So’nggi yangiliklar

14:26Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлик ўйинлари олдидан йиғин ташкил этади  0 13:58"Реал" Ҳоланд учун ҳаракатни бошлади  1 13:31Марсело Бьелса: "Ўзбекистон жисмонан кучли ва ҳаракатчан жамоа ва шу жиҳатлари билан Доминикан Республикасидан фарқ қилади"  4 13:05"Қишки тозалаш": "Арсенал" 3 нафар футболчиси билан хайрлашади  0 12:36Ўзбекистон - Уругвай. Тахминий таркибимиз  17 12:30"Бунёдкор"нинг италиялик таҳлилчиси: "Каннаваро – ривожланиш учун улкан имконият"  2 12:11"Арсенал" собиқ футболчиси "Лутон Таун"ни бошқаради  0 11:43"Ал Аҳли" Педро трансфери борасида музокараларни бошлади  0 11:17Netflix Чемпионлар Лигаси ҳуқуқларини сотиб олмоқчи  0 10:40Златан Ибрагимович: "Айримлар бир-икки мавсум ярқ этиб кўринади-ю, сўнг йўқолиб кетади, Модрич эса 20 йилдан буён юқори даражада ўйнамоқда"  8 10:10Манба: "Барселона" Маркус Рэшфордни "Манчестер Юнайтед"дан тўлиқ сотиб олади  1 09:40Хави: "Барселона"га керак бўлган янги футболчи — Холанд  6 09:10Гана терма жамоаси Жаҳон чемпионатига йўл олди  4 08:40Уругвай билан охирги тўқнашувда таркибимизда кимлар ўйнаган?  5 08:20Юрген Клопп Германия терма жамоаси ва мураббийининг ишига баҳо берди  0

OFK Texnik qo'mitasi Ilyos Zeytullaevning murabbiylik diplomi bo'yicha yakuniy xulosasini qabul qildi Yangiliklar

OFK Texnik qo'mitasi Ilyos Zeytullaevning murabbiylik diplomi bo'yicha yakuniy xulosasini qabul qildi

"Bunyodkor" ustozi Ilyos Zeytullaev Italiya futbol federaciyasi tomonidan berilgan hamda 2025 yilning 31 dekabrigacha amal qiladigan murabbiylik diplomiga ega.

OFK "Licenziyalash reglamenti" va "Murabbiylik konvenciyasi" talabiga ko'ra, mazkur diplom konfederaciya hududida qanday licenziya bilan muqobil ekanligi aniqlanishi lozim.

O'FA texnik direktori Gi Kiala tajriba va malaka mutanosibligini tan olish hamda mazkur masalaga aniq xulosa berishni so'rab, OFK Texnik boshqarmasiga murojaat qilgandi. 28 avgust sanasida Texnik qo'mita o'z xulosasini taqdim etdi. Unga ko'ra, Zeytullaevga tegishli bo'lgan diplom OFKning A licenziyasi darajasi bilan teng ekanligi qayd etildi.

Licenziyalash talabiga ko'ra, Superliga klubida bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tish uchun mutaxassis Pro licenziyasiga ega bo'lishi lozim. SHundan kelib chiqib, Bunyodkor klubida bosh murabbiy sifatida Sergey Arslonov ro'yxatdan o'tkazilgan, Zeytullaev de fakto jamoani boshqarayotgan bo'lsa-da, amalda u yordamchi murabbiy sifatida Liga ro'yxatidan o'tgan.

Liga Gi Kiala bilan murabbiylarni qayta o'qitish yo'nalishida hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Xususan, har ikki tomon yaqin istiqboldagi rejalar masalasida tez-tez fikr almashadi. Sababi Superliga va Proligani yanada rivojlantirish bevosita murabbiylar malakasi bilan chambarchas bog'liq hisoblanadi.

Malumot uchun, OFK Pro licenziyasiga navbatdagi o'quv-kursi shu yilning 3-sentyabr sanasida Toshkentda start oladi. Ilyos Zeytullaev Pro licenziyasi uchun talabgorlar ro'yxatiga kiritilgan.


OCHLda "Al Hilol" va "Al Nassr"ga 3 tadan gol urgan futbolchi jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика