So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Oleg Tyulkin: "Muxlislar qo'llab-quvvatlashi xuddi ertakdagidek" Yangiliklar

Oleg Tyulkin: "Muxlislar qo'llab-quvvatlashi xuddi ertakdagidek"

Teglar :  DinamoOleg Tyulkin
Dinamo - Buxoro (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Dinamo klubi bosh murabbiyi Oleg Tyulkin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalo tabrik uchun rahmat. Buxoroga qarshi bizni juda og'ir o'yin kutib turganligini bilardik. CHunki Buxoro ancha kuchli jamoa sanaladi. O'yin biz uchun omadli bo'ldi deyishim mumkin. Vaziyatlardan unumli foydalanib, ikkita gol urib olgandik. SHundan keyin natijani saqlab qolish uchun to'p surmoqchi bo'lganimiz bizga pand berib, raqib hisobni 2:1 ga qisqartirdi. Aynan shu bois, o'yin yakunigacha jamoalar ancha asabiy o'yin namoyish etishdi. Aynan mana shunday o'yinchilar Dinamodek yosh jamoalarga katta tajriba bo'ladi. Muhim g'alabaga erishganimizdan, peshqadamlar safiga qaytganimizdan juda xursandmiz.

- O'yindan oldin nimalarni kutgan edingiz?

- So'nggi ikkita o'yindagi tengkurashlarda Navbahor va Qo'qon-1912 jamoalariga mag'lub bo'lgandik. Omad biz tomonda emasdi. Bugun esa omadimiz keldi va g'alabaga erishdik.

- O'tgan turda Navbahor bosh murabbiyi, bugun esa Buxoro bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev Dinamo qanotlar bo'ylab yaxshi hujumlar tashkil etayotganligini aytishdi. Navbahor murabbiyi o'tgan safar jamoa g'alabasini qanotlarni yopa olgani bilan izohladi. Aytintingchi, Dinamo markazdan ko'proq hujumlar tashkil etilishi borasida ishlar olib borilayaptimi?


- Albatta, bu borada ishlar olib borayapmiz. Nega ko'proq qanotlar orqali o'ynaymiz? Sababi qanotlarda futbolchilar kamroq, markazda esa raqiblar ancha ko'p bo'ladi. Ko'proq qanotdan o'ynashimizga yana bir sabab, bizda tezkor yarimhimoyachilar borligidan. Jamoamiz ancha yosh shu bois barqarorlik doim ham kuzatilmasligi mumkin. Etibor bering, bizda eng oqsaqol himoyachi 23 yoshda! (zalda kulgu)

Jamoamiz iqtidorli yosh futbolchilardan iborat. Biz ularga ishonishda, qo'llab-quvvatlashda davom etamiz.


- O'tgan so'nggi 6 ta tur o'yinlaridan so'ng, Buxoroga qarshi o'yin eng og'ir bahs bo'ldi desa bo'ladimi?

- Fikrimcha, biz uchun hammasi juda og'ir va qiyin o'tdi. Bugungi bahs ham shiddat va asabiylik borasida ancha baland bo'ldi. To'g'ri, Dinamoda tajriba etishmayotgan bo'lishi mumkin, har qanday holatda ham barcha futbolchilar maydonga chiqib bor kuchlarini sarflashmoqda. Har bir ochkoni maydondagi janglar orqali ishlayapmiz.

- Jamoa muvaffaqiyatlarida muxlislarning o'rni qanday bo'lmoqda?

- Bu shunchaki ertakdagidek! Bundan ortig'i bo'lishi mumkin emas. Samarqanddagi uchta o'yinimizda o'yingoh to'lib, muxlislar tinmay qo'llab-quvvatlashmoqda. Bekobodda, Toshkentda, Qo'qondagi o'yinlarda ham yuzlab muxlislarimizning jamoamizning 12-o'yinchisi ekanligini his etib turdik. G'alabalarda ularning hissasi katta, biz nihoyatda minnatdormiz.

- Futbolchilarning sariq kartochkalar ko'p olayotgani, keyingi o'yinlarda tasirini o'tkazmaydimi?


- Bu borada ish olib boramiz. Bazi holatlarda yosh futbolchilarimizda tajriba etishmayapti. Yigitlar o'yinga juda qattiq berilayotganliklaridan bunday holatlar sodir bo'lmoqda. CHunki yigitlarda ishtiyoq juda katta. Umid qilamanki, mana shunday ruhda davom etib, muxlislarni xursand quvontiramiz.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика