Oleksandr Koblash: "Nasaf"dan nega ketganimni sababini haligacha aniq bilmayman"
20 jan 2016 10:10
Yangiliklar


Oleksandr Koblash: "Nasaf"dan nega ketganimni sababini haligacha aniq bilmayman"
Tojikistonning "Istiqlol" jamoasida ko'rikdan o'tayotgan "Nasaf"ning sobiq hujumchisi Oleksandr Koblashning fikrlari bilan qiziqdik.
"Istiqlol" jamoasida ko'rikdaman. Kuniga ikki-uch mahaldan shug'ullanmoqdamiz. Mashg'ulotlar og'ir o'tmoqda. Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik olib borilmoqda. "Nasaf"ni tark etganimdan so'ng o'z uyim Odessada shug'ullanib, sport formamni ushlab turdim. "Nasaf"dan qay tariqa ketganimni haligacha o'zim ham bilmayman. Ketishimning aniq sababi menga qorong'u. Kimdir meni "Nasaf"ga to'g'ri kelmading deydi. Yana kimdir boshqa variantni keltiradi. O'zbekistonda yaxshi emas, kuchli hujumchi legionerlar o'ynashi kerakligi haqida aytishdi. "Istiqlol" menga juda manzur bo'ldi. Juda yaxshi va kuchli jamoa ekan. Hozircha rasman shartnoma imzolaganim yo'q", - dedi Oleksandr Koblash.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar