Oliy liga. 11-tur ramziy terma jamoasi
02 iyu 2015 17:15
Yangiliklar
Bu turda kutilmagan sensacion natijalar qayd etilmadi.
Quyida 11-turning ramziy terma jamoasini etiboringizga havola etamiz.
Darvozabon: Murod Zuhurov ("Bunyodkor”).
Himoyachilar: Akbar Ismatullaev ("Paxtakor"), G'iyos Komilov ("Mashal"), Roy Rok ("Nasaf").
Yarim himoyachilar: Akmal Xolmatov ("Neftchi"), SHoxruh Gadoev ("Nasaf"), Temur Kapadze ("Lokomotiv"), Suhrob Nematov ("Buxoro"), Zafar To'raev ("Mashal").
Hujumchilar: Bahriddin Vahobov ("Qizilqum"), Igor Sergeev ("Paxtakor").
Murabbiy: Samvel Babayan.
Ko'rib turganingizdek, bu safargi taktikamiz 3-5-2 ko'rinishda bo'ldi.
Endi esa ramziy terma jamoaga kiritilgan futbolchilarning bu turdagi harakatlariga qisqacha izoh berib chiqamiz.
Darvozabon: Murod Zuhurov ("Bunyodkor”)
Toshkent derbisida Zuhurov o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. Bir nechta vaziyatlarda jamoasini gollardan qutqardi, o'tkazib yuborilgan golda esa aybni ko'proq Sergeevga zarba berishga imkon bergan himoyachi o'z bo'yniga olsa bo'ladi.

“Mashal”ning markaziy himoyachisi G'iyos Komilov bu mavsum o'sishga erishdi. U “Dinamo” bilan o'yinda ham faollik ko'rsatdi.
Akbar Ismatullaev “qaldirg'ochlar” bilan o'yinni yuqori saviyada o'tkazdi. Jamoadoshlarini kerakli vaqtda kerakli paslar bilan taminlab turdi.
“Nasaf”ning sloveniyalik legioneri Roy Rok 11-turda gol urdi, o'yin davomida u ikkinchi golini ham kiritishi mumkin edi, ammo biroz omad etishmadi.

Akmal Xolmatovni “Neftchi”ning tirik afsonasi tesak ham bo'ladi. U “Andijon” bilan bahsda gol urishdan tashqari, golli pas ham berdi.
Oliy ligada aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan SHoxruh Gadoev uchrashuvdan oldin o'z sovrinini qabul qilib oldi va uni gol bilan nishonladi.
Temur Kapadze “Temiryo'lchilar” uchun juda ham qiyin o'tgan o'yinda muhim rol o'ynadi. U maydonda sheriklarini boshqarib turishda etakchi ekanligini namoyish etdi.
Garchi mag'lub bo'lgan bo'lsa ham “Buxoro” klubi “Lokomotiv”ga munosib qarshilik ko'rsatdi. Hattoki, jamoa sardori Suhrob Nematov ramziyga kirishga loyiq o'yin ko'rsatdi. Penalti ishladi va o'zi uni golga aylantirdi.
“Dinamo”ni safarda mag'lub etilishiga Zafar To'raevning goli sababchi bo'ldi.

“Qizilqum” hujumchisi Bahriddin Vahobov bu mavsum hazillashmayapti. Bu turda ham Vahobov ikkita gol urdi.
Igor Sergeev esa Toshkent derbisida “Paxtakor”ga g'alaba keltiruvchi golni urdi.
Murabbiy: Samvel Babayan (“Paxtakor”)
Ananaga ko'ra markaziy o'yinda g'alaba qozongan jamoa bosh murabbiyi tur ramziy terma jamoasiga munosib ko'riladi. Demak, 11-tur ramziysining bosh murabbiyi – Samvel Babayan.

Fikrlar