So’nggi yangiliklar

16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  0 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  1 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  4 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  9 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2

Oleg Tyulkin: "Qizilqum" bizdan kuchli o'ynamagan bo'lsada, g'alaba qozonib ketdi" Yangiliklar

Oleg Tyulkin: "Qizilqum" bizdan kuchli o'ynamagan bo'lsada, g'alaba qozonib ketdi"

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
Dinamo - Qizilqum (0:1) uchrashuvidan keyin Dinamo klubi bosh murabbiyi Oleg Tyulkin o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yindan oldin faqat g'alabani ko'zlagandik. Yigitlarimiz oxirigacha kurashishdi, ammo tajriba bobida baribir Qizilqum ustunlik qildi. O'yinga yarasha hisob bo'ldi deb aytolmayman. Qizilqum o'yin borasida bizdan kuchli o'ynamagan bo'lsada, g'alaba qozonib ketdi.

- Raqibning kiritgan tushunarsiz goli haqida nima deya olasiz?

- Aniq nima bo'lganligini yaxshi tushunmadim. Qanot hakami ofsayd deya bayrog'ini ko'tardi, bosh hakam golni inobatga olmadi, keyin esa gol hisoblandi. Aniq ko'rmay, buni izohlay olmayman. Takroriy vaziyatni yana ko'rish kerak. Nazoratchi hakamlar ko'rib chiqishadi.

- Javohir Qahramonov va Radu Rogaklar nega tarkibda yo'q?

- Javoxir O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan taklif olgan. SHu bois muhim o'yinimizga qaramay, uni qo'yib yuborishga majbur bo'ldik. Himoyachimiz Radu Rogak esa jarohati jiddiyroq bo'lib chiqdi. Davolanish uchun uni uyiga, Moldovaga qo'yib yubordik. Muolajalari yakunlangach, yana safimizga qaytadi.

- O'tgan mavsum samarqandlik yosh yarimhimoyachi Jonibek Ko'chimov Dinamoda yaxshi o'yin namoyish etgandi, yil boshida esa Surxonga ijaraga berildi. Ikkinchi davrada ushbu tezkor futbolchini Dinamoga qaytarib, tarkib kuchaytirilsa bo'lmaydimi?

- Bu ko'proq futbolchining o'ziga, xohishiga bog'liq. To'g'risi, uning shartnomasi bilan tanish emasman. Birinchi davradan keyin bu haqda o'ylab ko'ramiz.

Dinamo klubi matbuot xizmati.
Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика