So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

OFKning navbatdan tashqari Kongressida tashkilot Nizomiga bir qator o'zgartirishlar kiritildi Yangiliklar

OFKning navbatdan tashqari Kongressida tashkilot Nizomiga bir qator o'zgartirishlar kiritildi

Avstraliyaning Melburn shahrida Osiyo Futbol Konfederaciyasining navbatdan tashqari Kongressi bo'lib o'tdi.

Mazkur Kongressda tashkilot Nizomiga bir qator o'zgartirishlar kiritildi.

Avvalroq malumot berganimizdek, mazkur Kongressda O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov, O'FF Birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev va O'FF Kotibiyati boshlig'i Sanjar Rizaev ishtirok etishdi.

Kongressda ishtirok etgan OFK delegatlari 2014 yili San Paulu shahrida bo'lib o'tgan OFK Kongressida qabul qilingan yangiliklarni tasdiqlashdi. Ular orasida eng asosiy masalalardan biri OFKga azo ayrim mamlakatlarni Janubiy va Markaziy Osiyo zonalariga ajratish bo'ldi. 

Unga ko'ra, Markaziy Osiyo zonasida O'zbekiston, Eron va futboli jadallik bilan o'sib kelayotgan yana to'rt terma jamoa (jami 6ta) jamoa ishtirok etsa, Markaziya zonada futboli rivojlanayotgan 7ta jamoa ishtirok etadi.

Kongressda shuningdek OFK Ijroqo'miga azo bo'lgan ayollar sonini bittaga oshirilishi tasdiqlandi. Unga ko'ra, yangi tashkil etiladigan beshinchi zonadan yangi Ijroqo'm azosi tayinlanadi.

Kongressda so'z olgan OFK prezideni SHayh Salmon Ibrohim Al Halifa Kongress ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi va qabul qilingan qarorlar, o'zgartirishlar Osiyo futboli rivoji uchun qo'yilgan yangi qadam ekanini takidladi.

OFK Nizomiga kiritilgan yangi loyihalar, saylov komissiyasi tarkibiga o'zgartirishlar kiritilishi va qabul qilingan bir qator yangiliklar Konfederaciya rivoji uchun xizmat qilishiga shubham yo'q. Nizomga o'zgartirishlar kiritib mintaqa futboli rivoji uchun birgalikda qadam tashlamoqdamiz, buning uchun barcha delegatlarga minnatdorchilik bildiraman, - deydi OFK prezidenti.

Kongress yakunida OFK Ijoqo'mi azolari soni qaytadan tasdiqlandi. Unga ko'ra, OFK Ijroqo'mi azolari soni endilikda 25tani tashkil qiladi:

OFK prezidenti (SHu o'rinda FIFA vice-prezidenti)

OFK vice-prezidentlari soni - 5ta

OFKning FIFA Ijroqo'midagi azolari soni - 3ta

OFK Ijroqo'midagi ayol delegatlar soni - 5ta

OFK Ijroqo'miga saylanadigan doimiy azolari - 11ta

Avstraliyaning Melburn o'tkazilgan OFKning navbatdan tashqari Kongressida OFKga azo 46ta mamlakat delegaciyasi ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика