So’nggi yangiliklar

01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  15

OK-2015 guruh bosqichidagi raqiblar bir qator o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishdi Yangiliklar

OK-2015 guruh bosqichidagi raqiblar bir qator o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishdi

O'zbekiston milliy terma jamoasining OK-2015 guruh bosqichidagi raqiblari - Xitoy va Saudiya Arabistoni terma jamoalari oktyabr oyida o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishdi.
Alen Perren bosh murabbiyligidagi Xitoy terma jamoasi 10 va 14 oktyabr kunlari ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab, 10 oktyabr kuni Xitoy terma jamoasi Pekin shahrida Tailand terma jamoasini qabul qilib 3:0 hisobida g'alaba qozondi. 14 oktyabr kuni esa, Xitoy o'z maydonida Paragvay terma jamoasini qabul qildi va qiziqarli kechgan uchrashuv bu safar ham Xitoy terma jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi ham 10 va 14 oktyabr kunlari o'z maydonida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Dastlab, Xuan Ramon Lopes bosh murabbiyligidagi Saudiya Arabistoni termasi 10 oktyabr kuni Ar Riyodda Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Kecha esa, saudiyaliklar o'z maydonida Livan terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi va ushbu uchrashuv ham 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

OK-2015 guruh bosqichidagi yana bir raqib, KXDR terma jamoasi esa, avvalroq xabar berganimizdek noyabr oyida xalqaro turnirda ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham oktyabr oyida 3ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. 6 oktyabr kuni Doxada Qatarga qarshi maydonga tushgan milliy terma jamoa 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, 10 oktyabr kuni Dubayda Bahraynga qarshi uchrashuvda 0:0 hisobida durang o'ynadi. BAA yig'ini doirasidagi so'nggi o'rtoqlik o'yinida esa, 14 oktyabr kuni Abu Dabida BAA 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика