So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  102 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Og'ir jarohatdan keyin futbolga qayta olgan TOP-10 o'yinchi Yangiliklar

Og'ir jarohatdan keyin futbolga qayta olgan TOP-10 o'yinchi

Ro'yxatda bir necha yil mobaynida davolanganlar ham bor.

Jarohalar — futbolning ajralmas bir bo'lagi. Har bir professional o'yinchi bu muammoga duch keladi. Ammo juda og'ir jarohat olgani tufayli, faoliyati xavf ostida qolgan futbolchilar ham bor. "Championat.Asia" sayti jiddiy jarohatdan tiklanishga muvaffaq bo'lib, katta futbolga qaytganlarni yodga olishga qaror qildi.


Eduardo da Silva ("Arsenal", 2008)

Braziliyalik o'smirlik payti Zagrebning "Dinamo" jamoasiga o'tdi. Eduardo balki shuning uchun, Xorvatiya termasida to'p tepishga qaror qilgandir?! U 2007 yil "Arsenal" etiboriga tushdi — transfer "kanonirlar"ga 13,5 mln evroga tushdi.

Eduardo mavsumni shiddat bilan boshladi: 31 uchrashuvda 12ta gol urdi va 9ta golli pas berdi. Biroq 2008 yil 23 fevralida "Birmingem"ga qarshi bahsda Silvaning faoliyati og'ir shikastlanish tufayli barbod bo'ldi. Tashhis — oyoqning ochiq sinishi. Jarohat shunchalik yomonligidan Eduardoning oyoqlarini kesib tashlashlari mumkin edi. Baxtiga, qon tomirlari yaxshi ekan. SHu sababli, amputaciya qilinmadi.




Eduardoga og'ir jarohat etkazgan himoyachi Martin Teylorni futboldan umrbod diskvalifikaciya qilishni so'rashdi. Bazilar hatto, uning joniga tahdid qildi. SHunga qaramay, Teylorni uch o'yinga chetlatish bilan kifoyalanishdi. Eduardoga kelsak, u deyarli bir yilni o'tkazib yubordi va 2008 yilning dekabrida maydonga tushdi. Keyinroq xorvatiyalik forvard "SHaxtyor"da omadi chopdi. Lekin o'sha jarohat bo'lmaganida, bundan ham yuqori cho'qqilarga chiqishiga shubha yo'q edi.


Franchesko Totti ("Roma", 2006)

2006 yil fevralda, Germaniyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga 4 oy qolganda, Franchesko Tottining oyog'i sindi. Franchesko o'sha lahzalarni quyidagicha yodga oladi:

"Bu "Empoli"ga qarshi bahs boshlanganidan bir necha daqiqa o'tib sodir bo'ldi. Richard Vanili menga qarshi yakka o'zi harakat qildi — asosiy himoyachi emas, ammo tajribasiz yosh yigit ham emasdi. U asosiy tarkibdan o'rin olishni juda xohlardi va bor kuchi bilan ishga kirishgandi. 5 daqiqa ichida 3ta qoidabuzarlik hakam Messinaning tezkor sariq kartochka ko'rsatishidan dalolat edi. Vanili qo'pol o'ynamadi, ammo bunday vaziyatlarda tez to'xtash kerak. 6-daqiqada u yana xatoga yo'l qo'ydi, biroq endi juda kech edi.

Vanili maydon markazida orqadan oyog'imga tepdi. Agar chap oyog'imni chimga qo'yib, oldinga "uchib" ketmaganimda, bu oddiy ko'karish bo'lardi. Yiqilar ekanman, dahshatni his qilardim. Umrimda ilk bor xavotir nimalagini o'zimda his qildim. G'alati qo'rqinch va hammasi tugadi".




Tottining oyog'i noodatiy tarzda qiyshayib ketgandi. SHifokor xulosasi: boldir suyagining sinishi va to'piq bo'g'imlari uzilishi. Odatda, bunday vaziyatda tiklanish uchun taxminan bir yil kerak bo'ladi, ammo Franchesko qandaydir mo'jiza sabab may oxirida maydonga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Natijada, Totti mundialgacha sog'ayib ulgurdi va Italiya termasi bilan jahon chempioni bo'ldi. Futbolchi o'sha turnirda 1ta gol urdi va 5ta golli uzatma berdi. SHundan keyin Totti Italiya termasida boshqa o'ynamadi.


Jibril Sisse ("Liverpul", 2004)

2000 yillar boshlarida Sisse dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri edi. Jibril oddiygina "Oser" klubida to'p tepsa-da, 167 o'yinda 89ta gol urishga erishgan. Nufuzliroq klubga transfer vaqti kelgandi. 2004 yil yozida "Liverpul" francuz uchun 20 million evro berdi.

Jibril APLga moslashib ulgurmay, og'ir jarohat olishga ulgurdi — oyoqning ikki joyidan sinish. Sisse yarim yilni o'tkazib yubordi. "Liverpul"dagi ikkinchi mavsumi yaxshi o'tdi va avvalgi darajasiga qaytgandek tuyuldi. Biroq 2006 yil iyunda Jibril yana shikastlandi — yana ikki joydan sinish. 




Sisse vataniga qaytdi va "Marsel" safida yaxshi mavsum o'tkazdi (50 o'yinda, 22 gol va 5 assist). SHundan so'ng, Jibril "sayohat qilishga" qaror qildi: Angliya, Greciya, Italiya, Qatar, Rossiya, SHveycariya va AQSH klublarida to'p tepdi. Sisse bir yil avvalgina, 39 yoshida faoliyatini tamomladi.


Aaron Remzi ("Arsenal", 2010)

Uelslik o'zining ham futbol iqtidori, ham jarohatga moyilligi bilan tanilgan. Remzi ko'p jarohat olgan, bu esa memlarga aylanib ketgandi. Aaronning birinchi jarohati faoliyatidagi eng og'iri bo'lgandi. 2010 yil martda Remzining (o'shanda 19 yosh edi) oyog'i sinadi. Achinarlisi, "Arsenal" birmuncha vaqt chempionlikka davogarlik qilgandi: Aaron "Stok"ga qarshi o'yinda jarohat olgan vaqtida "kanonirlar" chempionat peshqadami "CHelsi" bilan o'rtadagi farqni 3 ochkoga qisqartirishlari mumkin edi. "Arsenal" g'alaba qozondi (3:1), ammo Remzisiz. Yosh uelslikning yo'qligi jamoaga katta zarba bo'ldi. Natijada "kanonirlar" uchinchi o'rinni egallashdi.




Remzining tiklanishi uchun 9 oy kerak bo'ldi. Oradan uch yil o'tib, Aaron o'z salohiyatini ko'rsata oldi. Lekin baribir jarohatlar uning faoliyatiga to'siq bo'ldi. Remzi "Arsenal"ning 371 uchrashuvida maydonga tushib, 65ta gol urdi va shuncha golli uzatma qayd etdi. Keyinchalik uelslik "Yuve" sharafini himoya qildi (70 o'yin, 6 gol, 6 assist). Aaron o'tgan mavsumni "Reynjers"da ijara huquqlari asosida o'tkazdi.


Petr CHex ("CHelsi", 2006)

Afsonaviy darvozabon eng og'ir va noodatiy jarohat olgan desak, adashmaymiz. 2006 yil oktyabrida "Reding" yarim himoyachisi Stiven Xant to'p uchun harakatini oxirigacha davom ettirdi. Natijada, irlandiyalik atayin bo'lmasa-da, tizzasi bilan Petrning boshiga tepib yubordi. Qizig'i, bu o'yin boshida, 17-sekundda sodir bo'ldi.




Tez yordamning zudlik bilan stadionga kelmagani vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Oradan 30 daqiqa o'tib, shifokorlar kelishdi. Lekin CHex mashinagacha o'zi, nogironlar aravachasida borishiga to'g'ri keldi. Kasalxonada chexiyalik posbonga kuchli miya chayqalishi va bosh suyagining sinishi tashhisi qo'yildi. Qizig'i shundaki, o'sha o'yinda CHexning o'rniga maydonga tushgan italiyalik Karlo Kudichini ham "Reding" bilan uchrashuvning oxirigacha o'ynay olmadi. Uning ham xuddi Petr kabi miyasi chayqaldi, biroq unchalik jiddiy emasdi.

SHifokorlar tavsiyasiga ko'ra, CHex bir yildan so'ng futbolga qaytishi mumkin edi. Biroq Petr og'ir jarohatidan 3 oy o'tib maydonga tushdi. U faoliyatini yakunlaguncha himoya shlemini kiyib futbol o'ynadi va ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. Ular orasida 2ta APL chempionligi, CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasi mukofotlari bor.


Alf-Inge Xoland ("Manchester Siti", 2001)

2000 yil boshlaridayoq "Manchester Siti"da Xoland - Alf-Inge, Erlingning otasi to'p tepardi. Norvegiyalik APL standartlari bo'yicha yaxshi o'yinchi edi: uning hisobida "Lids"da 87 o'yin, "Nottingem Forrest"da 79 o'yin va "Man Siti"da 45 o'yin bor.

Ammo Alf-Inge Xolandning faoliyati "MYU" xavbeki Roy Kin bergan jarohatdan barbod bo'ldi. Voqea 2001 yil aprelida sodir bo'ldi. Ochig'i, o'shanda irlandiyalik Alf-Ingedan qasos olgandi. 1997 yil sentyabrda Xoland Kinni jarohatlab, Roy mug'ombirlik qilib, yotib oldi degandek turib oladi. Kin uzoq vaqt Xolanddan qasos olish rejasini tuzib yuradi. Manchester Derbisida Roy norvegiyalikning tizzasiga oyog'i bilan zarba beradi. Alf-Inge o'yinni tugatishga muvaffaq bo'ldi va hatto, bir nechta bahsda ham ishtirok etdi. Muammolar biroz keyin boshlandi va Xoland jarroh yordamiga muhtoj bo'lib qoldi.




Operaciyadan keyin Alf-Inge "Man Siti"da yana bir mavsum o'ynadi va faoliyatini yakunladi. Norvegiyalik buning sababi jarohat emasligiga ishontirishga harakat qildi. Futboldan so'ng, Alf-Inge bor etiborini o'g'li Erling Xolandning tarbiyasiga qaratdi.


Dmitriy Parfyonov ("Spartak", 2002)

Parfyonov MDHda o'z poziciyasidagi eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lgan. U "Spartak" bilan 4 bor chempionlik va 1ta Rossiya Kubogini qo'lga kiritgan. Biroq Parfyonov 2002 yili og'ir jarohat oladi va uzoq muddatga safdan chiqadi.

"Dinamo" bilan o'yinda spartakchi "podkat" ijro etdi va raqib to'pning o'rniga uning oyog'iga zarba berdi. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, futbolchining suyagi singanida shunchalik baland ovoz chiqqanidan, hattoki, tribunadagilar ham uni eshitishgan emish. SHifokorlar unga "ikki boldir suyagining siljib sinishi" tashhisini qo'yishdi.

"Yuzlab ukollar qilishdi, ammo og'riq qolmadi. Menga faqatgina maxsus ruxsat bilan qilinadigan ukol yordam berdi", — yodga oladi Parfyonov.




Dmitriy tiklanishi uchun bir yildan ortiq vaqt kerak bo'ldi va 2003 yil oxirida maydonga qaytdi. SHundan keyin Parfyonov "Spartak"ning bir nechta o'yinida ishtirok etib, klubdan ketdi. SHuningdek, u "Dinamo", "Ximki", "Arsenal Kiev ", "Saturn" va "Arsenal Tula" jamoalari sharafini himoya qildi.


Xenrik Larsson ("Seltik", 1999)

SHveciyalik forvard 1990-yillarda gullab yashnagandi. Larsson faoliyatining eng yuqori cho'qqisiga "Seltik"da chiqqan. Ammo u 1999 yil olgan jarohati hayotini ikkiga ajratib yubordi. "Lion"ga qarshi bahsda Xenrikning oyog'i sindi. Himoyachi Serj Blan va Larsson o'rtasidagi to'p uchun kurashda shvedga orqadan zarba berildi. "CHim ustida yotar ekanman, Evro-2000ga necha oy qolganini hisoblay boshladim. Bu musobaqada ishtirok etish mening maqsadim edi va men buning uddasidan chiqdim", — degan edi Larsson.

Futbolchining tiklanishi uchun 8 oy kerak bo'ldi.




Og'ir jarohatiga qaramay, Xenrik avvalgi darajasiga qayta oldi. Hattoki, 2004 yil "Barselona"dan taklif ham oldi. SHuningdek, faoliyati so'ngida Larsson "Manchester Yunayted"da o'ynadi.


Andre Gomesh ("Everton", 2019)

Sal qolsa, Andre Gomeshning ham faoliyati barbod bo'lishiga bir bahya qolgandi. Portugaliyalik "Everton"da (ijarada) 2018/2019 yilgi mavsumni yaxshi o'tkazdi. SHundan keyin, "iriskalar" uni "Barsa"dan sotib olishga qaror qilishdi. Transfer summasi 25 million evroni tashkil qildi.

2019 yil noyabrida Son Xin Min "Everton" va "Tottenxem" o'rtasidagi uchrashuvda Andredan to'pni olib qo'yishga urinib, unga og'ir jarohat etkazdi. Serj Ore bilan to'qnashuv esa vaziyatni yanada og'irlashtirdi. Natijada Gomeshning oyog'i sindi.




O'shanda jarohat yomonligini tushungan Son yig'lab yuborgandi. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi, biroq keyin uni qizilga o'zgartirdi. Portugaliyalikka yordam ko'rsatilayotgan vaqtda, Serj Ore maydonda Gomesh uchun duo qila boshladi. Andre qisqa muddatdan so'ng qaytdi — 4 oy o'tib. U o'shandan buyon futbol o'ynamoqda.


Lyuk SHou ("MYU", 2015)

Lyuk SHou faoliyatida ko'p shikastlanishlar bo'lgan. Eng og'iri — CHempionlar Ligasi doirasidagi PSVga qarshi bahsda —  oyoqning ikki joyidan sinishi.




SHou deyarli bir yil davolandi va 2016 yil iyulda maydonga qaytdi. Keyinchalik Lyukga oyog'ini kesib tashlashlari mumkinligini aytishdi. "Ko'pchilik bilmaydi, ammo oyoqlarimdan ayrilishga juda yaqin edim. Operaciyadan olti oy o'tib, doktor menga bu haqida aytgandi. SHifokorlar oyog'imni kesishga majbur bo'lishgan va qotib qolgan qonni olib tashlashgan. Agar meni operaciya qilish uchun Manchesterga olib borishganida, ulgurmasliklari mumkin edi" — deydi SHou.

Futbolchi avvaliga to'qnashuvlardan cho'chidi, ammo vaqt o'tishi bilan bu qo'rquvi yo'qoldi. SHou eng yuqori darajada o'ynaydi. Bazilar esa uning o'yini yanada yaxshilangan deb hisoblaydi. Lyuk hozirgi kunda ham jarohat oladi, biroq unchalik ham jiddiy emas.


Nikolay Egorichev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика