OFK yirik xalqaro musobaqalar uchun rebrending tashkil etdi
04 jan 2021 13:53
Yangiliklar


OFK yirik xalqaro musobaqalar uchun rebrending tashkil etdi
OFK bazi musobaqalar logotipini o'zgartirishga qaror qildi.
Bu degani ushbu yildan boshlab OFK bayrog'i ostida o'tkazib kelinadigan oltita yirik musobaqaning yangicha ramzlarini ko'ramiz. Gap Osiyo Kubogi, jahon chempionati saralash bosqichi, Osiyo chempionlar ligasi, U-23 Osiyo chempionati, OFK ayollar Osiyo Kubogi va OFK Kubogi haqida boryapti.
OFK rasmiy saytida yozilishicha, yangi ramzlar yaqin yillarda barcha stadionlar, televizion kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar bo'ylab tarqaladi. Mazkur logotiplar ustida 15 oy davomida ish olib borildi va OFK Ijroiya qo'mitasi tomonidan maqullandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar