So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  1 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  6 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

OKMK futbol akademiyasi yangi maydonga ega bo'ldi Yangiliklar

OKMK futbol akademiyasi yangi maydonga ega bo'ldi

Teglar :  OKMK
Bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yubiley – 75 yillik bayram tadbirlari arafasida yana bir maydon yoshlar qo'liga topshirildi.

Xabariniz bor, joriy yilning may oyidan boshlab OKMK futbol klubi qoshidagi futbol maktabini futbol akademiyasi maqomiga o'tkazish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olingan edi va may oyida «Metallurg» sport kompleksi stadioni hududida qo'shimcha suniy qoplamali maydon qurib bitkazilgandi.

SHahrimizning «OKMK sport majmuasi» stadionining yon qismidagi suniy maydon qayta rekonstrukciya qilinib, zamonaviy talablarga javob beradigan, «FIFA quality» sertifikatiga ega bo'lgan, Turkiyaning «Hatko» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan suniy qoplamali maysa bilan to'liq yangilandi va foydalanishga topshirildi.

Ushbu FIFA standartidagi 105x68 o'lchamli yangi futbol maydonining ochilish marosimi boshida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov hamda OKMK futbol akademiyasining bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish dasturi rahbari Denis Xomutov so'zga chiqib, yurtimizda futbolga bo'lgan etibor tobora kuchayib borayotganligi va qayta rekonstrukciya qilingan ushbu yangi maydon uzoq vaqt yoshlar ravnaqi hamda rivoji uchun ko'p yillar davomida xizmat ko'rsatishini takidlab o'tdilar.

Yaxshi bilasiz, OKMK FA tarbiyalanuvchilarni to'g'ri kamolga etkazish uchun tajribali mutaxassislar ham juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada jahonning bir qator mamlakatlaridan taklif etilgan mutaxassislar rezyumelari o'rganilib, yakunda zamonaviy futbol bilimlariga, UEFAning “Pro” licenziyasiga ega, bolalar futbolida samarali faoliyat olib borayotgan ukrainalik mutaxassis Denis Xomutov OKMK futbol klubining bolalar va o'smirlar futbolini rivolantirish dasturi rahbari etib tayinlangan.

Ortda qolgan olti oy mobaynida OKMK futbol akademiyasi bir qancha shahdam qadamlarni tashladi. Bungacha futbol maktabimizda atigi 8 nafar murabbiy faoliyat yuritgan bo'lsa, hozirga kelib ular soni 30 nafarni tashkil etadi. Ilgari murabbiylar o'zida mavjud bilimlarnigina tarbiyalanuvchilarga etkazishgan bo'lsa, bugungi kunda har bir yosh toifasi uchun mo'ljallangan metodikalar yaratilgan bo'lib, ham amaliy, ham nazariy mashg'ulotlar aynan Denis Xomutov tomonidan tayyorlangan aniq dasturlar asosida olib borilmoqda. Bunga ukrainalik mutaxassisga futbol maktabimizning tajribali mutaxassislaridan biri bo'lgan Suyun Murtazaev yaqindan yordam bermoqda.

Mana shu olti oylik qisqa davr shuni ko'rsatdiki, eng shimarib, sidqidildan va eng asosiysi, kollektiv bilan bir tan-u, bir jon bo'lib ishlash orqali, bemalol har qanday katta maqsadlar sari dadil qadamlar tashlanayotganligini zavq bilan ko'rish mumkin. Bu kabi yutuqlar jamoaning birligi va hamkorligining kuchini yanada yuksaltiradi. Har bir azo o'z maqsadlari yo'lida fidokorona mehnat qilib, umumiy natijaga erishishda muhim rol o'ynaydi. Bunday yondashuv bilan OKMK professional futbol klubi va akademiyasi o'z maqsadlariga yanada yaqinlashishi va yangi cho'qqilarni zabt etishi uchun zamin yaratadi, desak mubolag'a bo'lmaydi.




 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика