OK-2015 guruh bosqichidagi raqib dekabrda uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
01 avg 2014 17:36
Yangiliklar
OK-2015 guruh bosqichidagi raqib dekabrda uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
O'zbekiston milliy terma jamoasining OK-2015 final bosqichidagi raqibi - Xitoy milliy terma jamoasi noyabr va dekabr oylarida jami to'rtta o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Alen Perren bosh murabbiyligidagi Xitoy milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni o'z maydonida Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. OK-2015 guruh bosqichida O'zbekistonga raqiblik qiladigan Xitoy terma jamoasi shuningdek, dekabr oyida ham uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan. FIFA rasmiy saytiga ko'ra, Xitoy milliy terma jamoasi 13 va 17 dekabr kunlari Pekinda Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazsa, 21 dekabr kuni Falastin terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkaziladi.
Malumot o'rnida, Xitoy terma jamoasi bungacha sentyabr va oktyabr oylarida ham bir nechta o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Jumladan 4 va 9 sentyabr kunlari Xitoy o'z maydonida Kuvayt va Iordaniya termalariga qarshi o'yin o'tkazsa, oktyabr oyida ham ikkita uchrashuv o'tkazilishi rejaga kiritilgan. Unga ko'ra, 10 oktyabr kuni Tailand, 15 oktyabr kuni esa Iroq Xitoyda mehmon bo'ladi.
OK-2015 guruh bosqichidagi yana bir raqib - Saudiya Arabistoni terma jamoasi ham sentyabr va oktyabr oylarida bir nechta o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi. Jumladan 8 sentyabr kuni Londonda Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazilsa, 10 oktyabr kuni Jiddada Urugvay terma jamoasi mehmon bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham avgust, sentyabr va oktyabr oylarida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 avgust kuni Bokuda Ozarbayjon milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlari esa 3 va 8 sentyabr kunlariga belgilangan. Dastlab, 3 sentyabr kuni Iordaniya terma jamoasi Toshkentda mehmon bo'lsa, 8 sentyabr kuni Toshkentda Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkaziladi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari oktyabr oyida ham uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Unga ko'ra 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. 10 va 14 oktyabr kunlari esa Bahrayin va BAA milliy terma jamoalariga qarshi o'yinlar bo'lib o'tadi. So'nggi ikki o'yin BAAning Dubay shahrida o'tkazilishi tasdiqlangan.
Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi OK-2015 guruh bosqichida Xitoy, Saudiya Arabistoni va KXDR terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar