Oliy liga, 1-tur. Qiziqarli faktlar
17 mar 2014 07:00
Yangiliklar
Ilk tur o'yinlari o'z nihoyasiga etdi. Unda kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi. Ushbu chempionatimizdagi startda haqiqiy sensaciya guvohiga aylanmadik. Lekin uchrashuvlar qiziqarli kechganini aytib o'tish joiz. Eng qizig'i, hech bir o'yinda yirik hisob qayd etilmadi. Bu ham o'ziga xos "syurpriz" bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Endi esa 1-turning qiziqarli statistik malumotlari bilan tanishtirib o'taman,
Demak:
- Ilk gol muallifi: Ivan Nagaev ("Lokomotiv")
- Ilk ogohlantirish: Lutfulla To'raev ("Lokomotiv")
- Ilk g'alaba "Lokomotiv"
- Ilk durang: "So'g'diyona" - "Mashal" 1:1
- Ilk aniq penalti tepgan jamoa: "Qizilqum" (E.Boymatov)
- Ilk noaniq penalti: O.Pishur ("Bunyodkor")
- Eng ko'p gol urilgan o'yin: "Olmaliq" - "Metallurg" 3:2
- Eng qo'pol o'yin: "Andijon" - "Paxtakor" 0:1 (7 ta ogohlantirish)
- Eng tartibli o'yin: Ogohlantirishlarsiz ("Olmaliq" - "Metallurg" 3:2)
- Eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin: "Andijon" - "Paxtakor" 0:1 (18221 tomoshabin)
- Eng kam muxlis tashrif buyurgan uchrashuv: "Bunyodkor" - "Qizilqum" 2:1 (1003 tomoshabin)
- Ilk turda chetlatishlar qayd etilmadi
- Jami kiritilgan gollar: 14
- Jami ko'rsatilgan ogohlantirishlar: 28
- Jami kelgan muxlislar: 58028 tomoshabin (o'rtacha 8289 tomoshabin)
SHahboz Beg'amov

Fikrlar