So’nggi yangiliklar

14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  0 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  20 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   7 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  22 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1

OFK kubogini yaxshi ko'radigan "Eyr Fors" klubi haqida Yangiliklar

OFK kubogini yaxshi ko'radigan "Eyr Fors" klubi haqida

Bugun, 12 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida "Paxtakor" klubi Toshkentda Iroqning "Eyr Fors" klubi bilan o'ynaydi.

Mazkur bahsda g'olib bo'lgan jamoa 19 fevralda BAAda "Al Nasr" mehmoni bo'lib guruh bosqichiga chiqishga harakat qiladi. Biz o'quvchilarimizga "sherlar"ning bugungi raqibi haqida malumot berishga qaror qildik.

Olti karra Iroq chempioni bo'lgan "Eyr Fors" 1931 yilda "Gipsimot" nomi bilan tashkil topgan. 1974 yilda klub nomi "Al Tarayan" deb o'zgartirilgan. 1991 yildan boshlab klub "Al Quva Al Javiya"ga (tarjimasi "Air Force Athletic Club") aylantirilgan. Klub Iroq Mudofaa vazirligiga tegishli hisoblanadi.  

"Eyr Fors" ayni paytda Iroq chempionatida 14ta o'yinda 31 ochko to'plab to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa safida Iroq milliy terma jamoasining bir qator futbolchilari to'p tepishmoqda. Yanvar oyida BAAda o'tgan Osiyo Kubogida Iroq terma jamoasini sharafini bu klubdan darvozabon Muhammad Qassid, himoyachi Saad Notiq va yarim himoyachi Ali Husni himoya qilishdi.



Hozirda jamoani mahalliy murabbiy Bosim Qosim boshqarib bormoqda. Aynan u o'tgan yil "Eyr Fors"ni Iroq vice-chempioni va OFK kubogi sohibiga aylantirgan.

Klubning bugungi kundagi yulduzi Hammadi Ahmad hisoblanadi. 2010 yildan buyon mazkur klubda o'ynab kelayotgan hujumchi 2012 va 2016 yillarda Iroq chempionatida 27ta gol bilan to'purar bo'lgan. 2016 yilda OFK kubogida 16ta gol urib, musobaqa to'purari degan nomga sazovor bo'lgan edi. Bundan tashqari u o'sha yil OFK kubogining eng foydali futbolchisi deb topilgan. Hammadi 2016 yil Osiyo qitasida yil futbolchisi bo'lish uchun uch nafar nomzod orasiga kiritilgandi.

Jamoa yaqinda o'z safiga nigeriyalik hujumchini qo'shib oldi. Solomon Uilyams Okuruket 1989 yilda tug'ilgan. U 2018 yilgi mavsumda Misrning "Entag El Xarbi" klubida o'ynagan.

"Eyr Fors" o'z tarixida uch marta (2004, 2006 va 2008 yillar) Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan. Uchala safar ham Iroq klubi guruhda qolib ketgan.

Etiborlisi "Eyr Fors" oxirgi uch yilda OFK kubogida ishtirok etgan va uch yildan buyon uni hech kimga bermay kelmoqda. 2016 yil finalda Hindistonning "Bengaluru" klubi 1:0 hisobida mag'lub etilgan. 2017 yil hal qiluvchi bahsda Tojikistonning "Istiqlol" klubi taslim etilgan - 1:0. O'tgan yil esa finalda Turkmanistonning "Oltin Asr" klubi mag'lub (2:0) etildi.



"EYR FORS" (IROQ)
SHahri:
Bog'dod
Laqabi: "Lochinlar"
Tashkil topgan sana: 1931 yil 4 iyul
Uy stadioni: "Al Quva Al Javiya"
Sig'imi: 10000 tomoshabin
Klub xo'jayini: Anvar Hamad Amin
Bosh murabbiy: Bosim Qosim

Sovrinlari:
Iroq chempioni 
- 6 marta
Iroq futbol Associaciyasi kubogi sohibi - 4 marta
Iroq Elit kubogi sohibi - 3 marta
Iroq Superkubogi - 2 marta
OFK kubogi sohibi - 3 marta



"Eyr Fors" tarkibi:

Darvozabonlar
1. Abdulloh Faysal
12. Muhammad Kassid
21. Amjed Rahim

Himoyachilar
2. Ali Bahjat
4. Suad Natiq
5. Ahmad Abdulridxa
6. Samih Said
14. Hussayn Muhsin
26. Muhammad Nassif
33. Muayad Ajan (Suriya)
34. Mustafo Muhammad

Yarim himoyachilar
13. Fahad Karim
15. Ali Hisni
16. Karar Nabil
18. Zohir Medani (Suriya)
19. Muhammad Qosim
25. Muhammad Ali
39. Ahmad Abdulamir

Hujumchilar
7. Karrar Ali
8. Ibrohim Baesh
9. Emad Muhsin
10. Hammadi Ahmad
17. Ali Yusuf
24. Alo Adnan
30. Solomon Uilyams (Nigeriya)
35. Adnan Muhammad


Pakhtakor Tashkent

Jaloliddin Masharipov - 76', Marat Bikmaev - 84'

AFC Champions League Qualification . 1/2-tur

12/02/2019, 14:00

1
:
2
Tugadi

Al Quwa Al Jawiya

Hammadi Ahmad - 87'

45'
90'
76'  Jaloliddin Masharipov
84'  Marat Bikmaev
87'  Hammadi Ahmad

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика