OFKga azo Futbol Federaciyalari reytingida O'zbekiston 9-o'rinda
29 okt 2016 12:46
Yangiliklar


OFKga azo Futbol Federaciyalari reytingida O'zbekiston 9-o'rinda
Osiyo Futbol Konfederaciyasiga azo mamlakatlar federaciyalarining yangi reytingi malum qilindi.
Unga ko'ra O'zbekiston Futbol Federaciyasi 9-pog'onani band etib turibdi. Klublar hamda milliy terma jamoa o'yinlari hisobga olinadigan ushbu reytingda O'zbekiston 58.51 ochko to'plagan. SHundan klublar hisobiga 36.39 ochko to'g'ri kelsa, terma jamoa 22.12 ochko jamg'argan.
Bu reytingda Janubiy Koreya futbol associaciyasi etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 92.94 ochko bor.
Reytingning top 10 ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan.
- Janubiy Koreya – 92.94
- BAA – 86.37
- Saudiya Arabistoni – 84.68
- Eron – 79.62
- Qatar – 77.48
- Yaponiya – 73.85
- Avstraliya – 73.13
- Xitoy – 72.64
- O'zbekiston – 58.51
- Iroq – 37.87
O’xshash yangiliklar
07:26
JCH-2026 saralash. Mundial yo'llanmasini hal qilgan terma jamoamiz bugun Qatarni mehmon qiladi 15
21:27
O'rtoqlik uchrashuvi. U23 O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi 1
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 19

Fikrlar