Oliy liga. 2-tur. "Olmaliq" "Nasaf"ni mag'lub etdi
23 mar 2015 19:54
Yangiliklar


Oliy liga. 2-tur. "Olmaliq" "Nasaf"ni mag'lub etdi
Oliy liga, 2-tur. 23.03.2015.
“Olmaliq” – “Nasaf” 2:0
Olmaliq. OKMK stadioni. 18:00
Hakamlar: Hasan Ro'ziev, Alisher Usmonov, Olim Abduvosilov, Ahrol Risqullaev.
Nazoratchi: G'ayrat Karimov.
O'zPFL vakili: Farhod Magometov.
GOLLAR: Adrian Kashkaval 27, - 1:0. Arslanmurod Omonov 88, - 2:0.
“Olmaliq”: 16. Umid Xonimqulov, 5. Evgeniy Gogol, 8. Sahob Jo'raev, 10. SHavkat Salomov, 11. Zohir Pirimov (3.Azamat Isroilov, 76), 17. Kamoliddin Murzoev (70. Arsalanmurat Amanov, 66), 19. Islom Inomov, 21.Salamat Qutiboev, 55. Adrian Kashkaval, 77. Jahongir Abdumo'minov (7. G'ulom O'runov, 82), 84. Nemanya Yovanovich.
Zaxiradagilar: 1. Temur G'aniev, 4. Abduqahhor Hojiakbarov, 14. Doniyor Ismoilov, 23. Sarvarjon Jo'raev,
“Nasaf”: 25. Eldorbek Suyunov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom SHomurodov, 15. Roy Rok, 18. Bahrom Abdurahimov, 20. Erkin Boydullaev, 27. Ilhom Yunusov (22. SHohruh Gadoev, 62), 28. SHuhrat Muhammadiev (7. Akram Bahritdinov, 78), 32. Hamza Karimov, 34. Farruh Sayfiev, 99. Oleksandr Kablash (38. Doniyor Narzullaev, 82).
Zaxiradagilar: 30. O'tkir Yusupov, 4. Maqsud Karimov, 6. Azizjon G'aniev, 23. SHerzod Azamov,
Ogohlantirishlar: Evgeniy Gogol 14, Botir Qoraev 17, Bahrom Abdurahimov 25, SHavkat Salomov 58, Erkin Boydullaev 66, Jahongir Abdumo'minov 70.MATNLI TRANSLYACIYA
90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Olmaliq" o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub etdi
90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi
89. Salomovning chap qanotdan oshirib bergan to'pini Arslanmurad Omonov darvozaga yo'lladi - 2:0.
89. GOOOOOOOOOOOOOOL! 2:0. Arslanmurad Omonov
88. Jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni Salamat Quttiboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Eldor Suyunov to'pni qaytardi!
86. Yana mezbonlarning hujumi. Yovanovich jarima maydoniga kirib borayotganida Boydullaev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
83. Azamat Isroilov to'pni jarima maydonidagi SHavkat Salomovga uzatdi, uning zarbasini Suyunov ushlab oldi
83. Xavfli vaziyat! Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Yovanovich boshi bilan darvozaga yo'lladi, bu safar to'sin "Nasaf"ni goldan saqlab qoldi.
82. O'zgarish. "Olmaliq". Jahongir Abdumo'minov o'rniga G'ulom O'runov maydonga tushdi
82. O'zgarish. "Nasaf". Oleksandr Kablash o'rniga Doniyor Narzulla tushdi
78. O'zgarish. "Nasaf". SHuhrat Muhammadiev o'rniga Akram Baxriddinov tushdi
76. O'zgarish. "Olmaliq". Zohir Pirimov o'rniga Azamat Isroilov tushdi
73. "Nasaf" burchak to'piga ega bo'ldi. Oshirib berilgan to'pni hech kim darvozaga yo'llay olmadi
71. 35 metrlardan belgilangan jarima to'pini Evgeniy Gogol amalga oshirdi, zarba juda noaniq ketdi
70. Ogohlantirish. "Olmaliq". Jahongir Abdumo'minov
70. Bugungi o'yinni stadiondan 5183 tomoshabin kuzatib bormoqda.
66. O'zgarish. "Olmaliq". Kamoliddin Murzoev o'rniga Asrlanmurod Omonov tushdi
66. Ogohlantirish. "Nasaf". Erkin Boydullaev
64. "Ajdarlar"ning yana bir hujumi...Evgeniy Gogol hujumni bartaraf etdi
62. O'zgarish. "Nasaf". Ilhom Yunusov o'rniga SHohruh Gadoev tushdi
60. "Nasaf"ning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumini "Olmaliq" himoyachilari qaytarishdi
57. Ogohlantirish. "Olmaliq". SHavkat Salomov
55. Erkin Boydullaevning zarbasi noaniq ketdi
53. Salomovning burchakdan uzatgan to'pini Yovanovich darvozaga yo'lladi, biroz noaniq
49. O'yin maydon markazida kechmoqda
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45. Roy Rokning chap qanotdan jarima maydoniga uzatgan to'pini Koblash boshi bilan darvozaga yo'llay olmadi...
40. Ilhom Yunusovning yo'llagan zarbasini Umid Xonimqulov ushlab oldi.
38. Koblash o'ng qanotdan Muhammadievga uzatdi, SHuhrat esa jarima maydoniga...Farruh Sayfievning zarbasi noaniq ketdi
37. SHavkat Salomovning jarimadan amalga oshirgan to'pini Abdumo'minov darvozaga yo'lladi, bu safar ham noaniq.
35. Mezbonlarning xavfli hujumi. Yovanovichning chap qanotdan uzatib bergan to'pini SHavkat Salomov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq.
34. "Olmaliq" himoyachilari raqibning hujumlarini kutib olishmoqda. Qarshiliklar jarima maydoniga kira olishmayapti
29. "Nasaf" burchak to'piga ega bo'ldi. Hamza Karimovning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
28. Jarima to'pidan oshirilgan to'pni Adrian Kashkaval darvozaga yo'lladi - 1:0.
28. GOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Adrian Kashkaval
27. So'nggi 10 daqiqada ustunlik mezbonlar tomonida. "Olmaliq" hujumda, "Nasaf" asosan himoyalanmoqda
25. Ogohlantirish. "Nasaf". Bahrom Abdurahimov
23. "Olmaliq"ning chap qanotdan amalga oshirilgan hujumi xavfli chiqdi. Jahongir Abdumo'minovning yo'llagan zarbasidan so'ng Eldor Suyunov to'pni egallab oldi.
19. Ilhom Yunusov o'ng qanotdan to'pni Muhammadievga uzatdi, SHuhratning zarbasi noaniq ketdi.
17. Botir Qoraev maydon markazida Nemanya Yovanovichni yiqitgani uchun ogohlantirildi.
16. "Olmaliq" burchak to'piga ega bo'ldi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Eldor Suyunov ushlab oldi
14. Mezbonlar himoyachisi Evgeniy Gogol ogohlantirildi.
10. Islom Inomov o'ng qanotdan kirib bordi va to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. Himoyachilar qaytargan to'pni Salomov egallab oldi va darvozaga zarba berdi, ammo Eldor Suyunov to'pga ega chiqdi
8. Ikkala jamoa ketma-ket hujum uyushtirmoqda.
2. Isloim Inomov o'ng qanotda ikki futbolchini aldab o'tib jarima maydoniga to'pni oshirdi. Jahongir Abdumo'minovning zarbasi noaniq.
1. "Nasaf"Ning tezkor hujumi. Bahrom Abdurahimovning jarima maydoni ichidan kirib yo'llagan zarbasini himoyachilar bartaraf etishdi.
- Uchrashuv boshlandi.

Fikrlar