Oybek Qosimov: "Incheondan medallar shodasi bilan qaytamiz"
31 dek 2013 13:00
Yangiliklar

Oybek Qosimov: "Incheondan medallar shodasi bilan qaytamiz"
O'zbekiston futboliga befarq bo'lmagan, shu bilan bir qatorda kam sonli mutaxassislarimiz ichidagi eng etakchisi, Oybek Qosimov ham o'quvchilarimizni tabriklaydi.
Ko'p yillar davomida "Paxtakor" PFK va Toshkent shahar futbol federaciyasining vice-prezidenti lavozimida faoliyat olib borib, bugunda milliy olimpiya qo'mitasining bosh kotibi lavozimigacha ko'tarilgan Oybek Omilovich shunday deydi:
- So'nggi yillarda O'zbekiston sporti erishayotgan yutuqlarga ko'pchilik havas bilan qarayapti. Albatta, buning zamirida Yurtboshimizning sportga bo'lgan katta etibori yotadi. Qolaversa, Mirabror Usmonovning qo'l ostida futbolimiz keng suratda taraqqiy etib boryapti. Endigi maqsadimiz Milliy Olimpiya Qo'mitasini ham professional darajaga olib chiqish. 2014 yilda bizni ajoyib musobaqa kutib turibdi. Janubiy Koreyaning Incheon shahrida navbatdagi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Xabaringiz bor, bundan 20 yil avval Rustam Akramov va Birodar Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi qitamizning eng kuchli terma jamoasi nomini qo'lga kiritgandi. Bu safargi musobaqadan ham umidimiz katta. Eng oliy maqsad esa Rioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlarida ko'proq medallarni qo'lga kiritish. Yangi yil barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik keltirsin. Mustaqil Vatanimiz yanada gullab yashnasin".

Fikrlar