So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Ole-Gunnar Sulsher: "PSJ muhim o'yinchilarini yo'qotdi, bu ularning o'yinini o'zgartirib yuborishi mumkin" Yangiliklar

Ole-Gunnar Sulsher: "PSJ muhim o'yinchilarini yo'qotdi, bu ularning o'yinini o'zgartirib yuborishi mumkin"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Sulsher ECHL nimchorak final bosqichida PSJ bilan bo'ladigan bahsdan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Kelayotgan o'yinlarda bizni kuchli raqiblar bilan bo'ladigan bellashuvlar kutib turibdi, lekin biz hozir eng yaqin qolgan o'yinga bor etiborni qaratganmiz. Oldinga, uzoq uchrashuvlarga o'tib ketmaymiz, boisi bu holatda konsentraciya yo'qoladi.

Muhlislar va o'yinchilar biz uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan CHempionlar Ligasi o'yinlarini sabrsizlik bilan kutishdi. Men shogirdlarim uchrashuvni ishonch bilan boshlab, yakunda g'alaba qozonishlarini xohlayman.

Muhim futbolchilarni yo'qotgan istalgan klub buni sezadi, ammo bu raqibiga imkoniyat beradi. SHu sababli PSJ o'yinini oldindan aytib bo'lmaydi. Biroq, bizda ularning uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani haqida tahminlar bor.

Mazkur to'qnashuvga ajoyib holatda etib keldik va bizda yaxshi imkoniyatlar mavjud. O'zimizga ishongan holda butun bir jamoa bo'lib harakat qilamiz. Agar shu kabi katta o'yinlarda ishtirok etish uchun omadli vaziyat yuzaga keladigan bo'lsa, bunday imkoniyat aynan hozir borligini takidlash kerak", – dedi Sulsher.

"Manchester Yunayted" va PSJ jamoalari o'rtasidagi bahs 13 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика