Oleg Zoteev "Lokomotiv"ni tark etdi. Uning yangi jamoasi malum
05 jan 16:25
Yangiliklar
Oleg Zoteev "Lokomotiv"ni tark etdi. Uning yangi jamoasi malum
Tajribali himoyachi "temiryo'lchilar" safidan ketdi.
34 yoshli futbolchi faoliyatini Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
"Oleg Zoteev "Lokomotiv"ni tark etdi. 2024 yilni tajribali futbolchi "So'g'diyona"da boshlashga yaqin", – deyiladi xabarda.
Zoteev o'tgan mavsum "Lokomotiv" libosida 20 ta o'yinda harakat qilib, 1 ta gol urgan va 4 ta golga pas uzatgan edi.
Fikrlar