OKMK Tojikiston klubini mag'lubiyatga uchratdi
22 fev 2023 20:30
Yangiliklar
OKMK Tojikiston klubini mag'lubiyatga uchratdi
Yopiq eshiklar ostida kechgan uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi.
Uchrashuvning 2-daqiqasida Xurshid G'iyosov hisobni ochdi. 29-daqiqada Xurshid G'iyosovning zarbasi "Xo'jand" himoyachisiga tegib, darvozadan o'rin oldi. 32-daqiqada tojikistonliklar penalti ishlashdi va Botirali Ergashev qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qila olishmadi. Aksincha, OKMK hujumi natijasida SHohruh Gadoevning uzatmasini Ruben Sanches darvozaga joylab qo'ydi.
Ikkinchi bo'limda esa tablodagi hisob uchrashuv yakuniga qadar o'zgarmadi.
Nazorat o'yini.
22 fevral, chorshanba
OKMK – "Xo'jand" (Tojikiston) 3:0
Gollar: G'iyosov (2), avtogol (29), Sanches (36)
OKMK (4-3-3): Ergashev – Ahmadaliev, Rahmonov, Ismoilov, Komilov – Haqnazariy, Qosimov, Abdullaev – Gadoev, Sanches, G'iyosov.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Rahimov, Denisov, Sunnatov, Muhammad ali Salem, Begimov – Hasanov, Rustamov, Ermatov – Bashriddinov, Rukhadze, Mirahmadov.
Fikrlar