So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  6 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  4 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   13 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   6 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  13 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  31 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

O'yinlarni qoldirish bo'yicha “Paxtakor” haqli, lekin... Yangiliklar

O'yinlarni qoldirish bo'yicha “Paxtakor” haqli, lekin...

“Paxtakor”ning oliy ligada ketma-ket uchta o'yini qoldirilgani ayrim o'quvchilarimizning etirozlariga sabab bo'lmoqda.
Xabaringiz bor, Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan terma jamoamiz safiga “Paxtakor”dan etti nafar futbolchi (Nikita Ribkin, Egor Krimec, Akbar Ismatullaev, Davron Hoshimov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev va Vladimir Kozak) chaqirilgani bois “Paxtakor” bu orada  ichki chempionatdagi o'z o'yinlarini boshqa muddatga qoldirishga haqli. Qolaversa, bu narsan 2014 yilgi oliy va birinchi liga musobaqalari uchun chiqarilgan Reglamentda ham ko'rsatib o'tilgan.

Yani, O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga besh va undan ortiq o'yinchi biror klubdan taklif etilsa, o'sha klubning o'z o'yinlarini qoldirishga haqqi bor, deb yozib qo'yilgan Reglamentning 4,24-bandida. Bu tomonlama “Paxtakor”ga ham, PFLga ham etiroz bildira olmaysiz, chunki jamoa o'zining etti nafar futbolchisini Osiyo o'yinlariga yuborgan. Lekin “Paxtakor” qoldirilgan uchrashuvlarni qachon o'tkazadi-yu, 12 noyabrgacha hammasiga ulguradimi, masalaning asl mohiyati shu erda.

Endi oliy liga taqvimiga etibor qaratamiz. Taqvimga ko'ra, 21-tur bahslari 25-26 sentyabrga, 22-tur uchrashuvlari esa 1-2 oktyabrga qo'yilgan. SHundan so'ng oliy ligada 17 oktyabrgacha tanaffus yuzaga keladi. Undan keyingi o'yinlar yana tig'iz vaqtda davom ettiriladi, bundan tashqari, oxirgi ikkita turning barcha joyda bir xil vaqtda (katta ehtimol bilan soat 14:00da) boshlanishini inobatga olsak, “Paxtakor” qoldirilgan uchrashuvlarni 17 oktyabrgacha o'tkazib olishi mumkin. SHuningdek, 21 oktyabr ham zaxira kuni sifatida taqvimga kiritilgan va bunda ham bitta o'yinni o'tkazib yuborsa bo'ladi.

Agar terma jamoamiz Osiyo o'yinlarining finaliga qadar etib boradi deb o'ylasak, unda 1 oktyabr kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan “Navbahor” - “Paxtakor” bahsi ham boshqa muddatga qoldiriladi. SHunday bo'ladigan bo'lsa, unda “Paxtakor”ning oliy ligada qoldirilgan uchrashuvlari soni to'rttaga etadi.

Aytib o'tganimizdek 3 oktyabrdan boshlab 17 oktyabrgacha ichki chempionatda ikki haftalik tanaffus yuzaga keladi. Negaki bu orada milliy terma jamoamiz safarda uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi (6 oktyabr Qatar, 10 oktyabr Bahrayn va 14 oktyabr BAA). Bu o'yinlarda milliy terma jamoamizning o'zagi ishtirok etishini hisobga olsak, Mirjalol Qosimov asosiy urg'uni legionerlarga qaratadi va “Paxtakor”dan uchtadan ko'p futbolchi chaqirilmasa kerak.

SHunday bo'lgan taqdirda “Paxtakor” qoldirilgan to'rtta uchrashuvdan uchtasini 3-17 oktyabr oralig'ida o'tkazib olishi kerak bo'ladi. Ikki hafta ichida bemalol uchta o'yinda maydonga tushish mumkin, markaziy uchrashuv hisoblangan “Lokomotiv” - “Paxtakor” bahsi esa 21 oktyabrda o'tkazilishi mumkin. Bizga malum bo'lishicha, joriy mavsum 12 noyabr kuni bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” - “Bunyodkor” bahsi (O'zbekiston Kubogi finali) bilan yakuniga etadi va Mirjalol Qosimovning Terma jamoalar markaziga topshirgan ish rejasiga ko'ra, 12 noyabrdan keyin hech qanday rasmiy o'yin o'tkazilmasligi lozim. CHunki biroz muddat tanaffusdan so'ng milliy terma jamoa azolari Osiyo Kubogiga hal qiluvchi tayyorgarlikni boshlaydi.

SHunday qilib “Paxtakor”ning uchta o'yini qoldirilganidan ko'p ham vahima yasash kerak emas. Negaki yuqorida aytib o'tganimizdek, oktyabrning birinchi yarmida ikki haftalik tanaffus yuzaga keladi va jamoa shu oraliqda o'z o'yinlarini o'tkazib olishi mumkin. CHempionatning qolgan o'yinlari esa qarabsizki taqvim bo'yicha bir tekisda davom etaveradi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика