So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

OFK Melburndagi sharoitlardan mamnun bo'ldi Yangiliklar

OFK Melburndagi sharoitlardan mamnun bo'ldi

Avstraliyada bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida guruh o'yinlari yakuniga etdi.
Bilasiz, ushbu musobaqa beshta shahar - Sidney, Nyukasl, Kanberra, Brisben va Melburnda bo'lib o'tmoqda. Ertaga Melburnda oxirgi uchrashuv o'tkaziladi. Unda O'zbekiston chorak final doirasida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. SHundan so'ng qolgan o'yinlar Sidney, Kanberra va Nyukaslda davom ettiriladi.



Saytimiz orqali xabar qilganimizdek, bugun o'yinoldi matbuot anjumani o'tkazildi. Matbuot anjumanidan oldin esa zalda kichik tadbir tashkil qilindi. Yani, ertaga Melburndagi oxirgi o'yin munosabati bilan OFK bu erdagi tashkilotchilarga o'z tashakkurini bildirdi. Dastlab OFK general koordinatori Pavel Luzanov so'z olib, OFK nomidan "Melburn" stadioni mamuriyatiga o'z minnatdorchiligini izhor qildi, shuningdek bu erda faoliyat olib borayotgan volontyorlar (ko'ngillilar)ga katta rahmat aytdi.



Keyin esa maxsus sertifikatni stadion bosh menejeri SHeyn Meyts va volontyorlar boshlig'i Daniel Endryusga topshirdi. Qolaversa, OFK matbuot xizmati vakillari ham tashkilot tomonidan taqdirlanishdi. Pavel Luzanov OFK stadiondagi sharoitlar aalo darajada ekanligini va tashkilotchilik ham zo'r bo'lganini aytib o'tdi. Eslatib o'tamiz, Melburndagi asosiy o'yingohda shu paytgacha Avstraliya - Quvayt, Eron - Bahrayn, KXDR - S.Arabistoni, Falastin - Iordaniya, O'zbekiston - S.Arabistoni, Yaponiya - Iordaniya o'yinlari o'tkazildi va ertaga O'zbekiston - Janubiy Koreya bellashuvi bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика