So’nggi yangiliklar

18:14"Челси" фақатгина ушбу трансфер ойнасида 156,3 млн (!) фунт стерлинг сарфлади  0 17:52Месси "Интер Майами"нинг қолган футболчиларидан алоҳида шуғулланмоқда  0 17:30Расман: Аарон Ван-Биссака "Вест Хэм" билан 7 (!) йиллик шартнома имзолади  1 17:15"Реал" футболчилари УЕФА Суперкубоги ўтказиладиган Варшавага ҳашаматли кўринишда келишди  4 16:55ОКМК - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футзал бўйича Жаҳон чемпионати чипталари сотуви старт олди  0 16:23Элдор Шомуродов учун қийин танлов. Ҳамма гап 1,6 миллиард долларга қурилган стадионда  9 16:10Легионер мураббий, "Насаф" посбони ва "Металлург" ҳимоячиси — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  3 16:00ПРО-Лига. 16-тур расмийлари эълон қилинди  1 15:429 нафар гол урган футболчи — Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:19"Лестер" Бундеслига чемпионини ўз сафига қўшиб олишга яқин  2 14:56Сариқ олган Моуриньо, гол урган Алиқулов. Туркия Суперлигасида 1-тур қандай ўтди?  1 14:40⚡️ МЛС клуби Элдор Шомуродовни "Рома"дан сотиб олмоқчи  21 13:35"Боруссия Дортмунд" Байерни сотиб олди?!  3 13:13"Марсель" Ҳусановнинг жамоадоши учун 25 млн евро ва бонуслар ажратишга тайёр  1

Ole Gunnar Solskyaer: “Fergyuson uchun g'alabaga halol erishish muhim edi" Yangiliklar

Ole Gunnar Solskyaer: “Fergyuson uchun g'alabaga halol erishish muhim edi"

“MYU”ning sobiq hujumchisi Ole Gunnar Solskyaer ayni paytda yurtida “Molde” klubini boshqarmoqda.

U “FourFourTwo” jurnali muxbirlari bilan suhbatda faoliyatidagi qiziqarli jihatlar, murabbiylikdagi rejalari va boshqa holatlar xususida berilgan savollarga javob qaytardi.

- Sizga “Bolakay ko'rinishidagi jallod” laqabi yoqqanmi? Bunday ko'rinishingiz muammo keltirib chiqarmaganmi?

- Bu laqabga qarshi hech narsaga ega emasdim, u yoqimli edi. Premer-ligaga o'tganimda juda yosh ko'rinishimni bilardim. O'yinlarda esa o'zimni qatiy tutardim. Kimning oyog'iga to'p uchun kurashda tashlanish kerak bo'lsa, ayab o'tirmasdim. Laqabim esa biror foyda keltirmagan. Bolalikda juda kichik edim va 20-21 yoshga kelib katta bo'lishni boshlagandim.

- Otangiz yunon-rim kurashi bo'yicha chempion bo'lgani rostmi? Siz kurash bilan shug'ullanganmisiz?

- Ha, otam chempion bo'lgandi. Men sakkiz yoshimdan o'n yoshgacha shug'ullanganman. Doimo erga irg'itishardi, boshim og'rirdi. Kurash menga hech qachon maqul kelmagan.

- Bolalikda “Liverpul”ga muxlislik qilganmisiz?

- (Kuladi). Bir asr yashasang, bir asr o'rgan. Bu masalaga shunday javob beraman. Bor vujudim bilan “Manchester Yunayted” ishqiboziman. Qonim ham shunday qizil.

- Birinchi jamoangiz “Klausenengen” uchun bir o'yinda eng ko'p qancha gol urgansiz?

- Bir safar 14ta urgandim. Ko'p to'p kiritardim, ammo jamoa o'yini o'xshamasa, 3-4 raqibni aldab o'tishga urinmasdim. O'yinim jamoadagi sheriklarimga bog'liq edi. “Klausenengen” o'yinlarini ko'rishga 50-100 nafar muxlis kelardi. Biz eng yaqin do'stlar bo'lib, Norvegiyaning 3 va 4-divizionlarida birgalikda o'sganmiz.

- “Molde”ga o'tganingizdan keyin xorij klublaridan qiziqish bo'lganmi?

- Ha, men jamoa uchun birinchi o'yinda ikkita, keyingi bellashuvda uchta to'p kiritgandim. Gamburgda Feliks Magat bilan uchrashdim, keyin Jovanni Trapattoni “Kalriya”ga o'tishimni istagandi. PSV va “Bavariya” qiziqish bildirdi. “Liverpul” ham, ammo aniq taklif ularning hech biridan tushmadi. Faqat “MYU” bunga qo'l urdi.


- Siz klubga 1996 yil, jamoa Alan SHirerni qo'ldan chiqarganda o'tgansiz. Ular siz tufayli SHirerni rad etishganmi?

- Bunday emas. Ser Aleks dastlab yarim yil o'rinbosarlar uchun o'ynab, Angliyaga ko'nikishim va yanvarda birinchi jamoaga jalb etishlari borasida aytgandi. Men o'rinbosarlar uchun ilk bahsimda dublga erishdim. Endi Koul jarohat olib, jamoa hujumchiga ehtiyoj sezdi. “Blekbern”ga qarshi maydonga tushib, 6 daqiqadan keyin gol urdim. “Yunayted” uchun ko'p gol urishimni bilardim. Foydalanish bo'yicha menda doimo hammasi yaxshi bo'lgandi. Mashg'ulot paytida darvozabon bo'lmagan taqdirda ham to'pni to'sin ostiga yo'llashga intilardim – bunday zarbani qaytarish doimo qiyin.

- Aleks Fergyuson qo'l ostida o'ynash qanday?

- Mutlaqo zavq olish. Yaqinda Patris Evra bilan uchrashdim, u “Yuventus”da o'ynash xuddi ishga borishdek gap ekanini aytdi. “Yunayted”da juda ko'p ishlardik, lekin bunday hissiyot bo'lmagan. Murabbiy doimo o'zimizda qolishimiz zarurligini aytardi. U adolatli muhit hosil qilgandi. Giggz, Kantona, Kin, SHmayxel - biz doim bor kuchimizni sarflardik.

2000 yil mashg'ulotlarimiz haqida qayd etib borishni boshladim. O'sha kundaliklar o'zim bilan “Molde”da. Fergyuson hech qachon ko'p gapirmagan, lekin uning so'zlari o'ta muhim bo'lardi. U – mukammal inson.

- Rob Lini ortidan yiqitib, jamoani oxirgi daqiqada o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan goldan qutqarganingizni eslaymiz. SHogirdlaringizga ham shunday qilishni maslahat berarmidingiz?

- Hech qachon. Rob Lini jarima maydoni tashqarisida quvib etishni istagandim, ammo ulgurmasligimni his qildim. Meni muxlislar olqishlashdi, ammo murabbiy emas. U “MYU” bunday g'alaba qozonmasligini, hammasiga halol erishishni takidladi. Bu ko'zlarimni ochdi. Bazi murabbiylar buning uchun olqishlari mumkin edi, ammo Fergyuson uchun bunday muvaffaqiyat yo'l qo'yib bo'lmaydigan holat edi. SHu ham u haqida ko'p narsalarni aytib turibdi.

- Jahon chempionatida Braziliya ustidan qozonilgan g'alabadan keyin nimani his qilgansiz? Bu terma jamoadagi faoliyatingizning cho'qqisi edimi? Nega o'shandan beri Norvegiyaga xalqaro maydonlarda juda qiyin bo'lmoqda?

- Ko'p jamoalar suniy maydonlarda o'ynashadi – bu foyda keltirmaydi. Deyarli basketbol bo'lib qoladi, hech kim to'pga sirpanib tashlanmaydi. 1998 yilgi mundial esa biz uchun g'alati kechgandi. Marokash bilan birinchi o'yin tanaffusida murabbiy almashtirgan, keyingi bellashuvni o'tkazib yuborganman. Braziliya bilan esa maydonga tushgandim. O'sha jamoaning bir qismi bo'lganimdan xursandman. Braziliya ustidan g'alaba rostdan ham xalqaro faoliyatimning cho'qqisi sanaladi.

- 1998 yil sizni “Tottenxem”ga sotishlari to'g'risida malumot paydo bo'lgandi. Bu haqida nimalarni bilasiz?

- Martin Edvards va Alan SHugar transfer qiymatini kelishishgandi – 5,5 million funt. Lekin murabbiy meni xonasiga chaqirib, sotishni xohlamayotgani va qolsam, etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishimni bildirdi. Menga boshqa narsa kerak emasdi. Ketishni istamasdim, agentim ham shuni xohlardi. Yakunda men haq bo'lib chiqdim. Har doimgidek.

- “Nottingem Forest”ga qarshi zaxiradan tushayotib, oxirgi 10 daqiqada 4 to'p kiritishgizni tasavvur qilganmidingiz?

- Maydonga chiqishimdan oldin natija 4:1 bo'lib turgani, shu sababli ehtiyotkor o'ynab, to'pni saqlashim kerakligini aytishdi. Menda o'zimni ko'rsatishga imkoniyat paydo bo'lgandi. To'pni shunchaki ushlab turmasdim. O'sha 4 gol men uchun juda muhim bo'lgandi.

- 1999 yilgi CHempionlar ligasi finalida Fergyuson sizni maydonga tushirishdan avval nima deb aytgandi?


- Alohida hech narsa, lekin u Teddi bilan tanaffus mobaynida suhbatlashgan va bu meni asabiylashtirdi. Men zaxiradan tushib, 17 gol ursam ham u gaplashishni xohlamayotganini o'yladim. Keyin Teddi maydonga tushdi. Men murabbiyga u nohaqligini ko'rsatishni xohlardim. Lekin yakunda biz Fergyuson uchun g'alabani taminladik. U haqida o'ylaganingda doimo kayfiyat ko'tariladi – u shunday murabbiy.

- “Bavariya” darvozasiga o'sha golni urganda nimalarni his qildingiz?

- Birinchi o'rinda xayolimga o'yindan tashqari holatda turgan-turmaganim haqida fikr keldi. Hakam hushtak chalganda doimo qo'rqinch bo'ladi. Maydonda haqiqiy aqlsizlik yuzaga kelgandi, nimanidir ajratish qiyin edi. Goldan keyin tizzamda sirpanib, jarohat oldim va terma jamoaning ikki o'yinini o'tkazib yubordim. CHempionlar ligasidagi g'alaba har bir futbolchi istaydigan eng yaxshi narsa hisoblanadi. Ushbu turnirda g'alaba goli urishni juda ko'p o'ylagandim. Mashg'ulotlarda xayolan darvozabon bilan birga-bir chiqib, gol ursam yutishimiz, aks holda yutqazishimizni o'ylardim. Lekin buning hayotda qanday bo'lishini tasavvur qilolmasdim. Ko'pchilik o'sha tun hayotida eng yaxshisi bo'lgani to'g'risida aytgan. SHunday holatni men 1986 yil Maradonani uchratganda his qilgandim. Osloda Norvegiya va Argentina uchrashuvidan keyin uning qo'lini siqishga ulgurgandim.

- Sizga “superzaxirachi” holati yoqarmidi?

- Meni qoniqtirgan. Ko'proq o'ynashga arzishimni isbotlashni xohlardim, biroq u meni zarur holatda maydonga tushirardi. Zaxirada qolganda jahlim chiqsa ham, doimo maydonga tushib, jamoaga yordam berishga tayyor turardim. Bu raqiblarga tasir qilardi: maydonga tushayotganimda gol urishimga barcha ishonardi. 200 uchrashuvda asosiy tarkibda o'ynab, o'rning bilinmagandan bu yaxshiroq deb o'ylayman. Bazan bu meni asabiylashtirardi. Bir marta murabbiy men, Teddi, Yokr va Koul bilan rotaciya haqida suhbatlashdi. Biz Koul bilan ikki kun avval o'ynagandik va u keyingi bahsda York va Teddini maydonga tushirishni istayotgandi. Fergyuson bunga roziligimiz haqida so'radi, qolganlar ijobiy javob berishdi. Men esa asosiy tarkibda o'ynashga loyiqligimni aytdim. Yakunda u Teddining o'rniga meni tanladi va o'zimni tarkibga qo'yishlariga erishdim.

- Ruud van Nistelroy hujumdagi eng yaxshi sherigingiz bo'lganmi? Siz bilan o'ynaganlar orasida eng yaxshisi kim edi?

- Ruud eng yaxshilaridan biri edi, bu haqiqat. Barcha qarorlarini u o'ylab qaror qilardi, to'pni ko'zlarini yumib tepmasdi. Tasodifan gol uradigan hujumchilarni yoqtirmayman. Hech qachon tasodifiy gollarni nishonlamaganman. Bir marta Kvinton Forchunga to'p oshirishni istagandim, biroq to'p darvoza yuqorisiga borib tushdi. Jahlim chiqdi: pas berishni xohladim, gol bo'ldi. Mendan yaxshiroq hujumchi bo'lganmi? Yo'q! O'zimdan kuchlisini haligacha uchratmaganman.

- 7-raqam Manchesterda o'zgacha. Siz Kantona, Bekxem va Ronaldu bilan o'ynagansiz. Ular orasida sizga kim ko'proq yoqardi?

- “Manchester Yunayted”ga o'tganimda Kantona men uchun ideal sherik bo'lgandi. Ketayotganimda Krishtianu jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri bo'lishi malum edi. Lekin menga shaxsan Bekxem ko'proq yoqardi – zarbalari va jamoa uchun ishlashi bilan.

- Roy Kin bilan biror marta janjallashganmisiz?

- Ko'p marta! Roy bilan qalin do'stlarmiz – ko'p suhbatlashamiz. Ko'p bor janjallashib qolganmiz. Unga buyruq berish kerak edi, boshqachasiga tushunmasdi. Mashg'ulotlarda deyarli bir oy uning jamoasiga tushganman va u doim baqirardi, o'zi ishonganlardan bor kuchini berishni talab qilardi. Stiv Maklarenga borib, har kuni bir jamoaga tushayotganimni aytdim. U esa bu mening ruhiy tayyorgarligim uchun zarur bo'lganini aytdi.

- Qaysi himoyachilarga qarshi o'ynash qiyin bo'lgan?

- Mashg'ulotlarda Yaap Stam boshqalardan bir kalla baland edi, uni dog'da qoldirish deyarli imkonsiz edi. U birinchi raqamli bo'lgan. Frank de Bur men kutgandan yaxshiroq edi. Rio Ferdinand “Lids”da o'ynaganda unga qarshi harakat qilish qiyin bo'lgan. Kuchli va tezkor himoyachilar bilan qiyin kechardi. Marsel Desayi, Paolo Maldini, Fabio Kannavaro va Toni Adams kabi futbolchilar seni to'liq o'yindan uzib qo'yishmasdi, buni aqlni ishlatib amalga oshirishardi. Ularga qarshi o'yindan yomon harakat qilmaganim, biroq gol urishga ular imkon bermaganini his qilardim.

- Futbolchilikni tugatgandan keyin birinchi taklif Norvegiya terma jamoasidan tushgani rostmi?

- Ha, bu haqiqat. O'shanda “Yunayted”da ishlashni boshlagandim. Fergyuson terma jamoani 50 yoshimda boshqarishim mumkinligini aytdi. U haq edi. Lekin o'sha taklif ustida ancha bosh qotirgandim.

- O'yinchilikdan murabbiylikka yo'lda eng asosiy narsa nima?

- “Molde”da meni muvaffaqiyat kutardi, shu sababli o'tish davri men uchun og'riqsiz kechdi. Men ko'p narsani o'z bilganimcha qilishni yoqtiraman va klub va hamda futbolchilar bunga ijobiy munosabatda bo'lishdi. Klub tarixda chempionatda g'olib chiqmagandi, biz esa uni ikki bor yutdik. “Kardiff”da qiyin bo'lgandi. Ehtimol, jamoa va men o'zaro to'g'ri kelmadik. Bungacha “MYU” va “Molde”da ishlagandim, har ikki jamoa chiroyli o'ynab, raqiblardan ustunlik qilardi. Hozir “Molde”da yanada yaxshiroq jamoaga aylandi.

- “Kardiff”da ishlaganingizdan afsuslanasizmi? Bungacha “Aston Villa”ga o'tishingiz mumkin edi.

- Menga “Kardiff” o'sha paytda eng maqul variant bo'lib ko'ringandi. Lekin hech narsadan afsuslanmayman. Bu bebaho tajrima bo'ldi, garchi ishlar yaxshi kechmagan bo'lishiga qaramay. Jamoa natijalariga qarash og'riqli edi. Quyi divizionga tushib ketishga dosh berish qiyin. Hozir o'shanda tayyor bo'lmaganimni tushundim. Jamoaga esa barcha yaxshi istaklarni tilayman.

- Rayan Gaggz “MYU” uchun yaxshi murabbiy bo'la oladimi?

- SHubhasiz. Rayanda “Manchester Yunayted” qoni oqadi. U yutqazishni bilmaydi – bu esa muvaffaqiyatga erishish uchun kalitdir.

- Kardiffdagi omadsizlik sizni Angliyada ishlashdan cho'chitib qo'ymadimi?

- Oldin maqsadim premer-ligada ishlash bo'lgandi. Hozir bunga boshqacha munosabatdaman: o'xshasa – yaxshi, o'xshamasa yomon tarafi yo'q. “Molde” bilan Evropa Ligasida guruhdan chiqdik. “Seltik”ni ikki marta yutdik, “Fenerbaxche”ni yutdik, “Ayaks”ga yutqazmadik. Bu klub uchun tarixiy natija. CHempionshipni hurmat qilgan holda bizga qarshi o'ynagan bir necha jamoalarga nazar tashlasak, “Molde” ulardan ko'ra tomoshabop futbol ko'rsatadi. Doimo jamoalarim hujumkor o'yin ko'rsatishlarini istayman, bunga meni ser Aleks Fergyuson o'rgatgan. “MYU”ni boshqarish orzusi esa u erda o'ynagan har bir futbolchining orzusi sanaladi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика