So’nggi yangiliklar

12:57Расман: "Каттақўрғон" Грузия чемпиони трансферини эълон қилди  0 12:28Қироллар: "Манчестер Сити" XXI асрда Лига Кубогининг энг совриндор клуби бўлди  0 12:00Жаҳон чемпиони бўлган ва йилига 500 дан ортиқ операция ўтказадиган Ўзбекистоннинг янги тиббиёт мутахассиси билан танишамиз  1 11:32Ҳоланд шахматга сармоя киритмоқда  1 10:44Гризманн янги жамоаси билан келишувга эришди (Романо)  1 10:16Гвардиола навбатдаги рекордни ўрнатди  0 09:48Нидерландия терма жамоаси 2026 йилги ЖЧ учун уй ва сафар либосини тақдим этди  1 09:20Зидан келишувга эришди  1 08:51Артета кечаги учрашувдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  10 08:35А Серия. "Интер" "Фиорентина" билан дуранг ўйнади, "Рома" эса "Лечче"ни мағлуб этди  2 08:23Арбелоа: "Реал" футболчиларининг менталитети менга жуда ёқди"  4 08:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Атлетико Мадрид" 3:2  29 07:55Гвардиола: "Артета деярли енгилмас жамоани яратган"  1 07:27Sofascore. "Арсенал"га қарши учрашувда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 02:55Ла Лига. Голларга бой ўтган Мадрид дербисида "Реал" "Атлетико"ни мағлуб этди  101

OFK Nesterovni 8 oyga diskvalifikaciya qildi Yangiliklar

OFK Nesterovni 8 oyga diskvalifikaciya qildi

Teglar :  Ignatiy NesterovOFK
OFK tartib-intizom qo'mitasi Ignatiy Nesterov borasida qaror qabul qildi.

"O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni 8 oyga futboldan chetlatildi. Diskvalifikaciya muddati 13 fevraldan boshlanadi. Yani Nesterov 13 oktyabr kuni maydonga tusha oladi. 13 avgust kuni Nesterov mashg'ulotlarni boshlashi va shartnoma tuzishi mumkin.

Doping bilan kurash kundan-kunga avj olayotgan paytda 8 oy juda ham engil jazo. Ayniqsa ayblovchi tomon 16 oylik diskvalifikaciya talab qilganini hisobga olsak.

Nesterov ishi bu yaqinda tuzilgan O'zbekiston futbolchilar kasaba uyushmasining dastlabki jiddiy akciyasi hisoblanadi. Ushbu tashkilot O'zbekiston terma jamoasi posbonini himoya qilish uchun mashhur Rossiya yuridik kompaniyasini jalb qilgan edi, - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Bu borada ko'proq malumot olish maqsadida O'zbekiston futbolchilar kasaba uyushmasi prezidenti Kamoliddin Murzoev bilan bog'landik.

"Ignatiy Nesterov ishi biz uchun yaxshi yakunlandi deya olaman. Sababi OFK darvozabonimizga 2,5 yil yani 30 oylik diskvalifikaciya bermoqchi bo'lgandi. Bu esa Nesterovning faoliyatini yakunlashini anglatardi. Biroq yuristlar bu muddatni 8 oyga tushirishgani bizning kichik g'alabamiz bo'ldi", - deydi Kamoliddin Murzoev.


Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика