So’nggi yangiliklar

21:20"Роналду ЖЧни ютмаса ҳам тарихдаги энг буюги бўлиб қолаверади" — Роберто Мартинес  2 20:47Моуринью яна "бойкот" эълон қилди: "Special One" Мадриддаги матбуот анжуманига кирмайди  4 20:32ФИФАдан янгилик: Энди жароҳат олган футболчилар майдон ташқарисида 1 дақиқа қолишга мажбур бўлади!  5 20:02Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Ривожланиш Кубогида бронза медалига эга чиқди  4 19:49"Бунёдкор" "Шўртан" билан дуранг ўйнади  1 19:34Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди  20 19:12"Ювентус" мартда Влахович билан учрашув ўтказади  1 18:43Мбаппе ПСЖга қарши судда ғалаба қозонди  5 18:16Моуринью "Реал"га қайтиши мумкинми?  3 17:48Суперлига. 1-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  5 17:26Гвардиола "Арсенал" билан чемпионлик пойгаси ҳақида нималар деди?  1 16:58Футболда инқилоб: "Ал Ҳилол" ЕЧЛда ўйнаш истагини билдирди  12 16:31АПЛ клублари Манега даъвогарлик қилмоқда  1 16:05Ирисметов Про лига жамоаси техник директори бўлди  9 15:48Ўзбекистон мезбонлик қиладиган FIFA Series учрашувларининг вақти маълум  11

OFK so'rov o'tkazdi. Kutilganidek Eron klubi g'olib chiqdi Yangiliklar

OFK so'rov o'tkazdi. Kutilganidek Eron klubi g'olib chiqdi

OFK sayti tez-tez muxlislar o'rtasida turli so'rovlar o'tkazib keladi.

Mana shunday so'rovnomalardan biri Osiyoning eng eng mashhur klubini aniqlash haqida bo'ldi va bunda kutilganidek Eron klubi birinchi o'rinni egalladi. Bu tushunarli, chunki eronliklar OFK o'tkazadigan so'rovlarda juda faol ekanligini hammamiz bilamiz. Agar Tehronning ikki buyuk klubidan biri "Istiqlol" yoki "Persepolis" eng mashhur klub deb topilganida ham etiroz unchalik bo'lmasdi, ammo chempionlikka ko'p ham davogarlik qilmaydigan o'rtamiyona "Traktorsozi"ning g'olib bo'lishi juda g'alati ko'rinadi. 

So'rovda ishtirok etgan klublar orasida "Traktorsozi" 51,14 foiz ovoz bilan birinchi bo'ldi va bu jamoa uchun 1,468,693 muxlis ovoz bergan. SHarq mintaqasida eng mashhur deb Xitoyning "SHanxay SHenxua" klubi topildi. Lekin bu jamoa ham na milliy chempionat, na Osiyo chempionlar ligasida nimanidir qoyillatganini eslash qiyin. 

Bunday olib qarasa, so'rovnomadagi klublarni ko'rib hayratdan yoqa ushlaysan. Osiyoning eng mashhur klubi deganda biz "Al Hilol", "Al Ittihod", "Al Ayn", "Gungju Evergrand", "Urava Reds" kabi nomlarni aytishga o'rganib qolganmiz. Lekin muxlislar nazdida mashhur jamoalar "Al Vihdat", "Johor Darul Tazim", "Persiya Jakarta" kabilar ekan.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика