So’nggi yangiliklar

19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  0 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  2 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  4 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  25 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  5 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  0 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  29 16:10NBA юлдузи АПЛ клуби раҳбариятига кириши мумкин  0 15:42Польша терма жамоаси бош мураббийи Левандовски билан можародан сўнг истеъфога чиқди  7 15:14"Ал Насср" Жон Дуранни майдон ташқарисидаги муаммолар туфайли ижарага бериши мумкин  0 14:45"Челси" тасвирий санъат асари услубидаги сафар либосини намойиш этди  8 14:17Ҳоланд изидан: "Манчестер Сити" норвегиялик вундеркинд билан шартнома имзолашга яқин  0 13:48СҚБ халқаро мусобақада ғолиб чиқди  0 13:19"Челси" КЖЧ учун қайдномасини эълон қилди  1 12:51Дунёнинг энг кучли футбол лигалари эълон қилинди. АПЛга қайси лига рақобатчи?  20

OKMKga OCHL yo'llanmasini taqdim etgan hamda guruhda Benzema bilan to'qnashishini to'g'ri topgan Ruben Sanches bilan intervyu Yangiliklar

OKMKga OCHL yo'llanmasini taqdim etgan hamda guruhda Benzema bilan to'qnashishini to'g'ri topgan Ruben Sanches bilan intervyu

Teglar :  Ruben SanchesOKMK
Osiyo CHempionlar ligasi saralash bosqichida "Al Arabi" darvozasiga g'alaba to'pini kiritib, jamoasini guruh bosqichiga chiqishiga hissa qo'shgan ispaniyalik hujumchi Ruben Sanches saytimizga intervyu berdi.

- OCHL saralash bosqichi doirasidagi "Al Arabi"ga o'yindan keyingi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Mahalliy muxlislar qo'llab-quvvatlovi ostida kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. SHunga qaramay, ajoyib o'yin o'tkazdik va guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdik. G'alaba golimni oilam va xotinimga bag'ishlayman.

- Guruh bosqichida qaysi mashhur futbolchi bilan to'qnash kelishni istaysiz: Benzema yoki Neymar? (savol OCHL guruh bosqichiga qura tashlash marosimidan avval yo'llangan, javob ham ushbu marosimdan oldin berilgan — tahririyat)

- Benzemaga qarshi to'qnash kelishni istardim. Uning o'yin uslubi menga juda yoqadi. Himoyachilarning unga qarshilik ko'rsatishi qiyin bo'ladi.

- Keling, bolalik davringizga qaytamiz. Futbolga kirib kelishingiz haqida so'zlab bersangiz...

- Oilamizda futbolni yaxshi ko'rishardi. Futbol sevimli mashg'ulotimiz edi. Ikki akam bilan kun bo'yi hovlida shug'ullanardik, shuningdek, Play Station o'ynardik. Dam olish kunlari otam va bobom bilan boshqa shaharga borib, akalarimdan birining o'yinini tomosha qilardim.

- O'zbekistonga kelishingiz qanday sodir bo'lgan?

- Xabaringiz bor, bu erdagi faoliyatim "Surxon"dan boshlangan.  O'sha vaqtlarda termizliklarni ispaniyalik murabbiy boshqarardi, qolaversa, ispan futbolchilari ham jamoa safida harakat qilardi. Bu erdagi futbol darajasi yuqori.

- O'zbekiston va Ispaniya o'rtasida qanday farq va o'xshashliklar mavjud?

- Asosan, hayot tarzida farqlanadi. O'zbekistonda butunlay boshqacha madaniyat mavjud, lekin men oilam bilan bu erga moslashdim, shu sabab, bu erda baxtlimiz. O'xshashliklar to'g'risida gapiradigan bo'lsak, bu mamlakat odamlari ham doimo sizga yordam berishga tayyor.

- Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?

- Bo'sh vaqtimda uyda dam olaman, sport zaliga boraman, itimiz bilan ko'chada sayr qilaman, shuningdek, taom tayyorlashni yaxshi ko'raman, rafiqam bilan kechki ovqatni birga tanovul qilaman... Xullas, odatiy hayot kechiraman.

- Adashmasam, sizning eng sevimli futbolchingiz Fernando Morentes ekan...

- Fernando Morentes men uchun alohida ahamiyatga ega futbolchi hisoblanadi. Biz bir shahardanmiz, men uning "Real Madrid"dagi gollarini ko'rib ulg'ayganman. To'g'ri, uning darajasiga chiqa olmadim, lekin voyaga etgan shahrim miqyosida Ispaniya Primerasida debyut qilgan ikkinchi futbolchi bo'lishga muvaffaq bo'lganman.

Oshpazlik va oficiantlikdan futbolgacha. "Al Arabi"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan Boake haqida 5 ta qiziqarli fakt

Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика