Ole-Gunnar Sulsher o'yindan keyin Brunu Fernandeshning o'yini va Odion Igaloning maydonga tushmagani haqida gapirdi
02 fev 2020 10:31
Yangiliklar


Ole-Gunnar Sulsher o'yindan keyin Brunu Fernandeshning o'yini va Odion Igaloning maydonga tushmagani haqida gapirdi
"O'yin men kutganimdek o'tdi. To'pga biz egalik qildik va o'yinni nazorat qildik, raqiblar esa faqatgina qarshi hujumlarda bizga muammolar yaratdi.
So'nggi oylarda bunday o'yinlarni juda ko'p o'tkazyapmiz. SHu boisdan futbolchilar juda ko'p kuch yo'qotishmoqda. Bizga tanaffus kerak.
Brunu bugun to'p bilan juda yaxshi o'ynadi. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo'limda esa hujumda biroz xavfliroq o'yin ko'rsatdik.
Brunu - top-futbolchi. Bu uning birinchi o'yini. Birinchi bo'limda barcha futbolchilar pas o'ynayotgan paytlarda u faqatgina oldinga harakatlandi. Fernandesh biz uchun top-darajali kuchaytirish bo'ldi.
Igalo hali Manchesterga etib kelmadi. Uning o'ziga kelib olish uchun vaqt beramiz. U ajoyib forvard va strayker. Odion bizdagi kamchiliklarni yopa oladi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar