OFK prezidenti Osiyo futboli kelajagiga ishonadi
02 iyu 2014 15:57
Yangiliklar
OFK prezidenti Osiyo futboli kelajagiga ishonadi
Braziliyada davom etayotgan jahon chempionatida Osiyodan to'rtta jamoa qatnashdi va ularning hech biri guruhdan chiqa olmadi.
Bo'lib ham barcha jamoalar o'z guruhlarida oxirgi o'rinni egallashdi. Yaxshi bilasiz, mundialda qitamiz sharafini Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron va Avstraliya himoya qildi.
OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim jamoalarning musobaqadagi ishtirokiga to'xtalar ekan, Osiyo futboli kelajagiga ishonishini malum qildi:
“Jahon chempionatida qitamiz jamoalari qayd etgan natija Osiyo futboli uchun dars bo'lishi kerak. Bizda futbol keskin darajaga ko'tarilgani yo'q, biroq sekin-astalik bilan rivojlanib boryapmiz. To'rtta jamoa ham mundialda o'z imkoniyati darajasida o'yin ko'rsatdi, biroq astoydil ishlasak o'sishga erishamiz”.
“Biz o'yin uslubini yangi bosqichga ko'tarishimiz kerak. Men Osiyo futbolining kelajagiga ishonaman. Bizda salohiyat bor va o'ylaymanki, jahon chempionatida qatnashgan jamoalar Osiyo Kubogi-2015da yanada chiroyli o'yin ko'rsatishadi”.

Fikrlar