ga to'p kiritish imkonini bermadi, shu bois Denchevni ramziy terma jamoamizga darvozabon sifatida tanladik.

HIMOYACHILAR
SHukurali Po'latov (“Bunyodkor”)
Akmal Xolmurodov (“Dinamo”)
Obid Jo'raboev (“Olmaliq”)
Vyacheslav Ponomaryov (“Neftchi”)



Bu turda himoyachilardan SHukurali Po'latov, Akmal Xolmurodov, Obid Jo'raboev, Vyacheslav Ponomaryov kabilar ajralib turishdi. Xususan birinchi davrani ijara asosida “Navbahor”da o'tkazgan Po'latov o'zining avvalgi jamoasiga qarshi yaxshi harakat qildi. Akmal Xolmurodov ham vaqt o'tgan sayin “Dinamo”ning asosiy himoyachisi bo'lib bormoqda. Obid Jo'raboev esa “Mashal” bilan kechgan bahsda o'zini ko'rsata oldi. SHuningdek, bu turda “Neftchi” vakili Vyacheslav Ponomaryov ham birmuncha yaxshi harakat qildi.

YARIM HIMOYACHILAR
Akmal Xolmatov (“Neftchi”)
Predrag Vuyovich (“Buxoro”)
Siroj Sayfiev (“Dinamo”)
Andrey Derkach (“Mashal”)



Qadrdon jamoasi “Neftchi”ga qaytgan Akmal Xolmatov yana avvalgi o'yinlarini namoyish etishga harakat qilmoqda. “Metallurg” bilan kechgan o'yinda aynan Xolmatov tomonidan kiritilgan gol maydon egalariga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi. SHuningdek, “Buxoro” yarim himoyachisi Predrag Vuyovich ham gol urishning uddasidan chiqdi. O'z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilib 2:1 hisobida g'alabaga erishgan “Dinamo” ham navbatdagi uch ochkosiga ega bo'ldi. Bu o'yinda Siroj Sayfiev boshqalardan birmuncha ajralib turdi. “Mashal”ning ukrainalik legioneri Andrey Derkach esa garchi jamoasi Olmaliqda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, yaxshi o'yin ko'rsata oldi.  

HUJUMCHILAR
Igor Taran (“Nasaf”)
Ulug'bek Baqoev (“Buxoro”)



Ramziy terma jamoamizning hujum chizig'iga ikki hujumchini tanlab oldik. Bular - Igor Taran va Ulug'bek Baqoev. “Nasaf”ning “So'g'diyona”ga qarshi o'yini qovushmayotgan bir paytda Igor Taranning harakatlari va ikkita goli tufayli jamoa o'yini bir zumda o'zgarib ketdi. Ulug'bek Baqoev esa “Andijon” bilan kechgan bahsda chiroyli to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

BOSH MURABBIY
Seid Seidov (“Buxoro”)



“Andijon” bilan o'yinda  “Buxoro”ga g'alaba nihoyatda zarur edi, chunki jamoa oliy ligadan tushib ketish arafasida turgandi. 19-turda “Bunyodkor”dan 0:5 hisobida mag'lub bo'lgan buxoroliklar keyingi turda autsayder “Andijon”ni 3:0 hisobida engishdi. Natijada yana bir autsayder klub “So'g'diyona” bilan oradagi ochkolar farqi beshtaga etdi. Jamoa bosh murabbiyi Seid Seidov “Buxoro”ni elitada olib qolish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. “Andijon” ustidan yirik g'alaba bunga misol bo'la oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика