So’nggi yangiliklar

21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7

OKMKda tarixiy g'alaba, vodiy derbisidagi muxlislar rekordi - Superliganing 7-turidan 20 ta fakt Yangiliklar

OKMKda tarixiy g'alaba, vodiy derbisidagi muxlislar rekordi - Superliganing 7-turidan 20 ta fakt

Kecha bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - OKMK (0:2) uchrashuvi bilan Superliganing 7-turiga yakun yasaldi.

Tur davomida ayrim natijalar, seriyalar, ananalar yangilandi. Quyida shu haqida batafsil. 

- "Qizilqum" so'nggi marotaba 2021 yil "Metallurg"ni mehmonda yutgan, keyingi 3 ta o'yinning 2tasida durang 1tasida bekobodliklar g'alaba qozongan

- "Navbahor" Superliga doirasida so'nggi marotaba 2006 yilda mehmonda "So'g'diyona"dan ustun kelgan ekan.

- Samvel Babayan o'z faoliyati davomida birinchi marotaba Ivan Boshkovich jamoalarini mag'lub etdi.

- "Bunyodkor" tarixdagi eng yomon mavsumni o'tkazmoqda. Jamoaning g'alabasiz seriyasi 7ta o'yinga etdi. Ungacha eng yomon seriya ikkita o'yin bo'lgan

- "Qizilqum" - "Metallurg" jamoalari 2014 yildan so'ng yana bir marotaba gollarsiz durang qayd etishdi.

- "Neftchi" - "Andijon" jamoalari o'zaro 50-yubiley uchrashuvida ishtirok etishdi.

- "Neftchi" - "Andijon" jamolarining o'zaro uchrashuvi qatorasiga ikkinchi marotaba durang bilan yakunlandi.

- "Neftchi" - "Andijon" jamoalarining o'zaro to'qnashuvida dastlabki marotaba 2:2 hisobi qayd etildi.

- Aziz Asimov 385 kunlik tanaffusdan so'ng yana "Neftchi" uchrashuvini boshqardi

- "So'g'diyona" futbolchisi Lyupche Doriev qatorasiga ikkinchi uchrashuvda "Navbahor" darvozasiga gol urmoqda.

- "Navbahor" "So'g'diyona"ni 2011 yildan buyon 2:1 hisobida mag'lub etdi.

- "Surxon" va "Dinamo" jamoalari o'zaro 25-uchrashuvini o'tkazdi.

- "Surxon" va "Dinamo" jamoalari bahsi 1999 yildan so'ng yana bir marotaba 1:1 natijasi bilan yakunlandi.

- "Bunyodkor" - "Nasaf" jamoalari 2015 yildan buyon uchrashuvni gollarsiz durang bilan yakunlashdi.

- Hakam Ravshan Abduvohidov 4 yildan so'ng "Lokomotiv" o'yinida ishladi.

OKMK o'z tarixida ilk bor "Lokomotiv"ni safarda taslim qildi.

- "Dinamo" ketma-ket beshinchi o'yinda durang o'ynadi.

- Vodiy derbisida muxlislar soni bo'yicha rekord o'rnatildi. 19867 nafar muxlis uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib bordi.

- "Metallurg"ning joriy mavsumdagi g'alabasiz seriyasi davom etmoqda.

- "Bunyodkor" futbolchilari "Nasaf"ga qarshi uchrashuvda joriy mavsumdagi to'rtinchi qizil kartochkani ishlab oldi. Bu ligadagi antirekord.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика