So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  21 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  3 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

Oleg Zoteev: "Ilk davrani birinchi o'rinda yakunlaganimizdan mamnunman" Yangiliklar

Oleg Zoteev: "Ilk davrani birinchi o'rinda yakunlaganimizdan mamnunman"

Xabaringiz bor, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi ayni damda Minsk shahrida o'quv-yig'ini olib bormoqda.

Mazkur yig'in “temiryo'lchilar” uchun Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

“Lokomotiv”ning birinchi davra yakunlari hamda ikkinchi davraga olib borayotgan tayyorgarligi xususida jamoamiz yarim himoyachisi Oleg Zoteevning fikrlari bilan qiziqdik.

– Oleg, Minsk yig'ini qay tariqa o'tmoqda?
– Yig'in juda ajoyib tarzda o'tmoqda.  Ob-havoning qulayligi sabab turli xil yuklamar olishda hamda nazorat uchrashuvlarida har xil yangicha uslublarni qo'llashda muammoga duch kelmayapmiz.

– “Lokomotiv”ning birinchi davrada qayd etgan natijasi xususida nimalar deya olasiz?
– Oliy Liga ilk davrasini musobaqa jadvali peshqadami sifatida yakunlay olganimizdan juda xursandman.  Lekin bundada yaxshiroq natija qayd etishimiz va bazi o'yinlarda kutilmaganda ochko yo'qotmasligimiz ham mumkin edi.  Qolaversa,  Osiyo CHempionlar Ligasida ham guruhdan chiqish nasib etmadi.  Bunga esa jamoamizda jarohat olganlar soni ortib ketgani sabab bo'ldi.

– O'zingiz namoyish etayotgan o'yindan ko'ngilngiz to'lyaptimi?
– Ha,  shunday desa ham bo'ladi.  Ammo o'z o'yinimdan yuz foizga qoniqayotganim yo'q.  Zero bazi uchrashuvlarda biroz o'yin qovushmay qoldi.  Lekin shunday bo'lsa-da,  aksariyat bahslarda o'z o'yinimdan o'zim roxat olgan vaziyatlar soni ham kam bo'lmadi.

– Birinchi davrada sizni turli poziciyalarda o'ynaganingizga guvoh bo'ldik.  Sizga aslida qaysi nuqtada o'ynash qulayroq?
– Menga qaysi poziciyada o'ynashning unchalik ahamiyati yo'q:  Asosiysi – jamoamga naf keltirsam bas.  Lekin o'zim chap qanotda o'ynasam,  biroz qulaylikni his etishim ham rost.  Sababi mana uch mavsumdirki,  ayni shu chiziqda o'ynab kelyapman.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика