So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  7 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Og'ir damlarda birlashadigan payt keldi yoxud dushman klublar do'stga aylanmoqda Yangiliklar

Og'ir damlarda birlashadigan payt keldi yoxud dushman klublar do'stga aylanmoqda

Butun dunyo bo'ylab tez suratda tarqalayotgan koronavirus balosi shu kunlarda dunyo jamoatchiligi diqqat-markazidan tushmayapti.

Ko'plab davlatlardagi karantin holati qancha davom etadi, qachon tugaydi, buni Yaratganda boshqa hech kim bilmaydi. SHunday bo'ldiki, koronavirus sabab hayot birdaniga o'zgarib qoldi. Endilikda hamma ushbu ko'rinmas ajalga qarshi birdamlikda jips bo'lib kurashishga harakat qilyapti. 

Misrning ikki buyuk klubi "Zamalek" va "Al Ahli" bir-biriga ashaddiy raqiblar hisoblanadi. Ispaniyada "Real" va "Barsa" qanchalik "dushman" bo'lsa, bu jamoalar ham shunday. Lekin mana shunday og'ir va sinovli damlarda Qohiraning ikki klubi birlashib kurashishga qaror qilishdi. 

Xususan "Al Ahli" himoyachisi Saad Samir #good_challenge xeshtegi bilan xayrli ishga qo'l urib, toki mamlakat bu ofatdan qutilmaguncha 20ta oilani o'z qaramog'iga oldi. Yani futbolchi ushbu oilalarni mamlakatdagi karantin holati tugaguniga qadar o'z hisobidan bilan qo'shimcha taminlab turadi. 

Oradan ko'p o'tmay ushbu chellenjga boshqa futbolchilar ham qo'shildi. Tarek Xamed, Ahmed Fathi, Muhammad El SHenavi, Mahmud Kahraba, Amir El Solia, Vael Gomaa, SHerif Ekrami, SHikabala, Ahmed Xegazi, Trezege va Ahmad Hassan shular jumlasidan. Yani bu futbolchilar o'z qaramog'iga boshqa kambag'al oilalarni olishdi. 

Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar "Zamalek" va "Al Ahli"ning etakchilari hisoblanadi hamda bu o'yinchilarning muxlislari ko'p. Quvonarlisi shundaki, bu ikki jamoa chellenjni alohida emas, balki birgalikda olib boryapti. Buni esa Misr futbol jamoatchiligi shunday izohladi: kecha dushman edilar, bugun esa do'st. Og'ir damlarda birlashadigan payt keldi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика