So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

OFK Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan yirik kelishuvga erishdi Yangiliklar

OFK Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan yirik kelishuvga erishdi

Ushbu kelishuv muddati 2021-2024 yillarni o'z ichiga oladi.

Gap shundaki, OFK Saudiya Arabistonining "Saudi Sports Company" kompaniyasi bilan musobaqalarni translyaciya qilish bo'yicha kelishuv bitimi imzoladi. Buning natijasida Saudiya Arabistoni kompaniyasi terma jamoalar va klublar o'rtasidagi katta musobaqalarni olib ko'rsatish huquqiga ega bo'ladi. 

Katta musobaqalar deganda Osiyo Kubogi va jahon chempionati saralash bahslari, 2023 yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqasi hamda Osiyo chempionlar ligasi nazarda tutilmoqda.

Bu haqda OFK Bosh kotibi Dato Uindsor Jon shunday dedi: "Bu OFK uchun ajoyib kelishuv bo'ldi, negaki Saudiya Arabistoni qitada eng nufuzli futbol mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Endilikda Saudiya Arabistonida millionlab muxlislar terma jamoalar va klublar o'rtasidagi o'yinlarni bemalol kuzatish imkoniga ega bo'lishadi". 

Malumki, Saudiya Arabistoni qirolligi tomonidan 2030 yilgacha bo'lgan rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. Televizion huquqlarni qo'lga kiritish mana shu dasturning bir qismi hisoblanadi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика