So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Oleg Tyulkin: Yarim finalga chiqqanimizda muxlislarning xissasi katta bo'ldi Yangiliklar

Oleg Tyulkin: Yarim finalga chiqqanimizda muxlislarning xissasi katta bo'ldi

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
O'zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasidagi Mashal - Dinamo (1:2) o'yinidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Oleg Pavlovich, yarim final yo'llanmasi bilan tabriklaymiz! Nihoyat, uchinchi uchrashuvda Mashal mag'lub etildi…


- Tabrik uchun rahmat. CHindanam, Mashalga qarshi 10 kun ichida 3 ta uchrashuv o'tkazganimiz har ikki jamoaga ham oson bo'lmadi. Biz kabi ular ham bizni juda yaxshi o'rganib olishgandi. Dastlab chempionat doirasida nursiz durang qayd etildi, kubokning dastlabki o'yinida esa Samarqandda mag'lub bo'lganimiz imkoniyatimizni tushirib yuborgandi. SHunga qaramay, oradagi uch kun ichida murabbiylar shtabi bilan futbolchilarni tayyorlashga intildik. Ko'pchilik kutmagan bo'lsada, Muborakda g'alabaga erisha oldik. Bundan juda xursandmiz.

- Uydagi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni safarda g'alaba qozonishga qanday tayyorlay oldinglar?


- Mashg'ulotlarda bo'lgani kabi, o'yin oldidan ham ruhiy jihatdan tayyorlashga intildik. Qolaversa, Samarqanddagi mag'lubiyatga qaramay, Dinamoga ishonib, Muborakka kelib, jamoani qo'llab-quvvatlashdan tinmagan muxlislar ham futbolchilarga katta kuch bag'ishlashdi. SHunday issiqda futbolchilarimiz stadionda faqat samarqandlik muxlislarning ovozlarini eshitib, olg'a borishdi. Aynan fidoyi muxlislar uchun ham g'alaba qozonishimiz shart edi. Etiborlisi, Qashqadaryodan Samarqandga yarim tunda qaytgan bo'lsakda, ishqibozlar jamoani karnay-surnay sadolari ostida kutib olib, soat ikki kechasi ziyofat uyushtirishdi. Aytingchi, bunday muxlislar yana qayda bor? Bir dasturxonda o'tirgandan keyin futbolchilar ham ular uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishadi. Dinamoning jonkuyar muxlislariga minnatdorchilik bildiraman.


- Sizningcha, Dinamo Mashaldan nimaning evaziga ustunlik qildi?

- 10 kun ichida 3 ta o'yin jamoalarni toliqtirib qo'yadi. Muborakdagi o'yinda futbolchilarimizda ishtiyoq kuchlilik qildi. Qolaversa, tarkibimizning asosini yoshlar tashkil etishi bizning ustunligimiz bo'ldi. CHunki, ular 90 daqiqa davomida charchoq nimaligini bilmay, jismoniy jihatdan raqibni mag'lub eta oldilar. CHunki, Mashal 70 daqiqalarga kelib jismonan toliqib qoldi, biz esa jismoniy ustunlik evaziga o'yinni to'liq nazorat qila oldik.

- Dastlabki o'yindagi g'alaba raqibni javob o'yini oldidan xotirjamlikka berilishiga sabab bo'lmaganmikan?


- Bunday deb o'ylamayman. CHunki, Mashal o'yin boshidan beshta himoyachi bilan o'ynab, qarshi hujumda bizni jazolamoqchi edi. Biz esa hujumkor to'p surib, o'yinni nazorat qilishga intildik. Aytganimdek, urgan gollarimiz va jismoniy holatimiz evaziga yarim final yo'llanmasini qo'lga kirita oldik. Endi futbolchilarga qisqa muddat tatil beramiz. Tarkibda o'zgarishlar bo'lsa kerak. CHunki, aksariyat ijaradagi futbolchilar klublari safiga borib, yig'inda ishtirok etishadi. Qisqa tatildan keyin yig'ilib, ikkinchi davra o'yinlari bilan birga yarim final uchrashuviga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика