So’nggi yangiliklar

11:10Ришарлисон жароҳат сабаб "Тоттенхэм"нинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади  0 10:45"Манчестер Сити" захира дарвозабони Ортега илк бор Германия термасидан чақирув олди  1 10:24Суперлига. Абрамов бугун собиқ жамоасига қарши, "Олимпик" Олмалиқда меҳмон   0 10:21"Ливерпуль" ва "Челси" "Вулверхэмптон" ҳимоячиси учун курашади  0 09:52Палмер "Арсенал"га қарши ўйнай олмаслиги мумкин  1 09:30Бугун U-20 Осиё кубогига қуръа ташланади!   9 09:00"Реал Мадрид" "Лейпциг" ҳимоячисини ўзининг асосий трансфер мақсадига айлантирди  4 08:29ПСЖ "Астон Вилла" тўпурарини ўз сафида кўрмоқчи  0 08:10БУМ! Криштиану Роналду "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин   20 07:33"Тоттенхэм" ва "Ювентус" Эндрикни ўз сафида кўрмоқчи  2 03:00ЕЧЛ. "Атлетико" охирги дақиқада гол уриб, ПСЖдан ғалабани юлиб олди. "Арсенал" "Интер"га ютқазди  12 02:55ЕЧЛ. "Барселона" "Црвена Звезда" дарвозасига бешта гол урди, "Бавария" "Бенфика"ни мағлуб қилди ва бошқа натижалар  28 01:00ОЧЛ 2. "Насаф" Голбаннинг хатолари сабаб мағлуб бўлди  8 00:53Рўзиқул Бердиев: "Мағлубиятимизга бир неча сабаблар бор. Плей-оффга чиқиш имкониятларимиз кескин камайиб кетди"  13 23:49"Ал Ҳилол" Неймар энг камида бир ойга сафдан чиққанини тасдиқлади  0

OFK U-17 va U-20 o'rtasidagi musobaqalarni endi G'arb va SHarqqa bo'lmaydi, bu O'zbekiston U-17 ishini qiyinlashtiradi Yangiliklar

OFK U-17 va U-20 o'rtasidagi musobaqalarni endi G'arb va SHarqqa bo'lmaydi, bu O'zbekiston U-17 ishini qiyinlashtiradi

Gap shundaki, 2018 yilgi Osiyo chempionati natijalariga ko'ra, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan saralash o'yinlarida omadsizlikka uchrab, qita chempionatiga yo'l ololmagan.

Bu esa reytingimizga keskin tasir qilgan. Eski tizim amalda qo'llanilganda biz hozirgisi kabi ikkinchi savatchada bo'lar edik va raqiblarimiz nisbatan engilroq bo'lardi. Bular, Tojikiston, Ummon, Hindiston, Eron, Yaman va Iroq. Endi esa ularning qatoriga Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Indoneziya, Tailand va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlarining muntazam ishtirokchisi KXDR qo'shildi. Kamiga biz endi saralash o'yinlari uchun guruh mezbonligini qo'lga kiritmasak, SHarq tomon parvoz qilishimiz kerak bo'ladi. 11ta saralash guruhlaridan faqat bitta jamoa to'g'ridan-to'g'ri chiqsa, bor yo'g'i 4ta eng yaxshi ikkinchi o'rin sohibi musobaqaga yo'l oladi.

Bugungi kunda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga bo'layotgan munosabatni olsangiz, Osiyo chempionatiga chiqa olmaydigan holatda ekanligini ko'ramiz. Buni payqaganligi uchun yoki boshqa sabab Server Jeparov ham issig'ida o'z vazifasini topshirib qo'ya qoldi.

Kuni kecha "Lokomotiv" jamoasi O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Qiziq malumotga ega bo'ldim va so'nggi yillarda O'zbekiston yoshlar hamda o'smirlar terma jamoalarining natijalari nima uchun bu qadar pasayib ketkanligiga javob topdim. O'smirlar va yoshlar terma jamoalarining bosh murabbiyidan tashqari xodimlar ishlagan kuni uchun 120 000 so'mdan pul olarkanlar. Siz O'zbekiston o'smirlar yoki yoshlar terma jamoasining ustozisiz va bir oyda 10 kunlik yig'in tashkil qilinsa 1.200 000 so'm maosh olasiz. Endi tushunib etdim, nima uchun bizda yoshlar murabbiylari boshqa klublarda ham faoliyat olib borishlarini. Bir yilda nari borsa 8 marotaba yig'in bo'ldi deylik, 1 yil ichida kissangizga 9.600 000 so'm tushadi . Bu O'FAning bir nafar xodimining, bir oylik maoshi bo'lsa kerak.

Mavzuga qaytadigan bo'lsam, 3-savatchada Singapur, Suriya, Qatar va Qirg'iziston kabi jamoalar bor. Qirg'iziston bilan yaqinda 2:2 hisobida durang o'ynaganligimizni inobatga olsa, ular ham havotirga solishlari mumkin. Suriya va Qatar, so'nggi savatchadagi Quvayt (sankciyadan chiqdi) jamoalar bu yoshda hamisha kuchli bo'lganlar.

Bu hali hammasi emas, Osiyo chempionatining saralash o'yinlariga 7 oy qoldi, bizda esa terma jamoa bosh murabbiyi o'rni bo'sh. Yangi murabbiy futbolchilar bilan tanishib olguniga qadar, saralash o'yinlari ham yaqinlashib qolishi aniq.

So'nggi natijalarga qaraganda biz quyidagi savatchalarni ko'ramiz:
1-savatcha
1. Yaponiya
2. Tojikiston
3. Janubiy Koreya
4. Avstraliya
5. KXDR
6. Indoneziya
7. Ummon
8. Hindiston
9. Eron
10. Yaman
11. Tailand

2-savatcha
12. Iroq
13. Malayziya
14. Ioradiya
15. Vetnam
16. Afg'oniston
17. Saudiya Arabistoni
18. Bangladesh
19. Xitoy
20. Gonkong
21. Bruney
22. O'zbekiston

3-savatcha
23. Myanma
24. Qirg'iziston
25. Timor Leste
26. Qatar
27. Falastin
28. Kambodjia
29. Suriya
30. Singapur
31. Xitoy Taypei
32. Nepal
33. Bahrayn (mezbon)

Bu nima deb turganlar uchun misol tariqasida ikki xil ko'rinishda qurani taxmin qilamiz.

SHunday bo'lishi ham mumkin: Yaponiya, O'zbekiston, Qatar, Quvayt.
Bunday bo'lishi ham mumkin: Yaman, O'zbekiston, Bruney, Laos


Barsa Bloger

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика