So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  15 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Oliy liga. 16-turda eng ko'p muxlis Navoiyda yig'ildi! Yangiliklar

Oliy liga. 16-turda eng ko'p muxlis Navoiyda yig'ildi!

Millionlar o'yini bo'lmish futbolni muxlislarsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Afsuski yildan yilga saviyasi pasayib borayotgan oliy ligamizning o'yinlari ishqibozlar uchun avvalgidek qiziqarli tuyulmayotgandek nazarimizda.

Ortda qolgan 16-turning barcha o'yinlariga umumiy aytganda 42384 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Har bir bahsga o'rtacha 6000 ishqiboz kirgan demakdir. 

Eng ko'p muxlis Navoiyda kechgan “Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuviga kirgan. Mezbonlar garchi ikkinchi davraning dastlabki ikki o'yinida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, shunga qaramay 16-turda eng ko'p muxlis yig'a oldi. Bizningcha bunga sabab raqib “Paxtakor” jamoasi bo'lgani uchun ko'p tomoshabin tashrif buyurgan.

Turning markaziy o'yinlaridan biri sifatida qaralgan “Neftchi” – “Navbahor” bahsi Farg'onadagi “Kirguli SK” stadionida emas balki Qo'qonda o'tkazildi. Bilishimizcha bunga sabab sifatida aynan muxlislarning tashrifi ko'rsatilgan. CHunki vodiy jamoalarining to'qnashuvi azaldan ishqibozlar bilan gavjum bo'lgan. Jamoalarning turnir jadvalida qaysi o'rinni egallab turishidan qatiy nazar, tomoshabinlar sig'imi katta bo'lgan. Bu safargi to'qanushvda ham shunday xolat bo'lishi kutilgandi. Biroq uchrashuv qaydnomasida markaziy o'yinga 9201ta tomoshabin tashrif buyurgani yozib ko'rsatilgan. Albatta buni kam deya olamiz. Yaxshi bilamizki ilgari vodiy jamoalari to'qnash kelganida kamida 20000 muxlis kirardi. Juma kuni bo'lib o'tgan o'yinga mahalliy qo'qonlik muxlislardan tashqari Farg'ona va Namangandan ham ishqibozlar tashrif buyurgan bo'lsada, stadion to'lib toshmagan.    

“Dinamo”ning qator mag'lubiyatlari samarqandlik futbol ishqibozlarini ranjitmasdan qolmayapti. Ilgari muxlislar tashrifi borasida etakchilar qatoridan o'rin egallab kelgan “Dinamo” hozirda bu borada maqtana olmaydi. 

Toshkentning “Lokomotiv” klubi garchi turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo'lsada, bu jamoa hali o'z muxlislarini topib olmadi. CHempionatimizda eng kuchli tarkibga ega bo'lgan “temiryo'lchilar” uydan ko'ra, ko'proq safarda muxlislar borasida yaxshi natija qayd etadi desak mubolag'a bo'lmaydi.  

Oliy liga, 16-tur. Kimda qancha muxlis? 

Qizilqum – Paxtakor – 1:4. 9560 tomoshabin.

Neftchi – Navbahor – 1:0. 9201 tomoshabin.

Olmaliq – Bunyodkor – 1:2. 6021 tomoshabin.

Buxoro – Nasaf – 0:2. 5731 tomoshabin.

Dinamo – So'g'diyona – 0:1. 5300 tomoshabin.

Mashal – Andijon – 6:1. 4751 tomoshabin.

Lokomotiv – Metallurg – 5:1. 1820 tomoshabin.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика