OKMK ustozi, "Andijon" posboni va boshqalar - Superligada 25-turning eng yaxshilari
26 noy 2024 16:14
Yangiliklar
OKMK ustozi, "Andijon" posboni va boshqalar - Superligada 25-turning eng yaxshilari
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 25-turning eng yaxshi darvozaboni – Eldor Adhamov ("Andijon")
"Andijon" bu tur o'z maydonida "Dinamo" bilan to'qnash keldi va yirik g'alabaga erishdi - 3:0. O'yin davomida mezbonlar posboni Eldor Adhamov bir qator vaziyatlarda jamoasini bir necha bor qutqardi va jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. SHu tariqa Adhamov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 25-turning eng yaxshi murabbiyi – Mirjalol Qosimov (OKMK)
OKMK bu turni Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazdi va g'alabaga erishdi - 2:0. Qosimov OKMK ustozi sifatida bir mavsumda ikki marta "Paxtakor"ni mag'lub etishga erishdi. "Konchilar" ustozi Mirjalol Qosimov turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 25-turning eng yaxshi futbolchisi – Jamshid Iskanderov ("Navbahor")
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov "Qizilqum" bilan bahsda raqib darvozasiga gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi shu kuni ajoyib o'yin namoyish etdi va ketma-ket ikkinchi tur Iskanderov tur futbolchisi deb topildi!

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 25-turning eng chiroyli goli muallifi – Lyupcho Doriev ("So'g'diyona")
"So'g'diyona" legioneri Lyupcho Doriev 25-turda "Lokomotiv"ga qarshi bahsda supergol muallifiga aylandi. U jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan gol urdi. Doriev tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar