So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Oliy liga. 18-turda eng past ballni Baxtiyor Namozov oldi! Yangiliklar

Oliy liga. 18-turda eng past ballni Baxtiyor Namozov oldi!

27-28 avgust kunlari oliy liganing 18-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Malum sabablarga ko'ra, “Olmaliq” – “Paxtakor” bahsi boshqa muddatga qoldirilgani bois, ushbu turda hozircha 6ta bahsga guvoh bo'ldi.
Mazkur ortda qolgan oltita o'yinda tabiiyki oltita bosh hakam ishladi. Ularning olgan baholariga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu turda ham eng yuqori ballni FIFA referisi Ravshan Ermatov oldi. Aytish lozimki, ikkinchi davradan buyon bu hakamning oldiga tushadigani topilmayapti. “Buxoro” – “So'g'diyona” (2:1) bahsini boshqarib borgan Ermatov shu kuni nazoratchi Alisher Abdullaev tomonidan 9,6 ballga munosib ko'rildi.

Aksincha nisbatan eng past ball olgan hakam Baxtiyor Namozov bo'ldi. Toshkentlik hakam ushbu turda Namanganga borib, “Navbahor” – “Metallurg” (4:2) o'yinini boshqardi. Namozov uchrashuv davomida futbolchilarga jami 4ta sariq va 2ta qizil kartochka ko'rsatgan. Nazoratchi Radik Serazetdinov bosh hakamning ishini 8,2 ballga loyiq deb topdi. 

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” (1:2) uchrashuvini boshqarib, o'ziga xos shov-shuv uyg'otgan Valentin Kovalenkoga esa nazoratchi G'ayrat Karimov 8,5 ball qo'ygan.

Neftchi – Nasaf – 0:1.
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent) – 9,0. X. Mirzaahmedov (Toshkent vil.) – 9,0. A. Snetkov (Toshkent vil.) – 8,6. A. Rahimov (Andijon) – 9.
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Navbahor – Metallurg – 4:2.
Hakamlar
: B. Namozov (Toshkent) – 8,2, O. Abduvasilov (Toshkent) – 8,4. N. Ro'zimov (Toshkent) – 8,0. R. Kopadze (Farg'ona) – 8.
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Buxoro – So'g'diyona – 2:1.
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent) – 9,6. A. Rasulov (Toshkent) – 9,4. J. Saidov (Toshkent) – 9,2. D. Dosanov (Toshkent) – 9.
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Dinamo – Andijan – 2:0.
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent) – 9,2. B. Norsafarov (Qarshi) – 9,0. V. Lushin (Guliston) – 8,7. V. Najafaliev (Toshkent) – 9.
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

Mashal  – Qizilqum – 2:1.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro) – 8,5. B. Qodirov (Buxoro) – 8,3. A. Qo'ldoshev (Buxoro) – 8,3. I. Xudoydatov (Toshkent) – 9.
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).

 Lokomotiv – Bunyodkor – 1:2.
Hakamlar
: V. Kovalenko (Toshkent) – 8,5. M. Saidqosimov (Toshkent) – 8,6. X. SHodmonov (Buxoro) – 8,4. R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8.
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика