Oleg Zoteev “Al Vahda” bilan o'yinni o'tkazib yuboradi
03 apr 2018 11:21
Yangiliklar


Oleg Zoteev “Al Vahda” bilan o'yinni o'tkazib yuboradi
Bugun “Lokomotiv” Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-tur o'yinlari doirasida BAAning “Al Vahda” jamoasi bilan bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvda “temiryo'lchilar” jamoasi himoyachisi Oleg Zoteev hisobidagi sariq kartochkalari soni 2taga etgani sababli maydonga tusha olmaydi. Tajribali futbolchi “Zob Ahan” hamda “Al Duhail” jamoalariga qarshi bellashuvlarda hakamlar tomonidan ogohlantirilgan edi.
SHuningdek, “Vahda” safida ham 3 nafar o'yinchi ogohlantirishlari sababli bugun o'ynamaydi. Salim Sulton Alsharji, Muhammad Abdulbosit hamda Balash Jujak bugungi o'yinni o'tkazib yuborishadi.
Takidlab o'tamiz, “Al Vahda” – “Lokomotiv” qarama-qarshiligi bugun Abu Dabidagi “Zayed Sports City” o'yingohida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:10da boshlanadi.
"Lokomotiv" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar